Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Arzonchivoy va Qimmatchiboy

Arzonchivoy va Qimmatchiboy

Har qanday tilda yozuvchi dasturchilar orasida buyurtmani juda arzon, boshqalar ishlashga rozi bo’lmaydigan narxda tayyorlab beruvchilar ham, juda qimmat, ko’pchilik buyurtmachilar qurbi yetmaydigan narxda tayyorlaydiganlar ham bor. Ularni soddaroq tilda, aynan shu maqolada tushunarli bo’lishi uchun, vaqtincha «arzonchi» va «qimmatchi» deb atab turamiz.

Yaqinda jamoamiz bilan navbatdagi loyiha rejasini tuzar ekanmiz, gap loyihani arzon narxda tayyorlash yoki qimmatga ishlash haqida ketdi. Albatta, munozara aynan bir loyiha ustida emas, umuman dasturchilarning ishlash tamoyillariga oid bo’ldi. Bahsimiz yakunida barchamiz «Dasturchi buyurtmani buyurtmachi uchun har qancha qimmat narxda bo’lmasin, o’ziga eng ma’qul bo’lgan bir narxda tayyorlab berishi kerak. Chunki dasturchi o’zi kutganga nisbatan arzonroq narxda to’lansa, ishiga bo’lgan qiziqishi so’nadi va natijada loyiha kutilgandek mukammal tayyorlanmaydi. Aksincha, dasturchi o’zi kutgan to’lovga ega bo’lsa, loyiha uchun kutganidan ham ko’proq to’lashsa, dasturchi o’z qilayotgan ishiga yangicha kuch, motivatsiya bilan yondoshadi va qilinayotgan ish har tomonlama sifatli yakun topadi», degan xulosaga keldik. Men yuqorida bayon qilingan xulosaga asosan ushbu maqola orqali hammani bu masala ustida yana bir marta mushohada qilishga chaqirmoqchiman.

Keling, tan olaylik: dasturchilikda har qanday dasturchining harakati ostidagi asosiy maqsad pul ishlash bo’ladi. To’g’ri, open source loyihalarga hissa qo’shayotgan dasturchilar ham yo’q emas. Ammo, hatto ular ham faoliyatlarining asosiy qismida tekincha ishlamaydi. Shunday ekan, mehnatni qilgan kishi mehnatiga yarasha haq olishi har tomonlama yaxshi.

Arzonchilar har doim ishini sifatsiz tugatishadi. Ularning malakasi yuqoriroq narxdagi ishlarni olishga yetmaydimi, yoki berilgan ishga yuqori narx aytish uchun yetarlicha ko’nikmaga ega bo’lishmaydimi, yoki to’lanayotgan narx ishni sifatli yakunlab topshirishga arzimaydi, deb hisoblashadimi… O’zim shu holatda bo’lganman, tajribamdan o’zim uchun javob berishim mumkin: ish uchun to’lanayotgan pul ishni o’zim tasavvur qila olganimdek mukammal darajada tugatish uchun arzimaydi, deb hisoblaganman. Chunki mukammallik va sifat uchun vaqt talab etiladi. Kam to’lov esa qimmatli bo’lgan ko’p vaqtni sotib ololmaydi. Nima deb o’ylaysiz, «Tezroq bunisini tugatib, yana bitta zakaz olmasam to’lovlarimni qoplay olmayman«, deb hovotir bilan shoshiladigan dasturchidan qanday sifat kutish mumkin?

Qimmatchilar doim o’zlari rozi bo’ladigan pulni olishadi. Yaxshi to’langan dasturchi har doim yaxshi ishlaydi. Qimmatchi olayotgan ulushidan rozi bo’lgan holda ijod qiladi. U endi pulni o’ylamaydi. Dasturchining bor e’tibori loyihada bo’ladi. Bunday dasturchidan eng yaxshi san’at asarini kutish mumkin!

Mulohaza va yakuniy xulosani o’zingizga qoldiraman. Fikrim so’ngida dasturlash sohasining har ikki tomoniga o’xshash maslahat bermoqchiman:

Dasturchi, hech qachon arzonga ishlama! Har qancha qimmat bo’lmasin, o’zing rozi bo’ladigan narxda turib ol. O’zing xohlagan to’lov berilayotgan ekan, butun dunyoni unutib, buyurtmachiga eng yuqori sifatli loyihani mukammal darajada tayyorlab berishga kirish!

Buyurtmachi, hech qachon ishni arzonga bajaruvchini izlama! Aksincha, dasturchi qidirganda asosiy e’tiboring ishni sifatli bajaruvchilarda bo’lsin. Loyihani arzon narxda qildirib, keyinchalik uning teshiklarini 5 marta qo’shimcha to’lov evaziga yamatgandan ko’ra, bir marta asosli narxda sifatli ish qildirgan yaxshiroq.

Arzonchivoy va Qimmatchiboy” maqolasida 6 fikr

  1. Шухрат

    Ассалому алейкум Азамат ака, Сизга икки та савол билан мурожаат қиляпман.
    1. Интернет ёрдамида мустақил Вордпресда сайт тайёрлашни ўргандим, сай тайёр бўлди, лекин негадир мақолаларга кирганимда ошибка 500 чиқиб қоляпти, бу нимадан бўлиши мумкин.
    2. Интернетга чиқарилмаган сайтим компьютеримда турибда. Энди иккинчи сайтимни яратмоқчиман. Бу қанақа тартибда қилинади, янги база яратишим керакми, илтимос батафсилроқ тушунтириш берсангиз

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan