Yii2 WordPress Veb dasturlash Startap Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Internet texnologiyalari Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili

Akkauntga buzib kirish usullari ijtimoiy tarmoqlar misolida

Akkauntga buzib kirish usullari ijtimoiy tarmoqlar misolida

Deyarli hamma ijtimoiy tarmoqlarda o’z akkauntlariga ega lekin kamdan-kam foydalanuvchilar tarmoqlardagi akkauntlari xavfsizligi haqida qayg’uradi. Akkauntga buzib kirish masalasi nafaqat oddiy axborot xavfsizligiga putur yetkazuvchi holat, balki ko’pincha kishining shaxsiy hayoti va kelajak taqdiri bilan bog’liq mavzu bo’lib ham hisoblanadi. Shaxsiy yozishmalari, rasm yoki videolari internetda tarqalib ketganlar haqida eshitganmiz. Hatto, yangiliklarda intim rasm yoki videolarini tarqatish bilan qo’rqitib kishilardan pul talab qilish holatlari bo’lganligini ham bilganmiz. Hamma tomondan hayotimiz internetga bog’lanib ketayotgan davrda bizga tegishli internet hududimizni xavfsiz saqlashimiz juda muhim hisoblanadi.

Qanday qilib akkauntga buzib kirish mumkin?

Yo’q, bu yerda sizga hakerlikni o’rgatib, buzg’unchilikka targ’ib qilmoqchi emasman. Aksincha, akkauntlar ko’pincha qanday usulda va qaysi jihatlarga e’toborsizlik natijasida buzilishi haqida eslatma bermoqchiman.

Jangari filmlarda yerto’lani o’ziga ofis qilib olgan maxsus xizmatlar yoki qorong’u xonada xudi kiyib olib buzg’unchilik qiladigan hakerlar osonlik bilan har qanday akkauntga buzib kirish harakatini amalga oshirishini ko’rib haqiqiy hayotda ham shunday bo’lsa kerak, deb o’ylagandirsiz. Kinoda qiziq ko’rinadi, ammo haqiqiy hayotda hammasi juda zerikarli. Aslida xakerlar akkauntni emas bizning e’tiborlilik va ehtiyotkorligimizni buzishadi. Hammasi juda sodda va ayanchli darajada ahmoqona.

Tizim emas sizning ehtiyotkorligingiz hak qilinadi

Deyarli har doim kimningdir ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga buzib kirilish holati shu kishining ehtoyotsizligi natijasida yuz beradi. Bunda ijtimoiy tarmoq tizimi buzilmaydi, foydalanuvchining ojizligi yoki bilimsizligidan foydalanishadi. To’g’ri, Facebook yoki Twitter, TikTok kabi katta tarmoqlar tizimlarini buza oladigan, ulardagi teshiklardan o’z maqsadi yo’lida foydalana oladigan hakerlar bor. Biz ularni inkor etmaymiz. Lekin ma’lum bir foydalanuvchi akkauntini buzib kirish haqida gap ketganda masala albatta tizim emas, foydalanuvchining mahf etilishiga bog’liq bo’ladi.

Shunday ekan, sizning Facebook akkauntingizga buzib kirishlari aynan Facebook tizimini yorib kirish emas, faqat bitta sizning akkauntingizni buzishga qaratilgan harakatni anglatadi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar bunday hujumlarga qarshi yaxshi himoylangan bo’ladi. Ayniqsa hozir, yangilanishlar tez-tez chiqayotgan bir davrda.

Tizimlarni buza oladigan hakerlar sizning akkauntingiz bilan qiziqmaydi (agar siz dunyo taqdirini hal qiladigan darajada katta odam bo’lmasangiz, albatta). Oddiy foydalanuvchilar akkaunti bilan qiziqqan hakerchalar esa tizimni buza olmaydi 🙂 Xullas bu yerda imkoniyat va zarurat muvozanati ham bor.

Akkauntga buzib kirish usullari

Ijtimoy tarmoqlar akkauntlari eng ko’p buziladigan ba’zi usullar bor. Ular haqida bilib qo’yishimiz o’z shaxsiy ma’lumotlarimizni dahlsizlikda saqlashga yordam beradi. Axborot xavfsizligi uchun quyidagi hakerlarning buzg’unchi usullaridan ehtiyot bo’lishingiz kerak.

Fishing sayt yoki dasturlar – bu usulda sizning e’toborsizligingiz juda qo’l keladi. Sizga haqiqiy ijtimoiy tarmoqqa juda o’xshash sayt yoki dastur ko’rsatiladi. Aslida esa bu shunchaki login va parolingizni o’g’irlash uchun maxsus tayyorlangan klon dastur bo’ladi. Parolingizni terganingizda u parolni bazasiga saqlaydi.

Keylogger dasturlar – klaviaturani kuzatib, har bir bosilgan harflar, so’zlarni jamlab boradi. Natijada parolingiz ham, yozishmalardagi siz yozgan gaplar ham hakerlar qo’liga tushadi.

Niqoblangan so’rovlar – email yoki sms orqali siz foydalanadigan ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz parolini yangilashgani bildiriladi. Yangi parolni ishga tushurish uchun sizdan doimiy, odatda ishlatadigan parolingizni so’rashadi. Yozma yoki formaga kiritish orqali hakerlarga parolingizni bersangiz, shaxsiy axborot xavfsizligingizga putur yetadi.

Himoyalanmagan akkauntlarni olib qochish – telefoningiz yoki kompyuteringiz qulflanmagan holatda unga kira olgan har qanday begona shaxs ochiq akkauntingizni olib qochishi mumkin. Bunda u parolingizni o’zgartirishi, tasdiqlash kodini bilish orqali o’ziga parallel sessiya yaratishi va umuman, siz qila oladigan har qanday harakatni erkin amalga oshira oladi.

Qanday himoyalanish kerak?

Hozirda tarmoqlar yetarlicha xavfsiz. Facebook, YouTube, Twitter, Telegram, Vatsap kabi tarmoqlar yaxshi himoyalangan. Doimiy e’tiborli bo’lib, axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilib yursangiz, laqma bo’lmasangiz uncha-muncha maxsus xizmatlar ham, hakerlar ham akkauntingizga buzib kira olishmaydi.

Deyarli barcha tarmoqlarda ikki qadamli himoya bor. Akkauntingizni telefon raqam yoki email orqali ikki qadamli himoyalang.

Telefonda ijtimoiy tarmoq dasturlarini doim pin kod bilan himoyalangan holda saqlang.

SMS yoki email orqali kelgan so’rovlarga e’tiborli bo’ling. Hech qaysi tarmoq sizdan parolingizni so’ramaydi. Parol yoki pin kodni so’ragan har bir kishiga shubha ko’zi bilan qarang.

Qiyin parol tanlang va parolni tez-tez almashtirib turing.

Oddiy qoidalarga amal qilsangiz ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringiz xavfsiz va shaxsiyligicha qoladi.

Akkauntga buzib kirish usullari ijtimoiy tarmoqlar misolida” maqolasida 10 fikr

    1. Niyoz

      Salom min VIVO account ni kodi yodimdan chiqidi shuni ocholmayapman oka nima qilish kirak

    1. Mironshoh

      Iltimos yordam kere google akkauntimni chooishdi qanday qilib qaytarsam bõladi agar oralaringda hakerlar bõsa murojat qilaslar nomerim 999032772

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.