21 ta vaqtni tejovchi WordPress shortcutlari

Tizimni sichqoncha orqali boshqarish klaviatura orqali boshqarishga nisbatan ko’proq vaqt olishi mumkin. Shunday ekan, WordPressdagi ba’zi klaviature orqali boshqarish yo’llari, ya’ni shortcutlar («shortcut» – «qisqa yo’l») haqida bilib qo’ysak zarar qilmaydi.
Vizual matn muharriridan foydalanganda quyidagi shortcutlarni ishlatishingiz mumkin:
- Ctrl + b = qalin yozuv
- Ctrl + i = egri yozuv
- Ctrl + c = nusxa olish
- Ctrl + v = qo’yish
- Ctrl + x = kesib olish
- Ctrl + a = barchasini belgilash
- Ctrl + z = bekor qilish
- Ctrl + y = qayta bajarish
- Ctrl + [number] = sarlavha hajmi, masalan CTRL+1 = <h1>, CTRL+2 = <h2>.
- Alt + Shift + n = imloni tekshirish
- Alt + Shift + l = chapga tekislash
- Alt + Shift + j = matn ikki tomonini tekislash
- Alt + Shift + c = o’ngga tekislash
- Alt + Shift + d = ustidan chizish
- Alt + Shift + r = o’ngga tekislash
- Alt + Shift + u = tartiblanmagan ro’yxat
- Alt + Shift + a = link kiritish
- Alt + Shift + o = raqamlangan ro’yxat
- Alt + Shift + s = linkni o’chirish
- Alt + Shift + q = iqtibos
- Alt + Shift + m = rasm kiritish
- Alt + Shift + w = butun ekranda chalg’ituvlarsiz yozish muharriri
- Alt + Shift + t = «more…» tegini kiritish
- Alt + Shift + p = yangi qator tegini kiritish
- Alt + Shift + h = matn formatlari muharriri yordami
Oddiy matn muharririda esa quyidagi shortcutlar foydali bo’lishi mumkin:
- Ctrl + c = nusxa olish
- Ctrl + v = qo’yish
- Ctrl + x = kesib olish
- Ctrl + z = bekor qilish
- Ctrl + y = qayta bajarish
- Ctrl + p = chop etish (printerda)
- Alt + Shift + p = chop etish (saytda)
- Alt + Shift + f = butun ekranda chalg’ituvlarsiz yozish muharriri
Maqolalarga bildirilgan fikrlarni boshqarish sahifasida ishlatilishi mumkin bo’lgan shortcutlar:
- J = keyingi fikr
- K = avvalgi fikr
- A = fikrni tasdiqlash
- U = fikrni tasdiqlamaslik
- D = o’chirish
- R = fikrga javob qaytarish
- Q = fikrni tahrirlash
- Z = o’chirilgan fikrni tiklash
Belgilab olingan bir necha fikrlar ustida esa mana bu shortcutlar bilan quyidagicha amaliyotlar bajarish mumkin:
- Shift + A = belgilangan fikrlarni tasdiqlash
- Shift + D = belgilangan fikrlarni o’chirish (tiklab bo’lmaydi)
- Shift + U = belgilangan fikrlarni tasdiqlamaslik
- Shift + T = belgilangan fikrlarni o’chirish (tiklab bo’ladi)
- Shift + Z = belgilangan o’chirilgan fikrlarni tiklash
Vaqtingizning qadriga yeting va tizim bilan ishlayotganda shortcutlardan unumli foydalaning!
WordPress huddi MSWord dasturiga o`xshaydi. Deyarli huddi o`zi. MSWord dagi funksiyalar WordPress da ham mavjud
Salom Azamat aka .zn da bitta faylni qancha marotaba o`qiganligini bilsa bo`ladimi ?
Afsuski o’zingiz plagin yoki shablon o’rnatmaguningizcha buni bila olmaysiz. ZNda bu erkinlik yo’q.
Buning aslo iloji yo`q. Zn.Uz hodimlari aslo bunaqa narsaga erkinlikni berib ham qo`ymaydi. Men buni javobini eshitganimda hayratdan lol qolganman. Zn.uz da hattoki oddiy XML ko`dga ham erkinlik yo`q. Menga berilgan javobda esa bunday narsalar serverga og`irlik tushurishi haqida edi.
Hayron qolaman oddiy HTML ko`d ammo uni yozishingiz bilan shifrofkalanib saytga kodning o`zi chiqib qoladi