Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

Abituriyent uchun test formulalari

Abituriyent uchun test formulalari

Ingliz tili grammatikasi asosidagi oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini sabrsizlik va hayajon bilan kutayotgan abiturientlar talablarini hisobga olgan holda ingliz tilidan 36 talik kirish imtihoni test savollarida eng ko’p uchraydigan grammatik mavzularni oson o’rganish qoidalarini o’ziga hos formula ko’rinishiga keltirishga harakat qildim. Bu kichik gap formulalarini men taklif qilayotgan usulda o’rganishingiz foydadan holi bo’lmaydi.

Ingliz tili grammatikasiga oid testlarning ko’pchiligida u yoki bu grammatika mavzu asosida tuzilgan gap beriladi. Bu gapning qaysidir qismi bo’sh qoldirilib, uning o’rnini berilgan javob variantlariga asosan to’ldirish talab etiladi. Masalan, quyidagicha gap berilishi mumkin:

She is feeling sick. She’s eaten too much chocolate. If she ……, she ……. sick now.

Yuqoridagi misolda «IF»li gaplar mavzusiga oid gap berilgan. Nuqtalar o’rnini to’ldirish uchun esa albatta javob variantlari beriladi. Ammo agar Siz yuqoridagi gapda ishlatilayotgan grammatika mavzuni bilsangiz, to’g’rirog’i, ushbu maqolamiz davomida beriladigan formulalarni to’liq yodlab olsangiz, yuqoridagiga o’xshash testlarni yechish Siz uchun umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Ishoning, agar formulalarni yaxshi yodlab, ularning qaysi ma’noda ishlatilishini o’rganib olsangiz gaplarni to’liq tarjima qilishingiz, hattoki grammatikaning qaysi mavzusi haqida gap ketayotganligiga ahamiyat bermasangiz ham testning to’g’ri javobini topishingiz mumkin.

Formulalarni o’ziga hos qolib shaklida o’rganamiz. Biz bu formulalarda asosiy fe’l sifatida «DO» – bajarmoq, fe’lidan foydalanamiz. Esingizda bo’lsin, formulalardagi «DO» (bajarmoq) fe’li o’rnida testlarda har qanday fe’l bo’lishi mumkin. Asosiysi, Siz formulaning ma’nosini yaxshi o’rganib olishingiz kerak. Formulalar gap va tarjima-izoh shaklida beriladi. Quyida berilgan formulalarni o’zingizga qulay har qanday shaklda o’zgartirib yodlab olishingiz mumkin. Bu muhim va juda foydali formulalar quyidagilar.

  1. IF I DO, I WILL DO – AGAR BAJARSAM, SHUNDA BAJARAMAN. Bu formulaning birinchi qismida, ya’ni IF qatnashga qismida hech qachon WILL (kelasi zamon) ishlatilmaydi. Bu shart ergash gap formulasi. Masalan: If I go to London, I’ll let you know – Agar men Londonga borsam, Sizga habar beraman.
  2. WHEN I DO, I WILL DO – QACHONKI BAJARSAM, SHUNDA BAJARAMAN. Bu formula tepadagi formulaning shakl jihatidan huddi o’zi, ammo bitta farqi – bu payt ergash gap. Masalan: When I go to the shop, I’ll buy a paper – Qachonki men do’konga borsam, shunda gazeta sotib olaman.
  3. IF I DID, I WOULD DO – AGAR BAJARGANIMDA EDI, HOZIR BAJARGAN BO’LARDIM. Noreal gap formulasi. Bu gapda aytilayotgan fikr aslida mavjud bo’lmaydi, yoki bajarilmaydi. Masalan: If I had a car, I would drive it to work – Agar mashinam bo’lganda edi, hozir uni ishga haydab borardim (aslida hozir mashinam yo’q).
  4. IF I HAD DONE, I WOULD HAVE DONE – AGAR BAJARGANIMDA EDI, BAJARA OLGAN BO’LARDIM. Bu gap o’tib ketgan, bajarilmagan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Bunday ish-harakatlarni takrorlash, ortga qaytarish yoki qaytarishning iloji bo’lmaydi. Masalan: If I had met you in London, I would have given you my address – Agar Sizni Londonda uchratganimda edi (o’sha vaqti, o’tgan zamonda), Sizga manzilimni bergan bo’lar edim (o’sha vaqti, o’tgan zamonda) (lekin afsuski Sizni u yerda uchratmadim va hozir Londondan qaytib kelganman. Endi vaqtni orqaga qaytarib Londonga o’sha vaziyatda qaytib borishning imkoni yo’q.).
  5. IF I HAD DONE, I WOULD DO – AGAR BAJARGANIMDA EDI, HOZIR BAJARA OLGAN BO’LAR EDIM. Endi bu formulaning ikki qismi bor: birinchi qismi (had done) o’tgan zamondagi o’tib ketgan, ortga qaytarib bo’lsam ish-harakatni ifodalaydi; gapning ikkinchi qismi esa hozirgi zamonda sodir etiladigan yoki sodir etilishi kutilgan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: If I had learned to swim in my childhood, I would go to the lake with you – Agar bolaligimda suzishni o’rganganimda edi, hozir Siz bilan ko’lga borgan bo’lar edim.
  6. I WISH I HAD DONE – QANI EDI BAJARGANIMDA EDI. Bu formula yuqoridagi 3-formula ma’nosini berib, formulaning faqat birinchi qismini ifodalaydi, ya’ni o’tib ketgan ish harakatni afsus bilan eslashni nazarda tutadi. Masalan: I’m exhausted. I wish I had stayed at home – Men juda charchaganman. Qani edi uyda qolgan bo’lganimda edi (lekin aslida hozir uyda emasman va menda tanlov bo’lgan vaqtida afsuski uyda qolishni tanlamagan edim).
  7. I WISH IT WOULD DO – QANI EDI U BAJARSA EDI. Bunda so’zlovchi yuqoridagi formulalarda farqli ravishda o’zining emas, balki boshqa biror kishining, kimningdir biror ishni bajarishini xohlaydi. Masalan: The music next door is very loud I wish they would turn it down – Keyingi xonadagi musiqa juda baland. Qani edi ular uni pastroq qilsa edi.
  8. IF I WERE YOU I WOULD DO – AGAR MEN SIZNING O’RNINGIZDA BO’LGANIMDA EDI MEN BAJARGAN BO’LARDIM. Bunda so’zlovchi kimningdir o’rnida bo’lganida, yoki shunday holatda bo’lganida nima ish-harakatni bajargan bo’lishi haqida gapiradi. Masalan: If I were you, I would go home – Agar Sizning o’rningizda bo’lganimda, men uyga ketgan bo’lardim.
  9. SEE SOMEBODY DO – KIMNINGDIR NIMADIR QILGANINI KO’RISH. Bunda kimdir boshqa biror kishining biror ishni qilganini ko’radi. Bu formulada bajarilgan ish-harakatni boshidan oxirigacha ko’rganlik nazarda tutiladi. Masalan: I saw her get into the car – Men uning mashinaga o’tirganligini ko’rdim (ishni boshidan oxirigacha, ya’ni, u mashinaga yaqin kelgandan boshlab uning mashinaga to’liq o’tirib eshikni yopganigacha ko’rdim).
  10. SEE SOMEBODY DOING – KIMNINGDIR NIMADIR QILAYOTGANLIGINI KO’RISH. Yuqoridagi formula mazmunini o’zi, faqat bunda bajarilgan ish harakatni boshidan oxirigacha emas, balki o’rtasida, ish-harakat bajarilayotgan vaqtda ko’rish nazarda tutiladi. Masalan: I saw her waiting for the bus – Men uning avtobus kutayotganini ko’rdim (qachon kutib boshlaganini ko’rmadim, qachongacha kutib avtobusga o’tirib ketganini ko’rmadim, ammo uning avtobusni kutayotganini ko’rdim, ish-harakatning o’rtasida, davom etib turgan vaqtida ko’rdim).
  11. HAVE SOMETHING DONE – BIROR ISHNI QILDIRISH. Bu formuladagi gaplarda biror ishni o’zi bajarmasdan kimgadir bajartirish nazarda tutiladi. Masalan: I had my shoes cleaned – Men tuflimni tozalattirdim (o’zim tozalamadim, kimnidir yollab, unga tozalatdim).
  12. THE MORE… THE BETTER… – QANCHALIK … BO’LSA, SHUNCHALIK … BO’LADI. Qo’sh-qiyos. Bunda aniq artikl bilan ikkita qiyosiy darajadagi fe’l ishlatiladi. Masalan: The more you read, the better you understand the matter – Qanchalik ko’p o’qisang, masalani shunchalik yaxshiroq tushunasan.
  13. GET/HAVE SOMEBODY TO DO SOMETHING – KIMNIDIR BIROR ISHNI QILISHGA MAJBUR QILISH. Bu yuqoridagi 11-formulamiz ma’nosini beradi, faqat bu formulada ish-harakatni kimga qildirganligi alohida ta’kidlanib, muhim hisoblanadi. Formuladan ko’rinib turibdiki, GET yoki HAVE yordamchi fe’llari bir hil ishlatilishi mumkin. Masalan: I got Tom to clean my shoes – Men Tomni tuflimni tozalashga majbur qildim.

Testlarni oson yechish bo’yicha ko’proq tavsiyalarni boshqa maqolalarimizdan topishingiz mumkin. Yuqoridagi formulalarimizga qo’shimcha qilmoqchi bo’lgan tushunchalaringiz mavjud bo’lsa, ularni biz bilan o’rtoqlashing. Yuqoridagi mavzuni birgalikda mukammallashtiraylik!

Abituriyent uchun test formulalari” maqolasida 117 fikr

  1. Salohiddin

    testni yechish jarayonida yo’l qo’ygan xatolarimdan biri quydagicha:
    1. …..of his books was made into a movie, and ……… others have been best-sellers.
    A) some/any B) either/each C) one/several D) a few/many

    2. The hotel was awful; it had …….. hot water ………. heating, and we were in the middle of harsh winter.
    A) either/or B) neither/nor C) both/and D) not only/as well

    3. The lecture was ……….. interesting……… the time passed remarkably quicly.
    A) as/as B) much/so C) so/that D) more/than

    kabi testlarni yechishda xatolarim takrorlanmoqda, iltimos quydagi keltirgan testlarimni muvaffaqiyatli yechishda menga o’z maslahatingizni ayamasangiz.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yuqorida keltirib o’tgan testlaringizda qaysi javobni tanlaganingizni ko’rsatmagan ekansiz. Shundan kelib chiqqan holda bu testlarni yechish borasida Sizga umumiy yo’nalish zarur ekanligini angladim. Shunday bo’lsa-da testlarning to’g’ri javoblarini aytib o’tmoqchiman: 1-C, 2-B, 3-C. Tahminimcha bu testlar Abituriyent gazetasi testlaridan olingan.
      Bu testlar bitta mavzuga oid emas, qolaversa bu testlardagi mavzularni bitta gap bilan tushuntirish qiyin. Shuning uchun Sizning so’rovingizni inobatga olgan holda saytning Grammatik Mavzular bo’limida aynan Siz so’ragan va yuqoridagi testlarni to’g’ri yechish uchun bilishingiz kerak bo’lgan mavzularni alohida-alohida yoritishga harakat qilaman. Saytni kuzatib boring, bu mavzularni albatta tushuntirib o’taman.

      Javob berish

      1. Salohiddin

        katta rahmat. to’gri, bu testlarni abituriyent gazetasidan oldim, shunga o’xshash savollarda ko’p ikkilanmoqdaman, natijada xatolikka yo’l qoývomman. saytdagi yangiliklarni muntazam kuzatib boraman, va ishonaman xatolarimga tezda javob topaman, yana bir bor katta rahmat

        Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Afsuski harflardan boshlash darajasidagi sodda mavzular saytda yo’q. Men ingliz tili grammatikasining eng qiyin va muammoli mavzulariga ko’proq to’xtalishga harakat qilganman. Ingliz tilidagi harflar haqida boshlang’ich o’rganuvchilarga mo’ljallangan kitoblardan bilib olishingiz mumkin!

      Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ularni quyidagicha farqlashingiz mumkin, ammo yodingizda bo’lsin, bu barcha holatlarga to’g’ri keladigan qat’iy qoida emas: SO+natija (gap) – I have a lot of money, so I don’t have to work (Mening ko’p pulim bor, shuning uchun ishlashim shart emas). SUCH+ot (sabab, …sifat+ot) – He has such a fast car, that he always wins races – Uning shunchalik tez mashinasi borki, u barcha poygalarda g’olib chiqadi.
      Agar hali ham to’liq tushunarli bo’lmasa yana yozing, kengroq tushuntirishga harakat qilaman.

      Javob berish

  2. muhayyo

    test master kitobida quyidagicha test bor ekan: their house is…. mess. I don’t know how they live in it.
    a) so b) such an c) so many d) such a
    2) Jane and Pete are… nice people. But I can’t stand their kids.
    a) so many b) so c) such a d) such orqadagi javob bo’yicha to’g’risi 2 sida ham »d» ekan. men ko’proq ‘so’ to’g’ri keladi deb o’ylagan edim. qanday farqlash mumkin.
    javob uchun oldindan rahmat.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Yuqoridagi ikkita testda ham nuqtalardan keyin ot kelayapti: mess va people. SO dan keyin sifat ishlatiladi, ot emas, SUCH dan keyin esa sifat+ot ishlatiladi. Agar birinchi testda nuqtalardan keyin «messy» sifati bo’lganda va ikkinchi testda «people» oti bo’lmasdan faqat «nice» bo’lganda Siz aytgandek SO to’g’ri kelgan bo’lar edi.
      Demak, farqlash uchun shunday tushunchani yodda tuting: SO+sifat va SUCH+sifat+ot. Bundan kelib chiqadiki, SUCH dan keyin har doim ot kelishi shart!
      Savol berishdan to’xtamang!

      Javob berish

  3. muhayyo

    javob uchun katta rahmat. yana savolim bor edi; don’t wait for me. I …. late . it depends on the traffic.
    a) will be b) am c) might be d)am going to be
    2) kate wants to be a politician. who knows ? one day she … prime minister. a) is going to be b) will be c) might be d) is
    3) what are you doing tonight? i don’t know. i … out, or i … at home. a) will go / am staying b) might be / might stay c) am going / am staying d) go/ stay

    orqasidagi javob bo’yicha hamma javobda ‘might’ 1c, 2c, 3b to’g’ri . oldin testlarda bunaqasiga duch kelmagan ekanman. iltimos shu haqida tushuntirsangiz.

    /

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      MIGHT ehtimollikka nisbatan ishlatiladi, aytilayotgan ish-harakatning ehtimol bajarilishi mumkinligini ifodalaydi. MIGHT modal fe’li zamon va ma’nosini saqlagan holda MAY o’rnida ishlatilishi mumkin. MIGHT=MAY

      Javob berish

  4. muhayyo

    ustozim hope dan so’ng doim hozirgi zamon wonderdan so’ng esa kelasi deb aytgan edi. lekin kitoblarda boshqa hollgarga ham duch keldim.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Ustozingiz aytganidek «doim» emas. Masalan, «I hope you will have a great time in USA» = «I hope have a great time in USA». To’g’ri, bu gaplarning ikkinchisi eng ko’p ishlatiladi, lekin ikkalasi ham grammatik jihatdan to’g’ri hamda ingliz tilini birinchi til sifatida gapiruvchilar tomonidan keng foydalaniladi. Hope fe’lidan keying kelasi zamon kelishi ham mumkin, masalan: «I hope we’ll meet again» – «Umid qilamanki, biz yana uchrashamiz».
      Bunaqa fe’llardan keyin kelasi zamon yoki hozirgi zamonning ishlatilishi to’liq fikringizning qaysi zamonga ta’luqli bo’layotganligiga bog’liq.

      Javob berish

  5. muhayyo

    tushundim rahmat. ya’na so’ramoqchi edim.
    1. i want to get home…. Jim comes back.
    a) if b) before c) untill d) when
    2. i’m going to have driving lessons…. i pass my test.
    a) before b) when c) if d) untill
    3. i can’t understand the instructions. they’re … chinese
    a)by b)at c)in d)for

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan