Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Ana endi O’zbekiston saytlari orqali pul ishlash osonlashadi!

Ana endi O’zbekiston saytlari orqali pul ishlash osonlashadi!

Bugun emailimga ajoyib bir yangilik xabari keldi: WebSum tizimi saytlar orqali to’lovlarni online qabul qilish imkonini beruvchi merchantini to’liq ishga tushiribdi. Bundan keyin saytingiz orqali to’lovlarni avtomatik tarzda qabul qilishingiz mumkin. Siz saytda bo’lmasangiz ham, to’lov tizimini boshqarmasangiz ham foydalanuvchilar to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Meni quvontirgan bir narsa shuki, to’lovlarni nafaqat yuridik shaxslar, balki jismoniy shaxslar ham qabul qilishlari mumkin ekan. Endi saytingiz orqali pul ishlash uchun alohida firma ochish, yoki yakka turdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tishingiz kerak emas. Shunchaki, WebSum tizimida tasdiqlangan foydalanuvchi bo’lsangiz bo’ldi!

WebSumda tasdiqlangan foydalanuvchi maqomini olish uchun tizimga az’o bo’lasiz va shaxsiy kabinetingizning ko’rsatilgan joyiga pasportingiz skaner nusxasini yuklaysiz. Tekshiruvdan o’tkazilgandan so’ng Sizga tasdiqlangan foydalanuvchi maqomi beriladi. Bu maqomdagi har bir foydalanuvchi merchant tizimi orqali o’z xisobiga boshqa WebSum foydalanuvchilaridan pul qabul qila olishadi.

Merchantni saytingizga sozlash uchun kerakli bo’ladigan ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin. WebSum tizimidagi merchant akkauntingizga kirish uchun mana bu yerga o’ting.

Do’stlar, yangi asrga qadam qo’yganimiz endi sezilayapti 🙂 Tez orada hammasi bundan ham yuksakroq darajada rivojlanadi. Saytlaringizga e’tiborli bo’lishni to’xtatmang. Agar saytingiz bo’lmasa, bugundanoq o’z shaxsiy saytingizni ochishga harakat qiling. Zamonaviy bilimlarni egallashda shijoatliroq bo’ling!

Abituriyentlar uchun test formulalari

13 ta fikr

  1. Salom Azamat aka
    Qanday qilib uzkart plastikdan uzkart plastikga pul o’tkazsa bo’ladi? foiz siz, payme.uz dan tashqari boshqa sayt bormi?

  2. Salom azamat aka
    Menda biz savol bor edi.
    Sayt yaratishda uz domenda ochqan yaxshimi yoki com dami iltimos afzal va kamchiliklarini aytib bersangiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*