Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Bilishingiz kerak bo’lgan 10 ta PHP funksiyalari

Bilishingiz kerak bo’lgan 10 ta PHP funksiyalari

Ushbu maqolada dasturlash mahoratingizni mustahkamlaydigan eng zarur 10 ta PHP funksiyalari haqida o’qishingiz mumkin. Ko’pchilik uchun bu funksiyalar avvaldan tanish bo’lishi mumkin. Ammo oz bo’lsa ham yangi bilim o’rganishingizga ishonaman.

checkdnsrr()

Bu funksiyaga domen nomi, yoki IP manzilni argument sifatida berib domenning DNS yozuvlarini tekshirishingiz mumkin. Bu funksiya, masalan, domen nomining faolligi, domenning haqiqatda mavjudligini tekshirishda qo’l keladi. Dasturingizda mavjud bo’lmagan domen ostidagi email manzil bilan hisob yaratishning oldini olmoqchi bo’lsangiz, aynan shu funksiyadan foydalanasiz.

extract()

Agar array ichidagi narsalarni o’zgaruvchi sifatida ajratib olmoqchi bo’lsangiz, extract funksiyasidan foydalanasiz. Array ichidagi har bitta item alohida o’zgaruvchi sifatida ajratiladi va dastur davomida foydalanilishi mumkin bo’ladi.

usort()

Arrayni berilgan maxsus shartlar asosida tartiblash uchun ishlatiladi. Usort funksiyasiga birinchi argument sifatida arrayni ko’rsatib, ikkinchi argumentda istalgan operatorlar yordamida qiyoslovchi funksiyani kiritasiz. Berilgan array shu qiyoslashlar natijasida tartiblanadi.

sprintf()

Ma’lum formatga ega string ichiga foiz belgisi (%) bilan boshlanuvchi o’zgaruvchilar qo’yish imkoniyatini beradi. Har bitta foiz belgisi bilan boshlanuvchi o’zgaruvchiga argumentda berilgan o’zgaruvchilar qiymati kiritiladi. PHP funksiyalari ichida bu funksiya ko’pincha yozuv ichidagi bir qism o’zgarishi kerak bo’lgan holatlarda ishlatiladi.

getenv()

Tizimingizda muhit o’zgaruvchilarini o’qish uchun bu funksiyadan foydalanishingiz mumkin.

glob()

Berilgan andoza asosida fayllarni topish bu funksiya bilan ancha osonlashadi. Funksiya topgan fayllarini array ko’rinishida qaytaradi. Fayl topilmasa, bo’sh array qaytariladi. Qandaydir xatolik yuz bersa, false javob qaytadi.

array_column()

Ko’pdarajali arrayning qaysidir bir ustunini olishingizga yordam beradigan bu funksiya turli holatlarda foydali bo’lishi mumkin. Masalan, yaqinda o’zim ko’pdarajali arrayni bitta ustun (kalit qiymati) asosida qayta tartiblashimga to’g’ri kelib qoldi. Buning uchun aynan bitta kalit asosida array ustunini olishim kerak edi. Bu yerda yaxshi misollar keltirilgan.

json_encode()

JSON formati dasturlashda qanchalik qulaylik yaratishi haqida eslatish shart emas. Obyekt yoki arrayni yozuvlashtirib saqlashga tayyorlashda json_encode() funksiyasidan foydalanasiz.

checkdate()

Sana to’g’ri yoki xato ekanligini tekshirib beradigan bu kichik funksiya ba’zan juda foydali bo’lishi mumkin. Masalan, 1956-yilda fevral oyi 29-sana bilan tugagan yoki tugamaganligini bu funksiya asosida oson tekshira olamiz.

levenshtein()

Bu qiziq funksiya berilgan ikkita yozuvni o’zaro taqqoslaydi va ularning bir xil bo’lishi uchun belgilangan yozuvda nechta belgi (harf yoki raqam) o’zgartirilishi kerakligini aniqlaydi. Funksiya qaytarga raqam yozuvdagi shu miqdorcha belgi o’zgarishi, almashtirilishi yoki olib tashlanishi kerakligini anglatadi.

PHP funksiyalari haqidagi bilim nega kerak?

Ba’zan dasturchi o’ziga kerak bo’lgan istalgan funksiyani saytlardan ko’rib FAQAT KERAK BO’LGANDA o’rganib ketishi mumkindek tuyuladi. Ammo imkon qadar ko’proq funksiya bilan tanish bo’lish, PHP funksiyalari bo’yicha bilimlarni oshirib borish dasturlashning zarar holatlarida to’g’ri va optimal qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan