Abituriyent uchun test formulalari

Ingliz tili grammatikasi asosidagi oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini sabrsizlik va hayajon bilan kutayotgan abiturientlar talablarini hisobga olgan holda ingliz tilidan 36 talik kirish imtihoni test savollarida eng ko’p uchraydigan grammatik mavzularni oson o’rganish qoidalarini o’ziga hos formula ko’rinishiga keltirishga harakat qildim. Bu kichik gap formulalarini men taklif qilayotgan usulda o’rganishingiz foydadan holi bo’lmaydi.
Ingliz tili grammatikasiga oid testlarning ko’pchiligida u yoki bu grammatika mavzu asosida tuzilgan gap beriladi. Bu gapning qaysidir qismi bo’sh qoldirilib, uning o’rnini berilgan javob variantlariga asosan to’ldirish talab etiladi. Masalan, quyidagicha gap berilishi mumkin:
She is feeling sick. She’s eaten too much chocolate. If she ……, she ……. sick now.
Yuqoridagi misolda «IF»li gaplar mavzusiga oid gap berilgan. Nuqtalar o’rnini to’ldirish uchun esa albatta javob variantlari beriladi. Ammo agar Siz yuqoridagi gapda ishlatilayotgan grammatika mavzuni bilsangiz, to’g’rirog’i, ushbu maqolamiz davomida beriladigan formulalarni to’liq yodlab olsangiz, yuqoridagiga o’xshash testlarni yechish Siz uchun umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Ishoning, agar formulalarni yaxshi yodlab, ularning qaysi ma’noda ishlatilishini o’rganib olsangiz gaplarni to’liq tarjima qilishingiz, hattoki grammatikaning qaysi mavzusi haqida gap ketayotganligiga ahamiyat bermasangiz ham testning to’g’ri javobini topishingiz mumkin.
Formulalarni o’ziga hos qolib shaklida o’rganamiz. Biz bu formulalarda asosiy fe’l sifatida «DO» – bajarmoq, fe’lidan foydalanamiz. Esingizda bo’lsin, formulalardagi «DO» (bajarmoq) fe’li o’rnida testlarda har qanday fe’l bo’lishi mumkin. Asosiysi, Siz formulaning ma’nosini yaxshi o’rganib olishingiz kerak. Formulalar gap va tarjima-izoh shaklida beriladi. Quyida berilgan formulalarni o’zingizga qulay har qanday shaklda o’zgartirib yodlab olishingiz mumkin. Bu muhim va juda foydali formulalar quyidagilar.
- IF I DO, I WILL DO – AGAR BAJARSAM, SHUNDA BAJARAMAN. Bu formulaning birinchi qismida, ya’ni IF qatnashga qismida hech qachon WILL (kelasi zamon) ishlatilmaydi. Bu shart ergash gap formulasi. Masalan: If I go to London, I’ll let you know – Agar men Londonga borsam, Sizga habar beraman.
- WHEN I DO, I WILL DO – QACHONKI BAJARSAM, SHUNDA BAJARAMAN. Bu formula tepadagi formulaning shakl jihatidan huddi o’zi, ammo bitta farqi – bu payt ergash gap. Masalan: When I go to the shop, I’ll buy a paper – Qachonki men do’konga borsam, shunda gazeta sotib olaman.
- IF I DID, I WOULD DO – AGAR BAJARGANIMDA EDI, HOZIR BAJARGAN BO’LARDIM. Noreal gap formulasi. Bu gapda aytilayotgan fikr aslida mavjud bo’lmaydi, yoki bajarilmaydi. Masalan: If I had a car, I would drive it to work – Agar mashinam bo’lganda edi, hozir uni ishga haydab borardim (aslida hozir mashinam yo’q).
- IF I HAD DONE, I WOULD HAVE DONE – AGAR BAJARGANIMDA EDI, BAJARA OLGAN BO’LARDIM. Bu gap o’tib ketgan, bajarilmagan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Bunday ish-harakatlarni takrorlash, ortga qaytarish yoki qaytarishning iloji bo’lmaydi. Masalan: If I had met you in London, I would have given you my address – Agar Sizni Londonda uchratganimda edi (o’sha vaqti, o’tgan zamonda), Sizga manzilimni bergan bo’lar edim (o’sha vaqti, o’tgan zamonda) (lekin afsuski Sizni u yerda uchratmadim va hozir Londondan qaytib kelganman. Endi vaqtni orqaga qaytarib Londonga o’sha vaziyatda qaytib borishning imkoni yo’q.).
- IF I HAD DONE, I WOULD DO – AGAR BAJARGANIMDA EDI, HOZIR BAJARA OLGAN BO’LAR EDIM. Endi bu formulaning ikki qismi bor: birinchi qismi (had done) o’tgan zamondagi o’tib ketgan, ortga qaytarib bo’lsam ish-harakatni ifodalaydi; gapning ikkinchi qismi esa hozirgi zamonda sodir etiladigan yoki sodir etilishi kutilgan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: If I had learned to swim in my childhood, I would go to the lake with you – Agar bolaligimda suzishni o’rganganimda edi, hozir Siz bilan ko’lga borgan bo’lar edim.
- I WISH I HAD DONE – QANI EDI BAJARGANIMDA EDI. Bu formula yuqoridagi 3-formula ma’nosini berib, formulaning faqat birinchi qismini ifodalaydi, ya’ni o’tib ketgan ish harakatni afsus bilan eslashni nazarda tutadi. Masalan: I’m exhausted. I wish I had stayed at home – Men juda charchaganman. Qani edi uyda qolgan bo’lganimda edi (lekin aslida hozir uyda emasman va menda tanlov bo’lgan vaqtida afsuski uyda qolishni tanlamagan edim).
- I WISH IT WOULD DO – QANI EDI U BAJARSA EDI. Bunda so’zlovchi yuqoridagi formulalarda farqli ravishda o’zining emas, balki boshqa biror kishining, kimningdir biror ishni bajarishini xohlaydi. Masalan: The music next door is very loud I wish they would turn it down – Keyingi xonadagi musiqa juda baland. Qani edi ular uni pastroq qilsa edi.
- IF I WERE YOU I WOULD DO – AGAR MEN SIZNING O’RNINGIZDA BO’LGANIMDA EDI MEN BAJARGAN BO’LARDIM. Bunda so’zlovchi kimningdir o’rnida bo’lganida, yoki shunday holatda bo’lganida nima ish-harakatni bajargan bo’lishi haqida gapiradi. Masalan: If I were you, I would go home – Agar Sizning o’rningizda bo’lganimda, men uyga ketgan bo’lardim.
- SEE SOMEBODY DO – KIMNINGDIR NIMADIR QILGANINI KO’RISH. Bunda kimdir boshqa biror kishining biror ishni qilganini ko’radi. Bu formulada bajarilgan ish-harakatni boshidan oxirigacha ko’rganlik nazarda tutiladi. Masalan: I saw her get into the car – Men uning mashinaga o’tirganligini ko’rdim (ishni boshidan oxirigacha, ya’ni, u mashinaga yaqin kelgandan boshlab uning mashinaga to’liq o’tirib eshikni yopganigacha ko’rdim).
- SEE SOMEBODY DOING – KIMNINGDIR NIMADIR QILAYOTGANLIGINI KO’RISH. Yuqoridagi formula mazmunini o’zi, faqat bunda bajarilgan ish harakatni boshidan oxirigacha emas, balki o’rtasida, ish-harakat bajarilayotgan vaqtda ko’rish nazarda tutiladi. Masalan: I saw her waiting for the bus – Men uning avtobus kutayotganini ko’rdim (qachon kutib boshlaganini ko’rmadim, qachongacha kutib avtobusga o’tirib ketganini ko’rmadim, ammo uning avtobusni kutayotganini ko’rdim, ish-harakatning o’rtasida, davom etib turgan vaqtida ko’rdim).
- HAVE SOMETHING DONE – BIROR ISHNI QILDIRISH. Bu formuladagi gaplarda biror ishni o’zi bajarmasdan kimgadir bajartirish nazarda tutiladi. Masalan: I had my shoes cleaned – Men tuflimni tozalattirdim (o’zim tozalamadim, kimnidir yollab, unga tozalatdim).
- THE MORE… THE BETTER… – QANCHALIK … BO’LSA, SHUNCHALIK … BO’LADI. Qo’sh-qiyos. Bunda aniq artikl bilan ikkita qiyosiy darajadagi fe’l ishlatiladi. Masalan: The more you read, the better you understand the matter – Qanchalik ko’p o’qisang, masalani shunchalik yaxshiroq tushunasan.
- GET/HAVE SOMEBODY TO DO SOMETHING – KIMNIDIR BIROR ISHNI QILISHGA MAJBUR QILISH. Bu yuqoridagi 11-formulamiz ma’nosini beradi, faqat bu formulada ish-harakatni kimga qildirganligi alohida ta’kidlanib, muhim hisoblanadi. Formuladan ko’rinib turibdiki, GET yoki HAVE yordamchi fe’llari bir hil ishlatilishi mumkin. Masalan: I got Tom to clean my shoes – Men Tomni tuflimni tozalashga majbur qildim.
Testlarni oson yechish bo’yicha ko’proq tavsiyalarni boshqa maqolalarimizdan topishingiz mumkin. Yuqoridagi formulalarimizga qo’shimcha qilmoqchi bo’lgan tushunchalaringiz mavjud bo’lsa, ularni biz bilan o’rtoqlashing. Yuqoridagi mavzuni birgalikda mukammallashtiraylik!
O’qish o’qish va yana o’qish
+++++
testni yechish jarayonida yo’l qo’ygan xatolarimdan biri quydagicha:
1. …..of his books was made into a movie, and ……… others have been best-sellers.
A) some/any B) either/each C) one/several D) a few/many
2. The hotel was awful; it had …….. hot water ………. heating, and we were in the middle of harsh winter.
A) either/or B) neither/nor C) both/and D) not only/as well
3. The lecture was ……….. interesting……… the time passed remarkably quicly.
A) as/as B) much/so C) so/that D) more/than
kabi testlarni yechishda xatolarim takrorlanmoqda, iltimos quydagi keltirgan testlarimni muvaffaqiyatli yechishda menga o’z maslahatingizni ayamasangiz.
Yuqorida keltirib o’tgan testlaringizda qaysi javobni tanlaganingizni ko’rsatmagan ekansiz. Shundan kelib chiqqan holda bu testlarni yechish borasida Sizga umumiy yo’nalish zarur ekanligini angladim. Shunday bo’lsa-da testlarning to’g’ri javoblarini aytib o’tmoqchiman: 1-C, 2-B, 3-C. Tahminimcha bu testlar Abituriyent gazetasi testlaridan olingan.
Bu testlar bitta mavzuga oid emas, qolaversa bu testlardagi mavzularni bitta gap bilan tushuntirish qiyin. Shuning uchun Sizning so’rovingizni inobatga olgan holda saytning Grammatik Mavzular bo’limida aynan Siz so’ragan va yuqoridagi testlarni to’g’ri yechish uchun bilishingiz kerak bo’lgan mavzularni alohida-alohida yoritishga harakat qilaman. Saytni kuzatib boring, bu mavzularni albatta tushuntirib o’taman.
katta rahmat. to’gri, bu testlarni abituriyent gazetasidan oldim, shunga o’xshash savollarda ko’p ikkilanmoqdaman, natijada xatolikka yo’l qoývomman. saytdagi yangiliklarni muntazam kuzatib boraman, va ishonaman xatolarimga tezda javob topaman, yana bir bor katta rahmat
ingiliz tili qanday uqiladi
Buni tilning Fonetika bo’limida o’rganasiz
saytda engiliz tilini harflardan urgatilganmi
Afsuski harflardan boshlash darajasidagi sodda mavzular saytda yo’q. Men ingliz tili grammatikasining eng qiyin va muammoli mavzulariga ko’proq to’xtalishga harakat qilganman. Ingliz tilidagi harflar haqida boshlang’ich o’rganuvchilarga mo’ljallangan kitoblardan bilib olishingiz mumkin!
video lessonlarda har kuni 1tada o`qish keremi
ha, 10 kunga mo’ljallangan video darslarni
iltimos such va so haqida ma’lumot bering. ularni qanday qilib farqlash mumkin.
Ularni quyidagicha farqlashingiz mumkin, ammo yodingizda bo’lsin, bu barcha holatlarga to’g’ri keladigan qat’iy qoida emas: SO+natija (gap) – I have a lot of money, so I don’t have to work (Mening ko’p pulim bor, shuning uchun ishlashim shart emas). SUCH+ot (sabab, …sifat+ot) – He has such a fast car, that he always wins races – Uning shunchalik tez mashinasi borki, u barcha poygalarda g’olib chiqadi.
Agar hali ham to’liq tushunarli bo’lmasa yana yozing, kengroq tushuntirishga harakat qilaman.
test master kitobida quyidagicha test bor ekan: their house is…. mess. I don’t know how they live in it.
a) so b) such an c) so many d) such a
2) Jane and Pete are… nice people. But I can’t stand their kids.
a) so many b) so c) such a d) such orqadagi javob bo’yicha to’g’risi 2 sida ham »d» ekan. men ko’proq ‘so’ to’g’ri keladi deb o’ylagan edim. qanday farqlash mumkin.
javob uchun oldindan rahmat.
Yuqoridagi ikkita testda ham nuqtalardan keyin ot kelayapti: mess va people. SO dan keyin sifat ishlatiladi, ot emas, SUCH dan keyin esa sifat+ot ishlatiladi. Agar birinchi testda nuqtalardan keyin «messy» sifati bo’lganda va ikkinchi testda «people» oti bo’lmasdan faqat «nice» bo’lganda Siz aytgandek SO to’g’ri kelgan bo’lar edi.
Demak, farqlash uchun shunday tushunchani yodda tuting: SO+sifat va SUCH+sifat+ot. Bundan kelib chiqadiki, SUCH dan keyin har doim ot kelishi shart!
Savol berishdan to’xtamang!
javob uchun katta rahmat. yana savolim bor edi; don’t wait for me. I …. late . it depends on the traffic.
a) will be b) am c) might be d)am going to be
2) kate wants to be a politician. who knows ? one day she … prime minister. a) is going to be b) will be c) might be d) is
3) what are you doing tonight? i don’t know. i … out, or i … at home. a) will go / am staying b) might be / might stay c) am going / am staying d) go/ stay
orqasidagi javob bo’yicha hamma javobda ‘might’ 1c, 2c, 3b to’g’ri . oldin testlarda bunaqasiga duch kelmagan ekanman. iltimos shu haqida tushuntirsangiz.
/
MIGHT ehtimollikka nisbatan ishlatiladi, aytilayotgan ish-harakatning ehtimol bajarilishi mumkinligini ifodalaydi. MIGHT modal fe’li zamon va ma’nosini saqlagan holda MAY o’rnida ishlatilishi mumkin. MIGHT=MAY
salom. hope va wonder fellaridan so’ng qaysi zamondagi fe’llar ishlatiladi ?
Savolingizni aniqroq bering, chunki bu holat uchun qat’iy qoida yo’q.
ustozim hope dan so’ng doim hozirgi zamon wonderdan so’ng esa kelasi deb aytgan edi. lekin kitoblarda boshqa hollgarga ham duch keldim.
Ustozingiz aytganidek «doim» emas. Masalan, «I hope you will have a great time in USA» = «I hope have a great time in USA». To’g’ri, bu gaplarning ikkinchisi eng ko’p ishlatiladi, lekin ikkalasi ham grammatik jihatdan to’g’ri hamda ingliz tilini birinchi til sifatida gapiruvchilar tomonidan keng foydalaniladi. Hope fe’lidan keying kelasi zamon kelishi ham mumkin, masalan: «I hope we’ll meet again» – «Umid qilamanki, biz yana uchrashamiz».
Bunaqa fe’llardan keyin kelasi zamon yoki hozirgi zamonning ishlatilishi to’liq fikringizning qaysi zamonga ta’luqli bo’layotganligiga bog’liq.
tushundim rahmat. ya’na so’ramoqchi edim.
1. i want to get home…. Jim comes back.
a) if b) before c) untill d) when
2. i’m going to have driving lessons…. i pass my test.
a) before b) when c) if d) untill
3. i can’t understand the instructions. they’re … chinese
a)by b)at c)in d)for
1-B, 2-A, 3-C.
I shall have been helping for a month when you come
shu gapni *passive* da korsating.yani passive zamonda shakli qanday boladi
They will have been being helped for a month when you come. Zamonlarning to’liq jadvalini mana bu yerda ko’rishingiz mumkin.
test master kitobini qayerdan olsam bo’ladi
Saytga chiqarishga harakat qilaman.
salom iltimos menga Present continuous tense ning bo’lishsiz so’roq shakli haqida ma’lumot kerak edi.
Inkor shaklidagi TO BE fe’lining shakli egandan oldinga o’tkaziladi
iltimos test masterdagi ushbu matnli testda yordam bersangiz. javoblari orqasidagidan farq qilyabti:
concorde, the world’s fastest passenger plane, …1.. by france and britain together. in the 1950s, both countries dreamed of having a supersonic plane, and the project..2.. in 1962. 1.5 billion..3.. on developing the concorde, and it ….4…. for over 5000 hours , which makes it the most tested plane in history. the first passenger plane..5… by british airways and air france in 1967. the concorde holds many world records, including the fastest crossing of the atlantic ocean from new york to london, which …..6… in 2 hours 45 seconds. flying at twice the speed of sound means that flying time..7.. by half, which is i why the concorde flight between london and new york..8… a lot by business people and film stars- you can live britain at 10.30 and arrive in new york an hour earlier.
1 a)developed b) have been developed c) was developed
2 a) was started b) started c) have been started
3 a)spent b) was spent c) haVE been spent
4 a) tested b) has tested c) have been tested d) was tested
5 a) introduce b) was introduced c) has been introduced
6 a)achieved b) have been achieved c) was achieved
7 a) is reduced b) has reduced c) was reduced d) will be reduced
8 a) used b) had been used c) is used
2) – jane told me you have a place at university.
– that’s right. i … math at st. Andrews in Scotland.
a) studied b) will study c) study d) am going to study
3) … you are the first person up in the morning make me up a cup of coffe.
a) when b) while c) if d)as soon as
1-C, 2-A, 3-B, 4-D, 5-B, 6-C, 7-C, 8-D.
Keyingi yozilgan ikkita test javoblari:
2-D, 3-C
Ba’zi xatolarni yozilishda noto’g’ri yozilgan, deb hisoblab e’tiborga olmadim.
katta rahmat . ancha yordam berdingiz
englishclubpro.com saytida ushbu testga tushunmadim. ushbu gapni tarjimasi qanday bo’ladi.
What I like more than anything else ___________________ on Sunday mornings.
waking up late
to wake up late
is waking up late
is wake up late
What I like more than anything else is waking up late on Sunday mornings – Hamma narsadan ham eng ko’proq yoqtirganim yakshanba kunlari ertalab kech uyg’onishdir. 😀
Hello everybody… may I give some questions to u??? Time to time only… May I???
iltimos quyidagi testlarda yordam bersangiz:
1)… will tell you that two and 2 is four.
a) someone b) anyone c) no one d) nothing
2)what is that smell ? can you smell …. burning?
a) something b)anything c) nothing d) everything
fikrimcha 2-sida so’roq gap bo’lgani u-n b javob bo’lishi kerak. kitob orqasida esa a ni bergan.
1-b, 2-a. Ikkinchi savolda javobning «something» bo’lishiga sabab, gapdagi so’zlovchi nimadir kuyayotganiga to’liq ishonch hosil qilgan holda gapirayapti va «something» so’zi o’sha kuyayotgan «nimadir» ma’nosini anglatayapti. Asosiy e’tibor «Can you smell?» qismida, agar «Nima kuyayapti?» demoqchi bo’lishganda edi, unda Siz aytganingizdek, qoida asosida so’roq gap bo’lishiga qarab «anything» javobi to’g’ri bo’lardi.
Salom . man sizga biz savol bilan yuzlanmoqchiman . 1 avgust kuni ham siz savol berishganmi ?
Savolingizga tushuna olmadim, iltimos, aniqroq yozing
1 – avgust kuni imtihondan chiqib sizdan surashmaganmi aniqlik kiritish uchun bazi savollarga javob ? javobiz uchun oldindan rahmat
Bunday holat ko’p bo’lgan, misol uchun o’zim tayyorlagan o’quvchilarim imtihondan chiqishganidan so’ng o’zlari uchun qiyin tuyulgan va eslab qolishgan ba’zi savollarni mendan so’rashgan. Ba’zi testlar juda chalkash tuyuladi, hatto testdagi savolning to’g’ri javobi keltirilmagandek bo’lib ko’rinadi. Bunday holat ko’pchilik abituriyentlarda bo’lgan, menimcha.
Salom . Sizga bir savol bilan yuzlanmoqchiman . mustaqil ingliz tilini o’rganuvchilar uchun qanday maslahat berasiz ? onlayn o’rgatuvchi saytlar ham bormi ? oldindan kattakon rahmat
«Online o’rgatadigan» deganda, agar Siz ingliz tili grammatikasiga oid kitoblar yoki ma’ruza matnlarini yuklab olishni, grammatikaga oid maqolalarni o’qishni nazarda tutayotgan bo’lsangiz, bunday saytlar ko’p. O’zbeki tilidagi shu turdagi saytlar ham talaygina. Ammo ingliz tili grammatikasini online tizimda o’rgatadigan saytlarni so’rayotgan bo’lsangiz, hozircha o’zbek tilidagi saytlar ichida bunday saytni uchratganim yo’q. O’zimning saytim ham hozircha faqat maqolalar va video darslar bilan cheklanib turibdi. Ingliz tilini aktiv o’rgatadigan va online tizimida bo’lgan saytlar rus yoki ingliz tillarida ko’plab topilishi ehtimoldan holi emas, ammo ularning bepul bo’lganlari juda kam, fikrimcha. Men yaqin kelajakda yangi loyiha haqida o’ylayapman. Agar g’oyamni amalga oshira olsam, yaqin orada saytim orqali online jonli darslarni tashkil qila olaman. Bunda istagan o’rganuvchi saytda e’lon qilingan ma’lum bir vaqtda saytga kiradi va naushnik/mikrofon orqali men bilan jonli muloqotga kirishib savol-javob yoki ma’lum grammatik mavzuga oid darsda internet orqali qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu g’oyamni amalga oshirish yo’lida harakat qilayapman. Sizga ingliz tilini online o’rgatadigan sayt kerak bo’lsa, saytimni kuzatib boring. Umid qilamanki, kelajakda saytim orqali yanada ko’proq ilm istovchi yaxshi odamlarga bundan ham ko’proq foydam tegadi.
oka net orqali pul topiw u4un bankdan shot ochish shartmi,?
Yo’q, shart emas. Faqat ishlab topgan pulingizning chekini naqd pulga aylantirish uchungina bankka borishingiz kerak bo’ladi.
saytingiz juda zo’r ekan kotta raxmat
Juda zor sayt eken
Siz hammaga qolidan kelingizdan kelgancha yordam berishni xoxlar ekensiz iltimos ingliz tilini urganishni nimadan boshlasam boladi?
FUTURE PERFECT ni passive yo’qku?!
savol: war and destruction are always hand … hand?
A) by B) on C) in D) at
C javob to’g’ri, «hand in hand» – qo’lma-qo’l
you and i were meant to be, ain’t doubt about it. tarjima?
«Biz bo’lishimiz kerak, bunga shubham yo’q»
Salom manga video darsliklar juda yoqti yana qachon yangi video darsliklarni chiqarasiz
Tez kunlarda. Saytni kuzatib boring.
Hurmatli Azamat Xodjakov men bergan 1 savolda grammatik tomondan tugri lekin tarjima notugri, qo’lma qo’l emas, »birga» degani
Bilimimni sinab ko’rish uchun javobini o’zingiz yaxshi bilgan savolni menga berganingizdan xursandman! Fikringizga qo’shilaman! O’rganishimga yordam berishda davom eting!
yana bitta savolim bor, i’mma fight degan gapda i’mma degani hech javobini topolmadim,agar bilsangiz ozgina malumot berishingizmi iltimos qilgan bulardim,oldindan raxmat!:)
I’mma = I am to
(kelishilgan ish harakatga nisbatan ishlatiladi).
Bu savolning javobini ham o’zingiz bilasiz, menimcha. Sinovdan o’tdimmi? 😉
The holidays in Uzbekistan haqida ma’lumotlar kerak
boshlang’ich sinlar uchun darslar yo’qmi.5-6 sinflar uchunchi
ular uchun maktab darsliklari bor-ku! http://www.kitob.uz saytiga kirsangiz barcha sinflar uchun turli fanlardan maktab darsliklarining elektron variantlari bor.
iloji bulsa manga inglizca iboralar va maqollar kerak,qanca kup bulsa shunca yaxshi;)
anglya mashxur kishilari-mavzusida 10-15 ta gapdan iborat matn yozib bersangiz iltimos
Assalomu alaykum, mana shu testni yechishga yordam bering, yechilish usulini ham tushintiring, iltimos Let me see them … . I want to say good-bye to them.
up
of
off
to
SEE OFF – kuzatib qo’yish, biror joyga ketayotgan kishi bilan xayrlashish uchun chiqish.
Bu turdagi testlarni yechish uchun Siz ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashingiz, ingliz tilida eng ko’p ishlatiladigan idiomalardan xabardor bo’lishingiz kerak.
Rahmat, qaysi kitoblardan foydalanib yodlashim mumkin?
Ingliz tili grammatikasiga oid kitoblardan. Muhammad G’afforovning «Ingliz tili grammatikasi» kitobini tavsiya etaman, juda yaxshi kitob!
Azamat aka aytoyatgan kitobizi saytga joylay olasizmi agar iloji bo’lsa illttimos
Saytga joylay olmayman, lekin sotuvda bu kitobni topishingiz mumkin.
Shu testni ham tushuntirib bering, iltimos
First you take the photos and sort them into categories.Then you … them according to subject
filed
file
have filed
are filing
FILE – ot va fe’l bo’lib ishlatilishi mumkin. Ot bo’lganda «fayl papka» deb tarjima qilamiz, fe’l bo’lib kelganda esa «fayl papkaga tahlash/joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Bu test javobi ham FILE bo’ladi. Gap tarjimasi: «Birinchi Siz rasmlarni olib bo’limlarga ajratib chiqasiz. Keyin ularni mavzusiga qarab fayl papkaga joylashtirasiz».
kattakon rahmat
ingliz tilida ba’zi fe’llar predlog olsa ma’nosi o’zgarib ketadi ularning ro’yxatini va tarjimasini olishga yordam berolmaysizmi?
Men Siz so’ragan fe’llarni audio-lug’at shaklida o’rganuvchilarga taqdim etishni rejalashtirganman. Saytni kuzatib boring.
Assalomi alaykum, uzr nimaga savol-javob bo’limi yo’g’ bo’lib qoldi?
Savol-javob bo’limi ko’p resurs talab qilganligi sababli butunlay o’chirildi. Kelajakda yangi usul tashkil qilinguniga qadar avvalgidek comment orqali savollaringizni yo’llashingiz mumkin. Noqulayliklar uchun uzr so’rayman.
1.i learnt about it … an email from my boss.
a) in b) by c) on d) at
2…. his anger at having been wrongly accused, peterson behaved honourably throughout the trial. a) although b) becouse of c) despite d) however
3.i think we should go to india while we have the opportunity, …?
a) don’t i b) shouldn’t we c) don’t we
4.you should never leave your flat without identification , …. the police stop you and ask for it .
a) even though b) in case d) in order that
5. i didn’t believe him when he said that it was hailing in june, so i went out on the balcony to see for….
a) myself b)mine c) me b)himself
On international airlines , there always …. a pilot and a co-pilot and each knows the other’s job. so, in the event that either falls ill during the flight, ….. is qualified to land the plane safely.
6. a) either b) neither c) both
7. a) another b) others c) the other d) the others
1-A, 2-C, 3-B, 4-B, 5-A, 6-C, 7-C
1-sida artikl bo’lmasa ‘by’ bo’ladimi?
shularni ham ko’ring, iltimos.
1.EVERYBODY had agreed to do something… at the weekend, but nobody could come up with an acceptable suggestion about what to do.
a) differently b) difference c) differ d) different
gazetada javobini ‘d’ qilibdi. fe’ldan so’ng ravish keladi deb ‘a’ javobni olgandim.
2.Hardly had we finished eating when they … they… which we found extremely rude.
a) have said/ are leaving
b) were saying/had left
c)had said/ left
d)said/were leaving
hardly had oldinda kelganda qanday ma’no anglatadi? Shu gapning tarjimasi qanday bo’ladi?
Shunday, by ishlatilgan holatda «elektron pochta tizimi orqali» degan ma’no anglatiladi.
1-D, 2-D. Ma’no o’zgarmaydi. Ovqatlanishni tugatishga ulgurmagandik hamki, ular ketmoqchi bo’lishganini aytdi, qaysiki juda qo’pol edi.
Although he appears to be fluent in English, his sentences are full of grammatical…
a) errors b) faults c) mistakes
gazetadagi javobda error ni bergan. LEKIN GRAMMATICAL MISTAKE DEGAN BIRIKMANI HAM UCHRATDIM. FARQI BORMI?
Aslida ERROR va MISTAKE bir hil ma’noni anglatishi mumkin. Ammo error ko’proq aniq javob talab qiladigan joylarda xatoga yo’l qo’yish, masalan, grammatikada, matematik misolda xato qilish ma’nosida ishlatiladi. Mistake esa keng qamrovli ma’noda xato qilishga nisbatan. Masalan, yoqimsiz natija olib keladigan xatoga yo’l qo’yish. Bu test javobi ERRORS bo’ladi, chunki aniq javob talab qilanadigan joyda xato qilish ma’nosi anglatilgan.
Javoblar uchun katta rahmat!
salom azamat aka savolim shunday regret dan keyin to keladi shundaymi lekin bir testda ing qo’ygan yani gerund
Regret (afsuslanmoq) fe’lidan keyin TO ham ING ham kelishi mumkin. Bunda ish-harakat sodir etilishidan oldin afsuslandimi, yoki hali ish-harakat sodir etilmasdan turib afsuslandimi – shunga e’tibor beriladi. Faqat regret emas, boshqa fe’llarda ham shunday holat bo’lishi mumkin. Yaxshiroq tushunib olish uchun mana bu yerga bosib, maqolani o’qib chiqing.
Salom Siz Salohiddin deganning quyidagi savoliga c javobini to’g’ri varyant deb ko’rsatkan ekensiz. Men ham abutiriyentman o’qishga tayorlanyapman bizga ustozimiz har doim «that» dan keyin sentence yuradi deb o’rgatkanndi menimcha d javobi to’g’ri bo’lsa kerak javobingiz uchin oldindan rahmat.
Muhokamalarni kuzatib borayotganligingiz uchun raxmat. «The lecture was ……….. interesting……… the time passed remarkably quickly.» Bu yerda men «so/that» degan javobni to’g’ri deb ko’rsatganman. Sizning fikringizcha «that»dan keyin sentence, gap kelishi kerak. Ustozingiz to’g’ri aytgan ekanlar, bu gapda ham, agar e’tibor bersangiz «that»dan keyin gap, sentence ishlatilgan: «…that the time passed…» («that+ega+fe’l…»). Siz tavsiya qilgan D javob esa to’g’ri kelmaydi. Saytni kuzatishda davom eting. E’tibor bilan testlarni o’qiyotganligingiz uchun raxmat!
Quyidagivtestni yechishda ko’magingiz kerak:
Children looked bored but they … The story was very boring indeed.
A. heard B. Noticed C. detected D. Listened
D javob.
Nimaga D javob? Bu testda nimani surayapti? Tushintirib bera olasizmi?
Children looked very bored but they listened. (Bolalar juda zerikkan ko’ringandi, ammo ular tinglashdi). The story was very boring indeed. (Hikoya haqiqatdan ham juda zerikarli edi).
Javobiz uchin katta rahmat. Yana savolim bor edi:
He’s afraid he can’t answer all my questions … so little of the country.
a. having seen b.saw c seeing d to see
Bu yerda javobni nimaga qarab aniqlashni tushinmadim. Javobiz uchin oldindan rahmat
Iltimos, savollarni maxsus savol-javob bo’limiga yozing.
U mening barcha savollarimga javob bera olmasligidan qo’rqadi … mamlakatning shunchalik kam joyini.
Tarjimadan ko’rinib turibdiki, u mamlakatning kam joyini ko’rgan, shuning uchun javob bera olmasligidan qo’rqayapti. Demak, natija – uning qo’rqayotganligi hozirgi zamonda, ko’rmaganligi esa o’tgan zamonda. O’tgan zamonda bajarilib, natijasi hozir ko’rinib turgan ish-harakat hozirgi tugallangan zamonda ifodalanadi. Javob A. «-ing clauses» mavzusini o’qing.
Advantages and disadvantages of computers
Salom Azamat aka.Man bu saytga endi kiryapman.Lekin rostanam ancha narsa bor ekan.Bizga berayotgan yordamiz uchun kattakon raxmat.Sizdaqa insonlar ko’paysin
Sizni telegram kanaliz bormi
Salom Azamat aka sizga rahmat maqolalaringiz uchun man yangiman lekin zor sayt ekan ?
Savolim bor nega The coffee tastes very deliciuos gapida qahvaga nisbatan the ishlatilgan?
Coffee umumiylik ma’nosidagi birlikda ishlatilayotgan ot bo’lganligi sababli.
Coffe sanalmidi wuning un doyim birlikda turadi
Salom. Menda ham bir savolim bor edi.
Would you mind…staying here?
A me B my C mine D myself
A javob to’g’ri.
video roliklarni registatsiyasiz ham tortib olish mumkinmi?
Albatta.
1 Everybody … ready, … they ?
a) is/isn’t b)are/are
c)is/aren’t d)are/are
2 There … a lot of news in the foreign papers
a)are b)were c) have been d) was
3 They … the experiment three times now with various results each time
a)did b)have been doing c)have done d)are doing
4 These jeans are too … you need a smaller size
a)lose b)lost c)loose d) loosing
iltimos tushintirib keting. oldindan javob u.n Rahmat
1-C, 2-D, 3-B (now), 4-C.
Iltimos, savollarni saytning maxsus Savol-Javob bo’limida yozing. Rahmat.
Почему 2-D обьясните плизз?
Yangiliklar (news) sanalmaydigan ot bo’lganligi sababli faqat birlikda ishlatiladi.
Hi Azamat bro Thanks for your information. Your web-site is pretty cool.
ASSALOM alaykum AZAMAT aka siz bilan qanday bog’lansam bo’ladi????????????????
+998937982200 telegram.
RAHMAT YANA BIZ SAVOLIM BOR EDI. DIRECT VA INDERECTDA JAVOBLARI UCHUN BIR XIL VARIANT QO’YILADI QAYSISI MAQUL MISOL UCHUN I DO-SO I AM, I DON’T EITHER-NEITHER I DO
Assalom alaykum! «If I had met you in London I would have gave my adress»gapida «gave»o’rnida «give»ni «given»shakli qo’llanadi shekilli?!
Xato yozilgan ekan. Rahmat, to’g’irlab qo’ydim 🙂
Assalom alaykum Azamat aka,dtm testlaridagi mantiqiy tekstlarni tez va muvaffaqiyatli yechishda asosan qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak? It will be nice, if you answer completely. Thanks in advance for your answer!
Assalomu alaykum Azamat aka sizga savolim shuki,kirish imtihoni testlari 36ta db yozib qoyilgan ammo ularning atigi 13tasini sahifaga joylagansiz qolganlariniyam ham joylashtira olasizmi agar IMKONI bosa albatta, javob uchun oldindan RAXMAT
Assalomu alaykum.
Inglis tili test formulalarini umumiy kitobchasimi yoki bir yerga jamlangani bormi?
Hozircha yo’q.
Salon.Azamat aka ingliz tili formulalari kitobchasi szda bormi yana ham koprogi. Rahmat
Assalomu aleykum.
Menga gerundiylar haqida to‘liqroq ma‘lumot bersangiz
Assalomu alaykum . Azamat aka sizni ilm o’rgatish yo’lidagi ishlaringizga Alloh rivoj bersin.Hudo hohlasa madrasaga 13- iyul kuni imtihon bo’ladi.Birinchi blog ingliz tili.Siz maqolangizda Abituriyent uchun test formulalarini ishlab chiqqan ekansiz.Bu formulalardan testlarni yechishda qanday foydalanishni bilmayapman.Bu formulalar orqali testlar qanday yechiladi shunga misol va oydinlik kiritib bersangiz ILTIMOS!!! Alloh roziligi yo’lida yordam bering.Javobingizni tez fursatda kutaman.Umid qilamanki siz ko’rsatgan yo’l menga katta yordam beradi INSHAALLOH.Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Azamat Davronovning testlari zor.Menda ham bir kitobi bor.Ajoyib bir nechta darslarini yechib korganman sizlarga ham tavsiya qilaman