Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Barcha maqolalardagi maxsus rasmni o’chirish

Barcha maqolalardagi maxsus rasmni o’chirish

WordPress asosida ishlaydigan saytlarda maqolaning maxsus rasmi (featured image, миниатюра)dan foydalanish odat tusiga kirgan. Maxsus rasm maqola mazmunini ma’lum darajada, vizual tarzda ochib bera olishi bilan birga saytning umumiy tashqi ko’rinishida ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zi rasmsiz ishlaydigan WordPress shablonlaridan tashqari boshqa barcha shablonlarda maxsus rasmlar qo’llaniladi.

Maxsus rasmlarni maqolalarga biriktirish va o’chirish alohida maqolalarda, bitta-bitta amalga oshiriladi. Odatiy muhitda bir urinishda barcha maqolalarga maxsus rasm biriktirish, yoki bir harakat bilan barcha maqolalarga biriktirilgan rasmlarni o’chirish mumkin emas. Ammo shunday holatlar ham bo’ladiki, saytdagi barcha maqolalarga biriktirilgan maxsus rasmlarni o’chirishingiz kerak bo’ladi. Agar saytda 2000 dan ortiq maqola bo’lsachi? Albatta, ikki mingta maqolaning maxsus rasmini bittadan o’chirish juda ko’p vaqt oladi. Bunday holatda maxsus koddan foydalanish ishni ancha osonlashtiradi.

global $wpdb;
$wpdb->query( "
    DELETE FROM $wpdb->postmeta 
    WHERE meta_key = '_thumbnail_id'
" );

Yuqoridagi kodni ehtiyotkorlik bilan ishlating! Bu kodni WordPress asosida ishlayotgan faol shabloningizning fuctions.php fayliga qo’yib saqlasangiz, saytingizdagi barcha maqolalarga biriktirilgan maxsus rasmlar maqolalarda o’chiriladi. Bu amaliyot ba’zan maqola rasmlarini o’chirish kerak bo’lganda juda qo’l kelishi mumkin.

Eslatib o’taman, ushbu kod faqat maxsus rasmlarni maqolalarda o’chiradi (ajratadi). Ammo rasmlar (rasm fayllari) saytingizda saqlanib qoladi. Rasmlarni saytingizning Media qismida topishingiz mumkin bo’ladi. Demak, bu kod rasmlarni saytingizdan o’chirmaydi, balki faqat maxsus rasm sifatida maqolaga biriktirilgan barcha rasmlarni maqolalardan ajratadi.

Barcha maqolalardagi maxsus rasmni o’chirish” maqolasida 7 fikr

  1. Akmaljon

    Salom azamat aka men wordpressda blog ochgan edim ochaganimga bir hafta bo’lgandan so’ng saytga hech qanday maqola joylashni iloji bo’lmay qoldi yozganlarim draft holatida turaverdi,,supportga murojaat qilsam boshqa wi fi orqali harakat qilib ko’ring siz hech qanday block holatda emassiz ,,lekin bu yo’l orqali ham iloji bo’lmadi saytim cubic dizaynida edi dizayndanmikin iltimos yordam berib yuboring

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      O’rganib chiqmasdan biror narsa deyish qiyin. Iltimos, umumiy savollarni saytning maxsus Savol-Javob bo’limida yozing.

      Javob berish

  2. farrux

    Salom uzr mavzudan tawqari savol berayabman programist websayt yaratishlarni mukkamal o’rganmoqchiman qaysi saytlardan kurslarini sotib olishni maslahat berasiz

    Javob berish

    1. Қобилжон Атаханов

      Farrux, агар Сиз веб-программист, веб-дизайнер ва бошқа веб соҳасига оид барча дастурлаш воситаларини мукаммал ўзлаштирмоқчи бўлсангиз, марҳамат қилиб менинг qobiljon.ataxanov@gmail.com электрон манзилимга мурожаат қилинг, мен Сизга албатта ёрдам бераман.

      Javob berish

    2. Қобилжон Атаханов

      Farrux, агар Сиз веб-программист, веб-дизайнер ва бошқа веб соҳасига оид барча дастурлаш воситаларини мукаммал ўзлаштирмоқчи бўлсангиз, марҳамат қилиб менинг qobiljon.ataxanov@gmail.com электрон манзилимга мурожаат қилинг ёки (99) 814-88-98 ва (97) 750-88-98 рақамли мобил телефонимга қўнғироқ қилинг мен Сизга албатта ёрдам бераман.

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan