Bosh sahifa / Abituriyentga / Audio-lug’at: Verb+to infinitive

Audio-lug’at: Verb+to infinitive

Ushbu audio-lug’atda o’zidan keyin «to» infinitiv keladigan fe’llarning eng ko’p ishlatiladiganlari jamlangan. Lug’at o’zbek tilida. Audio-lug’atdan o’zidan keyin «to» infinitiv oladigan fe’llar «fe’l+to» shaklida o’qilgan. Bu fe’llardan keyin «to» infinitiv ishlatilishini anglatadi.

Audio-lug’at uyali telefonlar yoki MP3 pleyerlar yordamida naushnik orqali eshitib, yodlash uchun juda qulay. Audio-lug’atni kompyuter orqali yuklab olish TAS-IX tarmog’i doirasida amalga oshiriladi. Ammo mobil telefonlar uchun yuklab olish (pastdagi ikkinchi tugma) TAS-IX tarmog’iga kirmaydi. Bundan tashqari eslatib o’tmoqchimanki, mobil telefonlar orqali yuklab olish faqat «Mobil telefon orqali yuklab olish» tugmasi orqali amalga oshiriladi. Telefon orqali «Kompyuter orqali yuklab olish» tugmasidan foydalanmang.

Kompyuterga yuklab olish

Audio-lug’atda quyidagi fe’llar o’qilgan, ulardan keyin gaplarda har doim «to» infinitiv ishlatiladi:

AFFORD – QURBI YETMOQ

AGREE – KELISHMOQ

APPEAR – KO’RINMOQ

ARRANGE – UYUSHTIRMOQ

ASK – SO’RAMOQ

ATTEMPT – URINMOQ

CARE – QIZIQMOQ

CLAIM – DA’VO QILMOQ

CONSENT – ROZI BO’LMOQ

DECIDE – QAROR QILMOQ

DEMAND – TALAB QILMOQ

DESERVE – ARZIMOQ

DESIRE – QATTIQ ISTAMOQ

EXPECT – KUTMOQ

FAIL – MUVAFFAQIYATSIZLIKKA UCHRAMOQ

FORGET – UNUTMOQ

HESITATE – IKKILANMOQ

HOPE – UMID QILMOQ

INTEND – NIYAT QILMOQ

LEARN – O’RGANMOQ

MANAGE – EPLAMOQ

MEAN – KO’ZDA TUTMOQ

NEED – KERAK BO’LMOQ

OFFER – TAKLIF QILMOQ

PLAN – REJALASHTIRMOQ

PREPARE – TAYYORLAMOQ

PRETEND – MUG’OMBIRLIK QILMOQ

PROMISE – VA’DA BERMOQ

REFUSE – RAD ETMOQ

REGRET – AFSUSLANMOQ

REMEMBER – ESLAMOQ

SEEM – BO’LIB KO’RINMOQ

STRIVE – HARAKAT QILMOQ

STRUGGLE – KURASHMOQ, URINMOQ

SWEAR – ONT ICHMOQ

TEND – O’CH BO’LMOQ

THREATEN – QO’RQITMOQ

TRY – URINMOQ

VOLUNTEER – YORDAMINI TAKLIF QILMOQ

WAIT – KUTMOQ

WANT – ISTAMOQ

WISH – ISTAMOQ, XOHLAMOQ

Bu audio-lug’at saytim uchun, umuman ingliz tilini o’rganishga yo’naltirilgan, kamina tomonidan tayyorlangan manbaalar ichida yangilik hisoblanadi. Bu turdagi audio-lug’at bilan o’rganish, yodlash oson kechadimi, yo’qmi – bu haqida hozircha tasavvurga ega emasman. Agar foydalanuvchilarga yoqsa, audio-lug’atning keyingi qismlarini ham tayyorlash niyatidaman.

Audio-dars xato-kamchiliklardan holi bo’lmasligi mumkin. Har qanday tanbeh, taklif yoki maslahat ilmimni mustahkamlash uchun juda foydali bo’lardi. Yuqoridagi audio-lug’at haqida har qanday fikringiz bo’lsa, iltimos baham ko’ring. Aynan Sizning fikringiz kelajakdagi ko’plab audio-lug’atlar sifati va mazmunini tubdan yaxshilashi mumkin.

Ilm olish yo’lida hech qachon charchamang va unutmang – omad faqat kuchlilarga kulib boqadi! 🙂

Abituriyentlar uchun test formulalari

24 ta fikr

  1. Sayt ajoyib ekan. Men ham qaysi fe’llar «to» yoki «ing» olashini bilmebman. O’shalar to’g’risida malumotlar kiritsangiz sizdan xursand bo’lardik. Omad.

  2. Iltimos video darsliklarni murakkabroqlarini xam ishlab chiqsangiz (Intermediate)uchun ham.
    Sizga kottakon rahmat biz yoshlar uchun shunchalik oson qollanmalar, sharoitlar yaratib berayotkaningiz uchun!

  3. Ustoz, audio lugat orqali shaxsan 3 marta ko’proq natijaga erishdim. sizdan qattiq iltimos yana yangilarini kiritsangiz. Sizga katta rahmat.

  4. Yanada ko’proq audio-lug’atlar kiritsangiz! katta raxmat!

  5. Juda zor..qanday telefonda yuklap olsa boladi.

  6. Audio lug’atlarni ko’proq chiqarsayiz

  7. Negadir köchirib ololmayapman
    Error beryapti

  8. salom.Nega meni telefonimda telefon orqali yuklab olie tugmasi chiqmayapti?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*