Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / AdSense dasturi haqida kim nima deydi?

AdSense dasturi haqida kim nima deydi?

Google kompaniyasining AdSense dasturi internet orqali saytida reklamalarni ko’rsatish yordamida pul ishlab topish uchun webmasterlarga qulay imkoniyatlar yaratib berayotgan eng mashxur dasturlardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda AdSense reklamalaridan nafaqat xorijiy mamlakatlar aholisi, balki O’zbekiston xalqi ham keng foydalanmoqda. Ba’zan AdSense reklamalari orasida O’zbekistonga oid e’lonlarni ham ko’rib qolamiz. Bizdagi milliy kompaniyalarning ba’zilari ham Google reklamalari orqali o’z xizmat va maxsulotlarini ommalashtirishga harakat qilishmoqda.

Internet orqali, saytiga reklamalar joylashtirish orqali juda katta daromadga ega bo’lish mumkinligi haqida turli saytlarda, turli tillarda juda ko’p marotaba yozilgan. O’zbekiston uchun esa AdSense va u orqali saytlarga reklamalarni joylashtirish yordamida pul ishlab topish sohasi yangi hisoblanadi. Hali bu dastur haqida eshitmagan o’zbek web ustalari, sayt egalari uchun AdSense orqali pul ishlab topish haqidagi ma’lumotlar huddi ertakdek bo’lib tuyulishi mumkin. Ba’zilar esa AdSense dasturi imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni shunchaki o’ylab topilgan cho’pchak tariqasida qabul qilishib, bu dastur bilan katta daromadga ega bo’lish mumkin, deydiganlarning gapi ustidan kulish holatlari ham bo’lgan. Buni shaxsiy blogimdagi ma’lumotlarga nisbatan ba’zi sayt egalarining ijtimoiy tarmoqlar orqali menga bildirgan fikrlariga tayanib yozayapman.

Keling, AdSense dasturining foydali jihatlari, haqiqatdan ham bu dasturning ish berishi haqidagi fikrimizni butun internet olamida, ingliz va rus tillarida AdSense dasturi haqida kimlar nima deyotganiga qarab tasdiqlashga urinib ko’ramiz. Google AdSense dasturi haqida xorijiy web sayt ustalari, xususan rus va ingliz tilidagi saytlarning egalari juda ko’p bora, turli yo’nalishdagi maqolalar yozishgan. Ularning ko’pchiligida AdSense orqali katta daromadga ega bo’lganlarning muvaffaqiyat hikoyalari ham topiladi. AdSense haqidagi ma’lumotlarni Google orqali izlaymiz. Mana natija:

 Google qidiruvi orqali «AdSense» deb qidirganimizda 0.38 soniya ichida 35 million 700 ming ta natija topildi. Demak, AdSense haqida butun internet bo’yicha (Google qidiruviga ma’lum bo’lgan) 35 milliondan ortiq ma’lumot bor ekan. AdSense orqali daromad olish mumkinligi va dasturning o’zi haqida kim nima deyotganligini alohida saytlardagi AdSense haqidagi maqolalar misolida ko’rib o’tamiz. Birinchi navbatda rus tilidagi saytlarda AdSense haqida berilgan ma’lumotlardan ba’zilarini ko’rib chiqsak:

Как заработать с Google Adsense – OriginalBizХотите узнать, как мне удалось получать от Google по 1500$ ежемесячно,в виде пассивного дохода? (Google orqali bir oyda 1500 dollar passiv daromadni qanday qilib ishlab olganligimni bilishni xohlaysizmi?);

Как заработать на Google Adsense достойные деньги? – Как заработать на Google Adsense хорошие деньги? (Qanday qilib AdSense orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkin?);

Как ПРАВИЛЬНО зарабатывать на Google AdSense? – Секреты Инфобизнеса от Дмитрия Печёркина (Qanday qilib AdSense orqali TO’G’RI pul ishlab topish mumkin?).

Bunda ma’lumotlarni taqdim etuvchi saytlar juda ko’p. O’zingiz ham bulardan boshqa ma’lumotlar borligiga ishonch hosil qilishni xohlasangiz, Google orqali «заработать adsense» deb qidiring.

Endi ingliz tilidagi ba’zi AdSense haqida berilgan ma’lumotlarni ko’rib o’tamiz. Bu ma’lumotlarni topish uchun ham Google orqali qidiramiz. Bu marta qidiruvimiz «make money adsense» iboralari orqali bo’ladi:

Make money from your site – Publisher – Google Ads – Saytingiz orqali pul ishlab toping.

101 Ways to Make More Money with AdSense | MonetizePros – AdSense orqali pul topishning 101 usuli.

Making Money From Your Website With Google AdSense – Google AdSense yordamida saytingiz orqali pul topish.

Bunday ma’lumotlarni ko’plab topish mumkin. Bu saytlarning barchasida Google AdSense orqali pul ishlab topishning haqiqatdan borligini AdSense yordamida saytiga reklamalar joylashtirish orqali haqiqatdan ham pul ishlab topayotganlar misolida ko’rishingiz mumkin. Bu turdagi ma’lumotlar shunchalik ko’pki, ularning salmog’i AdSense dasturining haqiqatdan ham pul ishlab topsa bo’ladigan dastur ekanligidan dalolat beradi. Aks holda, agar bu dasturning hech qanday foydali jihati bo’lmaganda edi, u haqida butun internetda bunchalik ko’p ma’lumotlar bo’lmagan bo’lardi.

Endi AdSense orqali katta doromad ko’rgan sayt egalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz. YouTube saytiga web ustalardan biri video joylagan. Bu videoda AdSense orqali sayti yordamida ishlab topgan pullarining chek ko’rinishida kelganligi ko’rsatilgan. Bu video egasining nomiga 60 ming dollardan ko’proq mablag’ga chek kelibdi:

Mana ba’zi sayt egalarining Google AdSense tomonidan yuborilgan cheklarni olganliklari haqidagi fotolavhalar:

 

 

 Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Google AdSense orqali saytga reklamalar joylashtirish bilan pul ishlab topish mumkin. Siz ham o’z saytingizga ega bo’lsangiz, unda Google AdSense reklamalarini joylashtiring va bu dastur orqali juda katta passiv daromadga ega bo’lishingiz mumkinligiga o’zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Saytingiz yo’qmi? O’z shaxsiy saytingizni ochishingizga sabablar juda ko’p. Hoziroq o’z saytingizni ochishga buyurtma bering yoki sayt ochishni o’zingiz o’rganib, hayotingizdagi eng birinchi shaxsiy saytingizni o’zingiz tayyorlang!

Abituriyentlar uchun test formulalari

40 ta fikr

  1. o’zingiz o’rnatib ko’rmaganmisiz?

  2. Cheki ham kelganmi sizga?

  3. Nimaga bu blogingizga joylashtirmagansiz?

  4. Salom azamat aka!
    uzhosting.com saytida hosting sotib olmoqchiman, bu yerda hosting sotib olsangiz «Трафик в месяц 250GB » degan joyi bor ekan. Bu trafik nima uchun ishlatsa bo’ladi?

    • Foydalanuvchilar sizning saytingizga tashrif buyurishganda saytingizning ma’lumotlari ularning brauzerlariga yuklanadi. Mana shu ma’lumotlar o’lchami bir oyga 250 GB tashkil etar ekan (tarif bo’yicha). Undan ortiq ma’lumot yuklansa, ya’ni saytingizga ko’proq kishi tashrif buyursa, sayt blokirovkaga tushib qolishi mumkin. Katta loyihalar uchun bu tarifni tavsiya etmagan bo’lardim. Oddiy, kichik saytlar uchun yetarli.

  5. arsenal-d.uz saytida ochilgan saytga Google AdSense ni o’rnatsa bo’ladimi

  6. DAROMAD.RU – Internetda Pul Ishlash

  7. Tekin saytlarga ham adsense ornatsa boladimi va uni qanday ornatiladi

  8. Asalomu allaykum Azamat aka yangi yilingiz muborak bo’lsin!!!
    Azamat akka o’zbek tilida yozilgan saytlarga google adsens ni o’rnatib bo’lmaydimi?

    • Bo’ladi. Shaxsan o’zim AdSense reklamalarini o’zbek tilidagi saytlarda ishlatganman.

      • Azamat agar men sayt yaratishni siz aytganday boshlasamu ma’lum bir muammolar chiqsa siz mening har bir savollarimga to’liq batafsil javob bera olgan bularmidingiz? Yo men biror bir sayt yaratib uni ishga tushurgunimga qadar menga ustozlik qilaolgan bularmidingiz? Ustozimning kasb bobidagi sirlarini urganish uchun hammasiga tayyorman!

  9. Saytimga adsenseni reklamasiniyam qo’ydim deylik, saytim uz domenida buni farqi bormi yoki yo’qmi ??
    keyinchalik muammo tug’ilmaydimi ?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*