Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Because of, owing to, due to ishlatilishi

Because of, owing to, due to ishlatilishi

Because of, Owing to va Due to iboralari «sababli» deb tarjima qilinadi va ularning ishlatilishida deyarli farq yo’q:

He didn’t go out because of the heavy rain;

He didn’t go out due to the heavy rain;

He didn’t go out owing to the heavy rain.

Yuqoridagi barcha iboralardan keyin ot yoki olmosh ishlatiladi. Odatda ingliz tili test savollarida yuqoridagi iboralar bitta savolning variantlari sifatida berilmaydi. Ammo, ularning uslubiy jihatdan ishlatilishida ma’lum darajadagi farqlar borligi sababli ba’zan bitta savolda due to va owing to iboralarini uchratishimiz mumkin. Bunday holatda nima qilish kerak?

DUE TO ko’proq o’zidan keyin ot yoki olmoshning sifatga hos xususiyatini talab qiladi. talab qiladi. Misol uchun mana bu gapga e’tibor bering:

His accident was due to excessive alcohol consumption – Uning halokati ortiqcha alkogol iste’moli sababli bo’lgan edi. Bu yerda Due todan keyin «excessive alcohol consumption» – «ortiqcha alkogol iste’moli» (Qanday?) sifat hossasini ifodalayapti.

OWING TO esa o’zindan keyin ko’pincha ravishga hos bo’lgan xususiyatni o’zida mujassamlashtirgan ot yoki olmoshni talab qiladi. Mana bu gapni o’qing:

His accident occurred owing to the fact that he was talking on his cell phone – Uning halokati telefonda gaplashib ketayotganligi sababli yuz berdi. Bu yerda esa Owing todan keyin «…was talkin on the cell phone» – «…telefonda gaplashib ketish» (Qay holatda?) ravish hossasini ifodalagan ot ishlatilgan.

Because of, owing to, due to ishlatilishi” maqolasida 4 fikr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan