Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Shaxsiy rivojlanish Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni hafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman.

1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson

2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel

3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein

4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — Grace Coddington

6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir». — Henry David Thoreau

7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum

8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln

9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma

10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin

11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff

12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum

13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh

14. «Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda

15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King

16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag

17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison

18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum

19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi

20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore

21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey

22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein

23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham

24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale

25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin

26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin

27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell

28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour

29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder

30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir». — Estee Lauder

Endi esa mening eng sevimli ruhlantiruvchi hikmatli so’zimni o’qiysiz. Aslida bu so’zlar Rocky VI filmidan olingan. Ularni o’qishdan avval filmning shu so’zlar aytilgan parchasini ko’ring:

https://www.youtube.com/watch?v=8xFEqdkO5UI

Nihoyat, Rocky filmidan olingan so’zlar:

«Kel, men senga o’zing bilgan bitta narsani aytay. Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas, u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi va sen qo’rqoq emassan! Sen ulardan yaxshiroqsan!»

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar” maqolasida 30 fikr

  1. Mirshohid

    Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang.
    Shu gaplarni kim aytgan bo`lsa ham men shu insonning gaplariga 100% qo`shilaman

    Javob berish

  2. Bobur

    “Siz – ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz”. manashu gapni man avval o’z hayolimdan o’tirganman, real gap………..

    Javob berish

  3. ибрагим

    фикрлар албатта теран аммо хаммаси содда ва аниқ бўлса менимча осонроқ бўлади.

    Javob berish

  4. ОДИЛХОН

    Uzr kechirasizlar, mana shunga tushunmadm
    Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan Edi.
    Nma demoqchi Bu gapi bilan?

    Javob berish

  5. mystery

    Яна бир гап. Хает тепкиларига таер тур. Лекин хадеб тепкилашларига йул куйма

    Javob berish

    1. Uchqun

      Dushmanimni o’zgartirib uni Do’st qilamn, va dushmanim endi meni do’stim bo’ladi, va dushmanligi yo’qoladi demoqchi … manimcha

      Javob berish

  6. Nodirjon

    Bir narsani haqiqat deb bilaman,bu dunyoga kelib yashaysan,uzingni taqdiringni yaratasan,va o’lasan.bu yerdagi suzlarni eshitsang eshitmasang hayotingda kurib boraverasan.Donolar haqni aytar,lekin insonlar eshitganini yoki o’qigaganini haqiqat deb bilaversa,hayotda yo’lidan adashib ketishlari ham mumkin.

    Javob berish

  7. Muharram

    Juda ajoyib va kerakli gaplar yozilgan, Raxmat! Inson maqsadi sari harakat qilishida yuqoridagi kabi gaplar uni yanada samaraliroq harakatga undaydi. «Insonlar dangasa emaslar, ularga ilhom beradigan orzulari yo`q xolos»…

    Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan