Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Aniq artikl ishlatiladigan qiyosiy darajadagi sifat

Aniq artikl ishlatiladigan qiyosiy darajadagi sifat

Biz sifat mavzusini o’rganganimizda faqat orttirma darajadagi sifatdan oldin aniq artikl ishlatiladi, deb aytgan edik. Bundan tashqari “10 kun ichida ingliz tilida gapirishni o’rganish” video darslarining sifatga oid qismida ham ushbu qoida eslatib o’tilgan. Sifatning darajalanishi mavzusida faqat orttirma darajadagi sifatdan oldin aniq artikl ishlatilishi aytilgan, qiyosiy darajadagi sifatdan oldin esa artikl ishlatilmaydi, deb o’rgatilgan. Ammo bu barcha vaziyatlar uchun to’g’ri bo’lgan qoida emas. Qiyosiy darajadagi sifatdan oldin ham aniq artikl THE ishlatilishi majburiy bo’lgan vaziyatlar ham bor.

Qiyosiy darajadagi sifatlardan oldin ham aniq artikl ishlatilishi mumkin. Bunday holat “qo’sh qiyos”, ya’ni “qanchalik… shunchalik…”, deb tarjima qilinadigan qiyosiy darajadagi sifatlar juftligi keltirilgan vaqtda to’g’ri hisobnaladi. Bu qoidani “Qanchalik qattiqroq ishlasang, shunchalik ko’proq bilasan” (“The harder you study, the more you will know”) shaklida yodlab olishimiz kerak.

E’tibor bergan bo’lsangiz, “qanchalik… shunchalik…” deb tarjima qilinayotgan qo’sh qiyosiy sifatlardan oldin aniq artikl THE ishlatiladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering hamda keltirilgan misollarda sifatning qiyosiy darajasi “qo’sh qiyos” tarzida juft bo’lib kelganligiga va o’zbek tiliga “qanchalik… shunchalik…” deb tarjima qilinishiga ahamiyat bering:

The faster you run, the farther you will go – Qanchalik tez yugursangiz, shunchalik uzoqroqqa borasiz.

The more you have, the more you want – Qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ko’prog’ini xohlaysiz.

Yuqorida eslatib o’tilgan qoida juda sodda, ammo ingliz tili test varianlarida ko’p uchraydi. Test bajarayotganda qiyosiy darajadagi sifatlarga e’tiborliroq bo’ling.

Aniq artikl ishlatiladigan qiyosiy darajadagi sifat” maqolasida 21 fikr

  1. mohinur

    M’lumotlar uchun rahmat, bu mavzudan testlar ko’p uchraydi debsiz, iloji bo’lsa shu mavzuga oid bir-ikkita testni misol qilib keltira olmaysizmi? Yodda qolishi uchun

    Javob berish

  2. Dante

    salom! Yuqorida berilgan fikrizga savolim bor? Sifat darajasiga misol bergan ekansiz…
    ”The harder you study, the more you will know” shuni man conditionda qo’llasam bo’ladimi? misol uchun If you study harder, you will know more. Shunga fikriz qanaqa Struktura jihatidan ham qo’llaniw jihatidan.
    Oldindan rahmat

    Javob berish

    1. ILYOS

      ingliz tilini o’raganuvchilar uchun sayt siz adashib boshqa saytga tushib qogansiz shekilli 🙂

  3. Oybek

    I’d rather you…..later. I’m busy now.
    A come back
    B will come back
    C came back
    D had come back
    Shu testga yordam bervoring iltimos

    Javob berish

  4. Oybek

    “Where is Piccadilly Circus?” She asked me where…….
    A Piccadilly Circus was
    B is Piccadilly Circus
    C Piccadilly Circus
    D was Piccadilly Circus

    Javob berish

  5. Gulshan

    “You’re a man”said the father angrily,as he heard his son……to sob
    a)having begun
    b)to begin
    c)begun
    d)beginning

    Javob berish

  6. Shamamet

    Hello azamat brother! I wondered your teaching style it is perfect. It is the best that I have ever seen. I appreciate it Respect

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan