Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni hafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman.

1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson

2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel

3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein

4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — Grace Coddington

6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir». — Henry David Thoreau

7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum

8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln

9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma

10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin

11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff

12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum

13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh

14. «Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda

15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King

16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag

17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison

18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum

19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi

20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore

21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey

22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein

23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham

24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale

25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin

26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin

27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell

28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour

29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder

30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir». — Estee Lauder

Endi esa mening eng sevimli ruhlantiruvchi hikmatli so’zimni o’qiysiz. Aslida bu so’zlar Rocky VI filmidan olingan. Ularni o’qishdan avval filmning shu so’zlar aytilgan parchasini ko’ring:

Nihoyat, Rocky filmidan olingan so’zlar:

«Kel, men senga o’zing bilgan bitta narsani aytay. Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas, u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi va sen qo’rqoq emassan! Sen ulardan yaxshiroqsan!»

Abituriyentlar uchun test formulalari

21 ta fikr

  1. Adamlarda õziñiz haqqinda jaqsi pikirge keliwin qaleseñiz olardi tiñlañ!

    • haqiyqatinda da adamlarg’a o’zin tin’lag’an insanlar unaydi. biraq soni aytip o’tiw kerek ayrimlardin’ gapleri quri gap bolip, a’piwayi na’rselerdi de u’lken mashqalag’a aylandiradi. so’zdin’ da bahasi bar

  2. Nima bulganda ham ortga yul yuq faqat maqsad sari olg’a hayotda siz istagan narsa buluvurmiyde siz istagan narsangizga erishish ushun maqsad bilan yashang ana ushanda bir ishni boshladingizmi maqsad quyib oxirigacha kurashing

  3. Hamma ham bir xil fikirlamaydi,besh barmoq teng degani shu bo’ladi nazarimda,boshqalarni fikri meni qiziqtirmadi,meni qiziqtirgan fikir bu yagona…. : »(seni yo’ling tekis va ravonmi,demak unda taslim bo’lma,bo’lmasa bo’lasan sarson),,…

  4. Bosayotgan qadaming to‘g‘riligiga ishonsang yo‘lning egriligidan qo‘rqma

  5. Sen shunday farzand bo’lginki, seni tarbiya qilib katta qilgan yaqinlaring sen bilan birgaligidan hech qachon afsuslanmasin, sen bilan faxrlanishsin, sening nomingni mag’rurlanib tilga olishsin

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*