Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

10 ta pul keltiradigan sayt g’oyalari

10 ta pul keltiradigan sayt g’oyalari

Qanday sayt ochsam saytim orqali pul ishlashim mumkin? Bu savolni Siz ham o’zingizga berayotgan bo’lishingiz mumkin. Sayt orqali pul topish usullari juda ko’p. Eng asosiysi, saytni yaxshi tayyorlash. Yaxshi saytning tayyorlanishi esa, albatta, sayt g’oyasining paydo bo’lishidan boshlanadi.

Sayt g’oyasi nima? Saytning g’oyasi «Sayt nima haqida?», «Bu mavzu qanchalik dolzarb?» va «Bu mavzuga yo’naltirilgan sayt orqali qanday qilib pul topish mumkin?» savollari javoblarini o’zida mujassamlashtiradi. Agar bir yo’nalishda sayt tayyorlashni rejalashtirsangiz-u, yuqoridagi uchta asosiy savolga javob topa olsangiz, demak saytingiz orqali pul ishlab topishni bugundan boshlashingiz mumkin!

Ko’pchilik «Saytim orqali qanday qilib pul topsam bo’ladi?», degan savolni o’zidan ham, boshqalardan ham ko’p bora so’rashadi. Ammo bu savolga faqat o’zlari javob berishlari kerakligini anglab yetishmaydi. Sayt Sizniki, u orqali qanday qilib pul topish ham faqat Sizning o’zingizga bog’liq. Agar Facebook, yoki Odnoklassniki sayti asoschilari saytni tayyorlashdan avval «Qanday qilib saytim orqali pul topishim mumkin?», deb atrofdagilardan so’rab yurishganda, ular hozirgacha ham ko’p daromad keltiradigan, bir kunda milliardlab dollar pul aylanmasiga ega bo’lgan saytni yarata olishmagan bo’lar edi. Ular savolni o’zlariga berishdi. O’ylab ko’rishdi. Fikrlashdi va o’z tasavvurlaridagi saytni yarata olishdi.

Pul keltiradigan sayt borasida fikrlay olmaysizmi? U holda sayt ochish Siz uchun emas. Hafa bo’lmang, ammo faqat tasavvuri keng, yaratuvchan va ijodkorlik qobiliyatiga ega bo’lgan kishilargina sayti orqali haqiqiy foyda olishlari mumkin. Siz bunday kishilar toifasidan emasmisiz? Yaxshisi qobiliyatingiz doirasida ish ko’ring.

Agar sayt orqali pul topish sohasida oz bo’lsa-da qobiliyatingiz borligiga ishonsangiz, hech qachon orzu va harakat qilishdan to’xtamang! Tasavvuringizni kengaytiring. Kuzating, fikrlang! Shunda Siz ham vaqti kelib milliardlab foyda keltiradigan saytning asosichisiga aylanishingiz mumkin.

Yana sayt g’oyasiga qaytamiz. Saytning g’oyasi hamma narsadan oldin: domen olish, hosting topish va hatto saytni tayyorlashga kirishishdan oldin paydo bo’lishi kerak. Qanday sayt tayyorlashingiz haqida aniq tasavvurga ega bo’lganingizdan keyingina u orqali qanday pul topish mumkinligini ko’ra olishingiz mumkin bo’ladi. Shunday sayt g’oyasini yaratingki, bunaqa sayt avval ochilmagan bo’lsin! Million Dollarli Sahifa sayti bunga yorqin misol. Agar Siz o’ylayotgan sayt g’oyasi avval boshqa tilda, boshqa davlatda ochilgan bo’lsa – tashvishlanmang! Shu mavzu asosida sayt yoki xizmatning O’zbekistondagi turini yaratishingiz mumkin! Mavjud sayt g’oyasiga qo’shimchalar kiritish orqali ma’lum hudud, odamlar va davrga moslashtirilgan, butunlay yangicha tasavvur kashf etadigan sayt tayyorlash mumkin.

Sayt g’oyasining antiqaligini ham unutib qo’ymang. Saytingiz g’oyasi kutilmagan, hech kimning tasavvuriga kelmagan bo’lishi kerak. Masalan, Online Qabriston sayti mavjud. Bu sayt orqali ma’lum bir hududdagi qabristonlar ichidan o’zingizga kerakli bo’lgan qabrni topishingiz mumkin. Topilgan qabrga «virtual gul» qo’yishingiz ham mumkin. Hatto to’lov asosida sayt tashkilotchilari buyurtma berilgan qabrni ziyorat qilishga borishib, u joylashgan hududning tozaligi haqida ham Siz uchun qayg’urishlari mumkin. Jahon Urushi davrida qabrlari boshqa davlatlarda qolib ketgan kishilarning qarindosh-urug’lari shu sayt xizmatlari asosida o’z yaqinlarini internet orqali «ziyorat» qilib turishadi. Mana Sizga kutilmagan va antiqa sayt!

Aytilganlardan tashqari, sayt mazmuni dolzarb bo’lishi kerak. Agar hech kim qiziqmaydigan, hech kimga keraksiz narsalar haqida sayt yaratsangiz, bu sayt mazmunan dolzarb bo’lmaydi, natijada unga hech kim kirmaydi va saytingiz Sizga daromad keltirmaydi. Atrofga qarang. Zamonga boqing. Hozir odamlarga nima kerak? Zamon talabi nima? Internetda O’zbekiston foydalanuvchilari kutayotgan, izlayotgan qanday xizmat yo’q? Agar shu savollarning aniq javobini topa olsangiz, kattagina foyda keltiradigan sayt tashqil qilishingiz mumkin.

Shaxsan o’zim internet orqali pul topish sohasini ko’p o’rganganman. Hozrigacha ham daromad keltiradigan sayt g’oyalarini yaratish, izlab topish ustida ko’p ishlayman. Quyida o’z ijodkoriga katta foyda keltirishi mumkin bo’lgan 10 ta eng yaxshi, deb hisoblagan sayt g’oyalarini e’tiboringizga havola etmoqchiman. Bu g’oyalar hozircha .UZ saytlari tomonidan amalga oshirilmagan. Ammo agar bunday saytlar yaratilsa, sayt orqali juda katta pul ishlab olish imkoni paydo bo’lishi mumkin. Demak, boshladik!

1. MAQOLA UCHUN PUL TO’LANADIGAN SAYT. Sayt xizmatining mazmuni quyidagicha: oddiy foydalanuvchilar saytga a’zo bo’lishadi, o’z login paroli bilan saytga kirishadi va profillarini to’liq rasmiylashtirishadi. Profilga ma’lumotlar, foydalanuvchi rasmi, manzil, rekvizitlar va boshqa kerakli ma’lumotlar to’liq kiritilgandan so’ng profil aktivlashtiriladi va shu foydalanuvchi saytga o’zi istagan yo’nalishda maqola yozishni boshlaydi. Har 100 ta maqolaga sayt tomonidan ma’lum miqdorda pul to’lanadi. Masalan, 100 ta maqolaga 100 ming so’m! Maqola yozish orqali pul ishlab topishni xohlovchilar saytga bir-biridan qiziq maqolalar kiritishadi va xizmatlariga yarasha haq olishadi. O’lchovni boshqacha qilib o’rnatish ham mumkin: har 100 ta maqolaga to’lov emas, balki har bir maqola ma’lum marta o’qilsa, ma’lum miqdorda pul to’lanadi. Masalan, bir maqola ming marta o’qilsa muallifga ming so’m to’lanadi. Mualliflar o’z balanslarini profillarida kuzatib borishlari imkoni yaratiladi.

Bundan sayt egasiga nima foyda? Sayt egasi deyarli hech qanday ish bajarmaydi, faqat yozilgan maqolalarni tasdiqlab, saytga chiqaradi. Saytga Google Adsense yoki Yandex.Direct reklamalari joylashtiriladi. Agar bir kunda kamida 40-50 ta maqola kiritilaversa, saytning reklamadan oladigan daromadi bir kunda tahminan 300 dollargacha yetishi mumkin. Natijada reklamadan kelayotgan daromad maqolalar uchun to’lanayotgan xarajatni ham qoblaydi, yaxshigina daromad ham keltiradi.

2. ONLINE REPETITOR. Bunaqa xizmat hozircha O’zbekistonda yo’lga qo’yilmagan, ammo Angliyada bor. Sayt quyidagi tartibda ishlaydi: mustaqil o’rgatuvchi (repetitor)lar saytga a’zo bo’lishadi va belgilangan fandan maqola, webinar-dars, video dars yoki boshqa narsalarni tayyorlab saytga chiqarishadi. Har bir repetitor o’z fani yuzasidan sayt foydalanuvchilarining savollariga bepul javob berishadi. Chiqarilgan ma’lumotlar asosida sayt orqali ma’lum bir fanni o’rganish bepul. Turli fanlardan ilm olishni xohlovchilar saytga har kuni tashrif buyuradigan bo’lishadi. Bepul o’rganish sayti juda mashxur bo’lib ketadi va sayt foydalanuvchilari soni rekord darajaga yetadi.

Bundan repetitorlarga nima foyda? Saytga eng yaxshi darslar kiritgan repetitorlar mashxurlik qozonishadi. Ularning manzillari, o’quv kurslarining reklamasi profillarida joylashtiriladi. Bundan tashqari 1-g’oyada keltirilgan tartib asosida dars qo’shgan repetitorlarga ma’lum miqdorda to’lov, yoki boshqa turdagi rag’batlantirish berish mumkin.

Sayt egasiga nima foyda? Bunday saytni tashkillashtirgan kishi saytga reklamalar qo’yish orqali katta foyda ko’rishi mumkin. O’quv kurslari bilan hamkorlikda ularning reklamalarini joylashtirish, o’quv qo’llanmalarning online savdosini yo’lga qo’yish mumkin.

Maqolaning davomini o’qish uchun keyingi sahifaga o’ting!

3. «YOQDI-YOQMADI» O’YINI SAYTI. Saytga kirgan foydalanuvchiga ikkitadan rasm ko’rsatiladi va rasmlarning pastki yoki yuqori qismida «YOQDI!» va «YOQMADI!» tugmalari ko’rsatiladi. Qaysi rasmga «yoqdi» tugmasi bosilsa, shu rasm reytingi ko’tariladi va keyingi rasmga avtomatik tarzda «yoqmadi» maqomi berilib, rasm reytingi tushiriladi. Rasmlarda qo’shiqchilar bo’lishi mumkin. Yoki, agar sayt juda jiddiylashsa, ikki hil kompaniyani qo’yib foydalanuvchilarning ovoz berishlarini ta’minlash ham mumkin. Masalan, Nokia va Samsung.

Sayt egasiga bunday saytdan nima foyda? Bu ko’ngilochar sayt ko’p foydalanuvchilarni jalb qiladi. Saytga reklama joylashtirish orqali ko’p pul ishlab olish mumkin.

4. ONLINE VIRTUAL SHAHAR SAYTI. Masalan, Andijon shahrining virtual nusxasini yaratish mumkin. Bunda shahardagi barcha muassasalar, idoralar, tashkilotlar joylashuvlari, dorixonalar hatto restoran va kichik kafelargacha yozib chiqiladi. Ularning har biriga alohida kichik sahifa ajratsa ham bo’ladi. Bunday sayt foydalanuvchilarga qaysi tashkilot qayerdaligini topib berishi bilan birga muassasalar haqida ma’lumot ham beradi. To’g’ri, sayt tayyorlash jarayoni qiyin bo’ladi, chunki ko’p ma’lumot yig’ishga to’g’ri keladi. Ammo sayt shahar hududida juda mashxur bo’lishi aniq.

Saytdan nima foyda? Masalan, saytda shaharda joylashgan restoranlar reytingi chiqariladi va foydalanuvchilar restoranlarga ovoz berishadi. Eng ko’p ovoz olgan restoran birinchi o’ringa chiqariladi. Bundan tashqari restoranlarning VIP statusi joriy etiladi. Xohlagan restoran saytga pul o’tkazish orqali VIP status olishi va ovoz berishlaridan qat’iy nazar saytning birinchilari qatorida turish huquqiga ega bo’ladi. Agar sayt shu darajada mashxur bo’lib ketsa, shahardagi restoranlar VIP status olishga qiziqishadi va shu yo’l bilan ko’p yangi mijozlarni o’zlariga jalb qilishadi. Kafe, dorixona va hatto oddiy maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalarini ham huddi shunday statuslar asosida reytingini yaratish mumkin.

5. CHAT SAYT. Ishonish juda qiyin, lekin hozirgacha O’zbekistonda arzirli chat sayt ochilmagan. www.chatiw.com saytiga kirib ko’ring. Mana buni chat desa bo’ladi! IRC chatlaridan hamma zerikdi. Yaxshi chat sayt orqali ko’p foydalanuvchilarni jalb qilish va reklama yordamida katta pul ishlab olish mumkin!

6. INTERNET REKLAMASI TIZIMI SAYTI. To’g’ri, www.sir.uz sayti bu vazifani juda yaxshi eplayotgan edi, ammo negadir sayt o’z faoliyatini butunlay to’xtatib qo’ydi. SIR saytidan boshqasini bilmayman. Hozir saytlar ko’payayapti, webmasterlar sayti orqali pul ishlab topishni xohlashayapti. Faqat TAS-IX tizimidagi saytlarni qabul qilib, reklamalarni saytda ko’rsatish orqali pul topishga imkon yaratib beradigan saytni tashkil qilish juda katta foyda keltirishi mumkin!

7. SAVOL-JAVOB SAYT. O’zimda bir necha yillar avval Javoblar.uz sayti bor edi. Unda hozirgi Ask.Ulugov.Uz tizimiga o’xshash savol-javob tizimini yaratmoqchi edim. Ammo asosiy ishlarimdan ortib javoblar saytiga vaqt ajrata olmaganligim sababli loyiha butunlay to’xtatilgandi. Huddi www.answers.com yoki Yahoo! Answers saytlariga o’xshash tizimda ishlaydigan katta savol-javob saytini tashkil qilishni maslahat beraman. Bunday saytda foydalanuvchilar ko’p bo’ladi va sayt tez orada mashxur bo’lib ketishi mumkin.

8. O’Z MAHSULOTINGIZNI SOTING. Bundan osonroq ish bo’lmasa kerak! Nimaga qiziqasiz? Ijodingiz yordamida nima yashasni yoki tayyorlashni bilasiz? Balki biz bilmaydigan qaysidir sohani o’rgata olarsiz? Qobiliyatingizni ishga soling va saytingiz orqali o’zingiz tomoningizdan tayyorlangan mahsulot, san’at asari, qo’llanma yoki boshqa biror foydali narsani soting! Birinchi marta o’ylab ko’rilganda juda oddiy va foyda keltirishi amri mahol bo’lib ko’ringa bu g’oya ko’p chet mamlakatlarda sinovdan o’tgan. Siz o’ylaganingizdan ko’ra ko’proq narsaga qodirsiz!

9. TAVSIYA QILISH SAYTI. Foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tib, o’zlari xohlagan narsa/mahsulot haqida so’rashadi. Boshqalar ham huddi shu usulda saytga kirib «Men shu narsani sotib olishingizni tavsiya qilaman» deydi, yoki «Tavsiya qilmayman» deyish orqali ma’lum bir mahsulotga fikr bildiradi. Mahsulotlar bilan bir qatorda ko’rsatiladigan xizmatlar ham kataloglarga kiritilishi mumkin. Hozirda bu turdagi saytga juda o’xshash, ammo faqat hosting bilan cheklanib qolgan www.hosting-obzor.uz sayti mavjud. G’oyani kengaytirib, tavsiya qilish sayti yordamida ko’p ishlarni qilsa bo’ladi.

Bunday saytdan nima foyda? Ma’lum mahsulot ishlab chiqaruchilari e’tiborini tortadigan darajada sayt mashxurligiga erishilsa, ular yordamida turli yo’llar bilan katta miqdorda pul ishlab olishni yo’lga qo’yish mumkin. Masalan, mahsulotlarga VIP status berish, «ishlab chiqaruvchi javobi» maqomini berish va boshqalar.

10. MOBIL TANISHUV. Hozir hammada uyali aloqa vositalari bor. Faqat mobil telefon raqami asosida ro’yxatdan o’tib (huddi WhatsAppdagidek), muloqot qilinadigan tanishuv saytini tashkil qilish mumkin. Oddiy tanishuv saytlaridan bu turdagi tanishuv saytini farqi ovozli xabarlar yuborish imkoniyati, raqam asosida topish bo’lishi mumkin. Mobil tanishuv sayti katta mashxurlik qozonsa saytga to’lov asosida ro’yxatdan o’tish, foydalanuvchilar telefon raqamini to’lov asosida ko’rish kabi bir necha xizmatlar yordamida katta daromad olsa bo’ladi.

Nima bo’lganda ham, qanday sayt tayyorlanishidan qat’iy nazar saytdan amaliy foyda bo’lishi kerak. Faqat «YUKLAB OL!!!» deydigan universal portallardan hamma zerikib bo’ldi. Iltimos, kino, musiqa, klip yuklab olishga yo’naltirilgan yana bitta sayt klonini yaratmang. Hech qaysiga o’xshamaydigan, original va yagona sayt g’oyasi asosida katta foyda keltiradigan, hamma uchun foydali bo’lgan sayt yarating!

10 ta pul keltiradigan sayt g’oyalari” maqolasida 35 fikr

  1. Dilshod

    Salom Azamat aka agar saytning muhlislari ko’p bo’lsa sayt egasiga pul to’lanadimi? Masalan sizni satizga o’xshaganiga

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Saytning foydalanuvchilari, saytga tashrif buyuruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, saytga reklamalar orqali shunchalik ko’p pul tushadi. Misol uchun bir kunda bir million kishi kiradigan saytlar juda juda juda katta daromad oladi. Hatto ularning daromadini bir kunda millionlab dollarga tenglashtirish mumkin.

      Javob berish

        1. Azamat Xodjakov

          Reklamaning ham juda ko’p turlari bor. Masalan, Adsense reklamalaridan tashqari rus tarmog’i reklamalari, bundan tashqari mahsus shartnoma asosida reklamalar joylashtirish mumkin.

          Javob berish

          1. Dilshod

            men saytimni yaratsam unga reklamalar joylashtirmasam menga umuman pul kelmaydimi

          2. Azamat Xodjakov

            Saytningiz yetarlicha mashxur bo’lib, unga ko’plab foydalanuvchilar har kuni kirishsa reklama orqali juda katta pul ishlab olasiz.

  2. MuhammadSolih

    online repetiter juda zo’r goya lekin uni boshlash uchun kattaroq pul kiritishi kerak bo’ladimi deb o’ylayman

    Javob berish

  3. MuhammadSolih

    Azamat aka masalan tanishiv va shuhbat sayti o’zbekistonda ommalashib ketishi mumkinmi
    masalan muloqot uz satiga o’xshash.
    bu saytni o’ziham u darajada ommalashib zor bo’p ketmagan
    shunaqa sayt …… .uz domenida yahshiroqmi yoki ….. .ru domenidami ?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Domenning ahamiyati yo’q, RU bo’lsa ham, UZ bo’lsa ham, yaxshi sayt bo’lsa, arzirli ma’lumotlari bo’lsa u albatta ommalashadi!

      Javob berish

  4. Sanjarbek

    Salom Azamat aka, Men http://ask.ulugov.uz/ ga o`xshagan savol javob sayti ochmoqchi edim. Sayt ochishga tajribam yetarli deb o`ylayman, meni o`ylantirayotgan narsa qandey qilib uni rivojlantirish, Faqat pulga reklama qo`ydirib, rivojlantiramanmi ? Yoki boshqa reklamani samarali usullari bormi ? Javob uchun oldindan rahmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Agar reklamani hisobga olmasak, qidiruv mashinalarida sayt ma’lumotlaring paydo bo’lishi saytni mashxur qiluvchi eng yaxshi omillardan biri hisoblanadi.
      Saytingiz ma’lumotlari asosan Google qidiruvida, undan keyin Yandex, Yahoo, Bing va boshqa qidiruv mashinalarida oson topilishiga erishing. Shunda qidiruvchilar o’zlari saytingizdagi ma’lumotlarni topib olishadi. Google AdWords bilan ishlang.

      Javob berish

    1. Azamat Khodjakov

      Ha, deyarli tayyor. Saytimning inglizcha va ruscha versiyalarini yuqori o’ng tomondagi bayroqchalarni bosib ko’rishingiz mumkin. Ularga ma’lumot kiritganimdan so’ng AdSense reklamalarini joylashtiraman.

      Javob berish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan