Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Another, other, the other

Another, other, the other

ANOTHER «yana bitta boshqa» degan ma’noni anglatadi. Bizda bitta nimadir bor, ammo bizga shu narsadan yana bitta boshqasi kerak. Shunday holatda another ishlatiladi. Misolga e’tibor bering:

Please, give me another knife – Iltimos, menga boshqa pichoq bering (menda bitta pichoq bor, ammo menga yana bitta boshqa, mendagidan boshqa pichoq kerak).

This cake is yummy. Can I have another piece? – Bu tort shirin ekan. Yana bitta bo’lak yesam maylimi? (men bitta bo’lak yedim, yana bitta qo’shimcha bo’lak olsam maylimi?).

Another sifat bo’lib kelganda har doim birlikdagi sanaladigan otdan oldin ishlatiladi. Another olmosh bo’lib kelganda esa birlikdagi fe’l bilan ishlatiladi.

OTHER «boshqa» deb tarjima qilinadi, bizda bor narsa emas, boshqa har qanday narsa nazarda tutiladi. Misollarga qarang:

I have other books if you are interested – Menda boshqa kitoblar bor, agar qiziqsangiz (Sizning qo’lingizda turgan kitoblardan tashqari har qanday bir boshqa kitoblarim bor).

I have invited some other people – Men ba’zi boshqa odamlarni taklif qildim (Hozirgi taklif qilinganlardan tashqari yana har qanday boshqa odamlarni ham taklif qilganman).

THE OTHER «qolgan boshqa bittasi» degan ma’noni anglatadi. Bunda Biz eslatib o’tilgan guruhdagi qolgan bitta aniq narsa haqida gapiramiz. Masalan:

I have two pens. One is red, the other is blue – Menda ikkita ruchka bor. Bittasi qizil, boshqasi ko’k (Ruchkalar ikkita. Bittasining qizil ekanligi aytildi. Ikkita narsaning bittasi aytilgandan so’ng guruhda yana bitta aytilmagan, aniq narsa qoldi. The other – qolgan aniq bittasi).

There are five people in the room. Three of them are standing. The others are sitting – Xonada besh kishi bor. Ulardan uchtasi tik turibdi. Qolgan boshqalari o’tiribdi (Beshtalik guruhdagi uch kishi aytildi, qolgan ikkitasi the others bilan ifodalanadi).

Another, other, the other” maqolasiga bitta fikr bildirilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan