Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / 30 kunlik faol blogging harakati

30 kunlik faol blogging harakati

Saytimga deyarli yarim oy davomida birorta ham o’zgarish kiritmagan ekanman. Saytga yangi maqolalarning kiritilmasligi saytga tashrif buyuruvchilar sonining qanchalik darajada o’zgartirishini o’rganishga qaror qildim. Hozir saytning joriy tashrif buyuruvchilar soni holati, avvalgi tashrif buyurishlar ko’rsatkichi va bugundan e’tiboran 30 kun davomida yangi maqolalarning faol kiritilishidan so’ng tashrif buyuruvchilar soni qay darajada o’zgarishi mumkinligini ko’rib chiqamiz.

Saytning tashrif buyuruvchilar sonini hisoblash mas’uliyatini www.uz saytiga yuklagan holda bugungi kunda Azamat.uz saytiga tashrif buyuruvchilar soni quyidagi ko’rsatkichga ega ekanligiga guvoh bo’lamiz:

Bunda bir oy oldin saytga tashrif buyuruvchilar soni 511 ta foydalanuvchini tashkil etgan ekan. So’nggi uch kun mobaynida saytga tashrif buyuruvchilar soni keskin tushib ketayotganligini yuqoridagi chizmadan ko’rib turibsiz. Sayt erishgan oxirgi eng yaxshi ko’rsatkich 498 kishini tashkil etgan. So’nggi bir oy ichida saytga tashrif buyuruvchilarning eng ko’p soni 545 kishi bo’lgan ekan. Eng yomon ko’rsatkich esa 2-avgust kuni 156 kishilik tashrif buyurishlar sonini ko’rsatmoqda. Tashrif buyurishlar soni ko’pincha 500 foydalanuvchi soni atrofida bo’layotganligi sababli saytning so’nggi bir oy mobaynidagi tashrif buyurishlar standart sonini 500 deb olishga qaror qildim.

Traffik jihatdan saytning hozirgi holati juda yomon. Deyarli hech qanday yaxshilanish bo’lmayapti. Bir oy davomida foydalanuvchilar soni ko’paymagan. Shuni hisobga olgan holda bugundan e’tiboran 30 kun davomida – 2015-yil 12-sentyabr kuniga qadar har kuni 2 tadan yangi maqola kiritib borish orqali saytning tashrif buyuruvchilari soni qanchalik darajada ortishini kuzatishga qaror qildim. 30 kun 2 tadan maqola kiritilsa bir oylik davr mobaynida sayt 60 ta yangi maqolaga boyiydi. Bundan tashqari har kunlik yangilik kiritiladigan sayt o’ziga avvalgiga nisbatan ko’proq yangi tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi, deb ishonaman. Eng asosiysi, hozirgi belgilangan 500 kishilik standart tashrif buyuruvchilar soni ko’rsatkichi bir oylik non-stop bloggingdan so’ng qanday o’zgarishini bilib olaman.

14 – avgust – 2015

12 – sentyabr – 2015

Hozirgi kunga qadar 3 kundan ortiq ketma-ketlikda yangi maqolalar kiritmaganman. Asosiy ishimdan vaqt ajratib saytga har kuni 2 tadan yangi maqola kiritaman, deb sayt foydalanuvchilariga katta va’da berib yubormadim degan umiddaman 🙂 30 kun davomida har kuni rejalashtirilgan 2 ta yangi maqolani yozib, kelajakda saytimni yanada faollashtirish uchun foydali bo’ladigan yangi maqolalar yozish ko’nikmasini shakllantira olishimga ishonaman.

Ushbu tajribaviy, sinov harakati nafaqat menga, balki o’z shaxsiy saytiga ega bo’lgan har qanday kishi uchun albatta qiziq bo’ladi. Bu tajriba orqali saytga doimiy yangi ma’lumotlar kiritib borish uning muvaffaqiyatini qay darajada belgilashini shaxsan o’zimga ham, boshqa bloggerlarga ham ko’rsatib bermoqchiman.

30 kun. 60 ta maqola. 500 kishilik tashrif buyuruvchilar sonidan boshlangan traffik. Xudo nasib etsa 30 kundan keyin ko’rsatkichlarni qayta hisob-kitob qilamiz. Boshladik!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. Azamat Aka, manimcha gap bu yerda sizning qancha maqola kiritishingizda emas. Gap sizni saytingizni qancha odam bilishida. Ho’p ular soni 500 ta ekan. Siz har kuni yangi maqola qo’shsangiz saytingiz ma’lumotlari boyiydi, foydalanuvchilar tashrifi emas. Saytingiz haqida ko’proq odamga ma’lum qilish uchun manimcha baribir ma’lum bir summa dan vos kechgan holda blogingizni mashhur saytlarda reklama qilishingiz kerak. Saytingiz juda qiziqarli, o’ylaymanki reklama berganingizdan keyin saytingizga o’tgan yangi foydalanuvchilar albatta qaytib kelishadi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*