Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / AdSense orqali pul ishlaydigan tayyor, avtopilotdagi sayt sotiladi

AdSense orqali pul ishlaydigan tayyor, avtopilotdagi sayt sotiladi

Google kompaniyasining AdSense tizimi orqali reklamalar yordamida pul ishlashga to’liq moslashtirilgan, tayyor, avtopilotdagi PROBLOQ.COM sayti sotiladi. Bu sayt Sizning internetda reklamalar yordamida pul topishingiz sari birinchi eng muhim qadamingiz bo’lishi mumkin!

Saytda nimalar bor?

ProBloq.com sayti o’zim tomonimdan AdSense reklamalari orqali pul ishlash maqsadida tayyorlangan. Hozirgi kunda boshqa kattaroq loyihalar ustida ish boshlaganligim sababli ProBloq.com saytini sotuvga chiqarishga qaror qildim. Saytni o’zim uchun tayyorlagandim. Tabiiyki, unda o’zim uchun yaxshi deb bilgan eng muhim xususiyatlarni jamlashga harakat qilganman. Quyida sotuvdagi saytning qanday diqqatga sazovor jihatlari borligi bilan tanishing:

SAYT AVTOPILOT REJIMIDA ISHLAYDI. Saytni harid qilganingizdan keyin unga hech qanday maqola qo’shmaysiz. Saytga vaqti-vaqti bilan turli saytlardan yangi, eng saralangan maqolalar avtomatik tarzda rasmlari qo’shiladi. Siz faqat saytni ommalashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bilan band bo’lasiz. Saytingizga esa eng sara maqolalar avtomatik qo’shilib boriladi. Qaysi saytlardagi qaysi bo’limlardan maqolalar olinib, saytingizning qaysi bo’limida chop etilishi kerakligini sozlashingiz mumkin.

SAYT ADSENSE UCHUN MOSLASHTIRILGAN. Saytning barcha qismlaridan pul keltiradigan reklamalarni joylashtirish uchun eng qulay joylar ajratilgan. Sayt Googlening AdSense tizimiga to’liq moslashtirilgan. O’z AdSense a’zoligingiz ma’lumotlarini va kelamangiz kodlarini qo’ysangiz bo’ldi – saytingiz Sizning foydangizga ishlayveradi!

SAYT REKLAMA UCHUN QULAY. Saytda boshqa turdagi reklamalar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Har qanday turdagi reklamalarni saytda hech qanday muammosiz joylashtirishingiz mumkin.

SAYT IKKI TILDA ISHLAYDI. Saytning asosiy ko’rinishi ingliz tilida, ikkinchi ko’rinishi esa rus tilida tayyorlangan. Ingliz va rus tilidagi maqolalar, saytning ushbu ikki tilda tayyorlangani AdSense qoidalariga mos ravishda, reklamalar oqali pul ishlash maqsadida joriy etilgan. Saytning rus va ingliz tilidagi qismlari dunyo bo’ylab millionlab tashrif buyuruvchilarni o’ziga jalb qilishi mumkin. AdSense va boshqa muqobil reklama tizimlarining til talablariga ham ushbu rus va ingliz tilida tayyorlangan sayt 100% mos tushadi.

SAYT DOMENI XORIJDAN OLINGAN. Xorijiy tashrif buyuruvchilarni yanada ko’proq jalb qilish uchun .COM domen zonasidan domen olganman. Ushbu domen nafaqat saytning professional, xalqaro ekanligini ko’rsatib turadi, balki foydalanuvchilarning esda saqlab qolishlari va saytingizga qayta tashrif buyurishlari uchun ayni muddao!

SAYT HOSTINGI XORIJDAN OLINGAN. Xorijlik tashrif buyuruvchilar uchun sayt maksimal darajada tez ishlashi uchun hostingni xorijdan, GoDaddy.com hostingidan olganman. Sayt har qanday hostingga ko’chirilib, huddi hozirgidek ishlay olishiga qaramasdan, xorij auditoriyasi uchun moslashtirilgan, yo’naltirilgan sayt xorijdagi hostingda joylashtirilgani ma’qul deb topilgan.

SAYT FACEBOOK VA TWITTERGA ULANGAN. Saytda chop etilgan maqolalar avtomatik tarzda ijtimoiy tarmoqlardagi profilingiz yoki sahifangiz orqali do’stlaringizga ko’rsatiladi. Bir marta sozlaysiz va plagin ijtimoiy tarmoqlarda maqolalaringizni doimiy reklama qiladi!

SAYT WORDPRESS ASOSIDA ISHLAYDI. Dunyodagi eng qulay va tekin tizim saytning asosini tashkil etadi. Ushbu tizimni o’zingiz istagancha o’zgartirishingiz, boyitishingiz va o’z istaklaringizga mos ravishda sozlashingiz mumkin. Saytga har qanday qo’shimcha shablon, plagin va tillarni o’rnatish mumkin.

Harid bilan nimaga erishaman?

Agar Siz ProBloq.com saytini harid qilsangiz quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:

AVTOPILOTDA SAYTINGIZ BO’LADI. Siz ishlayotgan, uxlayotga, ovqatlanayotgan yoki shunchaki do’stlaringiz bilan suhbatlashayotgan vaqtingizda saytingizga avtomatik tarzda maqolalar qo’shiladi, saytingiz kun sayin boyib boradi. Saytga tashrif buyuruvchilar esa yangi e’lon qilinayotgan maqolalarni o’qib, Sizning saytingizdagi reklamalarni ko’rishi, ularga bosishi orqali daromad ko’raverasiz.

ADSENSE DASTURIGA A’ZO BO’LASIZ. Agar AdSenseda a’zolingingiz bo’lmasa, saytni harid qilganingizdan so’ng Sizni tizimga a’zo qilib, saytda o’z reklamalaringizni to’liq joylashtirib beraman.

.COM DOMENGA EGA BO’LASIZ. «ProBloq» nomi bilan ochilgan xalqaro domeningiz bo’ladi. Uning birinchi yillik to’lovi allaqachon to’lab qo’yilgan.

INTERNET ORQALI PUL TOPISHNI BOSHLAYSIZ. Balki avval internet orqali haqiqiy pul topish qanday bo’lishini ko’rmagandirsiz. Ushbu sayt Sizning online biznesga chiqishingiz sari birinchi qadam bo’lsa ajab emas.

Saytni shoshmasdan ko’rib chiqing:

PROBLOQ.COM – ingliz tilidagi qismi

PROBLOQ.COM/RU – rus tilidagi qismi

Sayt hozirgi kunga qadar ham mening AdSense reklamalarim bilan ishlab turibdi. Bugungi kunda saytga dunyoning istalgan nuqtasidan kirish mumkin. Rus tilidagi maqolalar saytga avtomatik qo’shib boriladi. Ingliz tilidagi maqolalarni esa o’zim yozishga harakat qilmoqchi edim, ammo afsuski vaqt topa olmaganman 🙂

Sayt sotildi!

Boshlang’ich xarajat qilishga arzirli sayt o’zining munosib egasini topadi, degan umiddaman.

Mendan nimalar talab etiladi?

Saytni harid qilishga ahd qilgan bo’lsangiz, Sizdan quyidagi 3 narsa talab etilishini aytib o’tmoqchiman:

1. Sayt uchun belgilangan olti yuz o’ttiz ming so’mni to’lash;

2. O’zingiz istagan joydan (O’zbekiston yoki xorij) hosting olish. Saytning joriy hostingi Sizga taqdim etilmaydi, uzr. Sayt bahosi hosting xizmatisiz ko’rsatilgan. Siz faqat domen va saytni olasiz.

3. Saytingizni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish, rivojlantirish, ommalashtirish va saytdan olgan daromadingizni xayrli ishlarga sarflash 🙂

Saytni harid qilganingizdan so’ng o’zingiz olgan yoki Sizda bor yangi hostingga to’liq ko’chirib beraman. Agar O’zbekistondan hosting xizmatini olmoqchi bo’lsangiz aHost kompaniyasini tavsiya etaman. Bir yillik 120 ming so’m to’lov evaziga sifatli hostingga ega bo’lasiz. Bordi-yu xorijdan hosting olmoqchi bo’lsangiz, GoDaddy yoki Hostinger hostinglarini tavsiya etaman. Ularda to’lov AQSh dollarida, tarif asosida to’lanadi. Hosting olishingizda ham o’zim yordam berishim mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

34 ta fikr

  1. Saytni nega sotmoqchisiz?

  2. O’zbek tilida yozilgan sayt bilan AdSensda pul ishlash mumkinmi?
    O’zbek lotin yozuvida yozilgan saytda qanday pul ishlash mumkin?

  3. PROBLOQ.COM SAYTI STATISTIKASINI KURSATMADI https://www.similarweb.com/ SHU SAYT,,,NMA SABABDAN BULIWI MUMKIN???

  4. azamat aka sayt sotildimi

  5. Wu saytning yangi egasi bn qanaqa qib aloqaga chiqsak buladi

  6. Qanchaga sotildi sir bo`lmasa?

  7. Probloq.com sayti newspaper 6 themesida yaratilgan ammo axir bu nulled theme’ku qanaqib 100$. Themekiller.me’da bepul yuklasa bo’ladiku. Yana bir savol Adsense ad’lari umuman ko’rinmayapti. Shunga o’xshagan sayt xarajati 0$’ga teng (domen va hostingsiz) . Xafa bo’lmangu mehnatingiz 100$’ga arzimaydi. Tayyor Sayt narxi ko’rinishiga emas ichidagi «Post»larning qimmatli malumotlar berishi bn narxlanadi! Ammo sizning saytingiz Copy/Paste . Bu sayt o’lik sayt. SEO ‘ni o’ldiradi Copy/Paste . Shuni ham takidlash kerakki newspaper’ni yangi versiyasiga «Update» qilib bo’lmaydi. Natijada yana eski usul… Bu esa SEO’ga tasir qiladi. Shuningdek nulled theme xafsizlik jihatidan past. Theme’ga «malicious codes» bo’lishi va turli reklamalarni ko’rsatishi mumkin… Virus’dan holi deb hech Kim kafolat bermaydi…

  8. xaxaxa odamlaga nima bolyapdi? Ili xamma tupoy ili admin slishkom umniy buni sotishni uddasidan chiqqan bolsa )))))

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*