Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / 10 ta pul keltiradigan sayt g’oyalari

10 ta pul keltiradigan sayt g’oyalari

Qanday sayt ochsam saytim orqali pul ishlashim mumkin? Bu savolni Siz ham o’zingizga berayotgan bo’lishingiz mumkin. Sayt orqali pul topish usullari juda ko’p. Eng asosiysi, saytni yaxshi tayyorlash. Yaxshi saytning tayyorlanishi esa, albatta, sayt g’oyasining paydo bo’lishidan boshlanadi.

Sayt g’oyasi nima? Saytning g’oyasi «Sayt nima haqida?», «Bu mavzu qanchalik dolzarb?» va «Bu mavzuga yo’naltirilgan sayt orqali qanday qilib pul topish mumkin?» savollari javoblarini o’zida mujassamlashtiradi. Agar bir yo’nalishda sayt tayyorlashni rejalashtirsangiz-u, yuqoridagi uchta asosiy savolga javob topa olsangiz, demak saytingiz orqali pul ishlab topishni bugundan boshlashingiz mumkin!

Ko’pchilik «Saytim orqali qanday qilib pul topsam bo’ladi?», degan savolni o’zidan ham, boshqalardan ham ko’p bora so’rashadi. Ammo bu savolga faqat o’zlari javob berishlari kerakligini anglab yetishmaydi. Sayt Sizniki, u orqali qanday qilib pul topish ham faqat Sizning o’zingizga bog’liq. Agar Facebook, yoki Odnoklassniki sayti asoschilari saytni tayyorlashdan avval «Qanday qilib saytim orqali pul topishim mumkin?», deb atrofdagilardan so’rab yurishganda, ular hozirgacha ham ko’p daromad keltiradigan, bir kunda milliardlab dollar pul aylanmasiga ega bo’lgan saytni yarata olishmagan bo’lar edi. Ular savolni o’zlariga berishdi. O’ylab ko’rishdi. Fikrlashdi va o’z tasavvurlaridagi saytni yarata olishdi.

Pul keltiradigan sayt borasida fikrlay olmaysizmi? U holda sayt ochish Siz uchun emas. Hafa bo’lmang, ammo faqat tasavvuri keng, yaratuvchan va ijodkorlik qobiliyatiga ega bo’lgan kishilargina sayti orqali haqiqiy foyda olishlari mumkin. Siz bunday kishilar toifasidan emasmisiz? Yaxshisi qobiliyatingiz doirasida ish ko’ring.

Agar sayt orqali pul topish sohasida oz bo’lsa-da qobiliyatingiz borligiga ishonsangiz, hech qachon orzu va harakat qilishdan to’xtamang! Tasavvuringizni kengaytiring. Kuzating, fikrlang! Shunda Siz ham vaqti kelib milliardlab foyda keltiradigan saytning asosichisiga aylanishingiz mumkin.

Yana sayt g’oyasiga qaytamiz. Saytning g’oyasi hamma narsadan oldin: domen olish, hosting topish va hatto saytni tayyorlashga kirishishdan oldin paydo bo’lishi kerak. Qanday sayt tayyorlashingiz haqida aniq tasavvurga ega bo’lganingizdan keyingina u orqali qanday pul topish mumkinligini ko’ra olishingiz mumkin bo’ladi. Shunday sayt g’oyasini yaratingki, bunaqa sayt avval ochilmagan bo’lsin! Million Dollarli Sahifa sayti bunga yorqin misol. Agar Siz o’ylayotgan sayt g’oyasi avval boshqa tilda, boshqa davlatda ochilgan bo’lsa – tashvishlanmang! Shu mavzu asosida sayt yoki xizmatning O’zbekistondagi turini yaratishingiz mumkin! Mavjud sayt g’oyasiga qo’shimchalar kiritish orqali ma’lum hudud, odamlar va davrga moslashtirilgan, butunlay yangicha tasavvur kashf etadigan sayt tayyorlash mumkin.

Sayt g’oyasining antiqaligini ham unutib qo’ymang. Saytingiz g’oyasi kutilmagan, hech kimning tasavvuriga kelmagan bo’lishi kerak. Masalan, Online Qabriston sayti mavjud. Bu sayt orqali ma’lum bir hududdagi qabristonlar ichidan o’zingizga kerakli bo’lgan qabrni topishingiz mumkin. Topilgan qabrga «virtual gul» qo’yishingiz ham mumkin. Hatto to’lov asosida sayt tashkilotchilari buyurtma berilgan qabrni ziyorat qilishga borishib, u joylashgan hududning tozaligi haqida ham Siz uchun qayg’urishlari mumkin. Jahon Urushi davrida qabrlari boshqa davlatlarda qolib ketgan kishilarning qarindosh-urug’lari shu sayt xizmatlari asosida o’z yaqinlarini internet orqali «ziyorat» qilib turishadi. Mana Sizga kutilmagan va antiqa sayt!

Aytilganlardan tashqari, sayt mazmuni dolzarb bo’lishi kerak. Agar hech kim qiziqmaydigan, hech kimga keraksiz narsalar haqida sayt yaratsangiz, bu sayt mazmunan dolzarb bo’lmaydi, natijada unga hech kim kirmaydi va saytingiz Sizga daromad keltirmaydi. Atrofga qarang. Zamonga boqing. Hozir odamlarga nima kerak? Zamon talabi nima? Internetda O’zbekiston foydalanuvchilari kutayotgan, izlayotgan qanday xizmat yo’q? Agar shu savollarning aniq javobini topa olsangiz, kattagina foyda keltiradigan sayt tashqil qilishingiz mumkin.

Shaxsan o’zim internet orqali pul topish sohasini ko’p o’rganganman. Hozrigacha ham daromad keltiradigan sayt g’oyalarini yaratish, izlab topish ustida ko’p ishlayman. Quyida o’z ijodkoriga katta foyda keltirishi mumkin bo’lgan 10 ta eng yaxshi, deb hisoblagan sayt g’oyalarini e’tiboringizga havola etmoqchiman. Bu g’oyalar hozircha .UZ saytlari tomonidan amalga oshirilmagan. Ammo agar bunday saytlar yaratilsa, sayt orqali juda katta pul ishlab olish imkoni paydo bo’lishi mumkin. Demak, boshladik!

1. MAQOLA UCHUN PUL TO’LANADIGAN SAYT. Sayt xizmatining mazmuni quyidagicha: oddiy foydalanuvchilar saytga a’zo bo’lishadi, o’z login paroli bilan saytga kirishadi va profillarini to’liq rasmiylashtirishadi. Profilga ma’lumotlar, foydalanuvchi rasmi, manzil, rekvizitlar va boshqa kerakli ma’lumotlar to’liq kiritilgandan so’ng profil aktivlashtiriladi va shu foydalanuvchi saytga o’zi istagan yo’nalishda maqola yozishni boshlaydi. Har 100 ta maqolaga sayt tomonidan ma’lum miqdorda pul to’lanadi. Masalan, 100 ta maqolaga 100 ming so’m! Maqola yozish orqali pul ishlab topishni xohlovchilar saytga bir-biridan qiziq maqolalar kiritishadi va xizmatlariga yarasha haq olishadi. O’lchovni boshqacha qilib o’rnatish ham mumkin: har 100 ta maqolaga to’lov emas, balki har bir maqola ma’lum marta o’qilsa, ma’lum miqdorda pul to’lanadi. Masalan, bir maqola ming marta o’qilsa muallifga ming so’m to’lanadi. Mualliflar o’z balanslarini profillarida kuzatib borishlari imkoni yaratiladi.

Bundan sayt egasiga nima foyda? Sayt egasi deyarli hech qanday ish bajarmaydi, faqat yozilgan maqolalarni tasdiqlab, saytga chiqaradi. Saytga Google Adsense yoki Yandex.Direct reklamalari joylashtiriladi. Agar bir kunda kamida 40-50 ta maqola kiritilaversa, saytning reklamadan oladigan daromadi bir kunda tahminan 300 dollargacha yetishi mumkin. Natijada reklamadan kelayotgan daromad maqolalar uchun to’lanayotgan xarajatni ham qoblaydi, yaxshigina daromad ham keltiradi.

2. ONLINE REPETITOR. Bunaqa xizmat hozircha O’zbekistonda yo’lga qo’yilmagan, ammo Angliyada bor. Sayt quyidagi tartibda ishlaydi: mustaqil o’rgatuvchi (repetitor)lar saytga a’zo bo’lishadi va belgilangan fandan maqola, webinar-dars, video dars yoki boshqa narsalarni tayyorlab saytga chiqarishadi. Har bir repetitor o’z fani yuzasidan sayt foydalanuvchilarining savollariga bepul javob berishadi. Chiqarilgan ma’lumotlar asosida sayt orqali ma’lum bir fanni o’rganish bepul. Turli fanlardan ilm olishni xohlovchilar saytga har kuni tashrif buyuradigan bo’lishadi. Bepul o’rganish sayti juda mashxur bo’lib ketadi va sayt foydalanuvchilari soni rekord darajaga yetadi.

Bundan repetitorlarga nima foyda? Saytga eng yaxshi darslar kiritgan repetitorlar mashxurlik qozonishadi. Ularning manzillari, o’quv kurslarining reklamasi profillarida joylashtiriladi. Bundan tashqari 1-g’oyada keltirilgan tartib asosida dars qo’shgan repetitorlarga ma’lum miqdorda to’lov, yoki boshqa turdagi rag’batlantirish berish mumkin.

Sayt egasiga nima foyda? Bunday saytni tashkillashtirgan kishi saytga reklamalar qo’yish orqali katta foyda ko’rishi mumkin. O’quv kurslari bilan hamkorlikda ularning reklamalarini joylashtirish, o’quv qo’llanmalarning online savdosini yo’lga qo’yish mumkin.

Maqolaning davomini o’qish uchun keyingi sahifaga o’ting!

Abituriyentlar uchun test formulalari

32 ta fikr

  1. Assalomu alaykum Azamat aka ! Menda bir savol bor edi. Sayt ochsak , keyin google adsense yoki yandex.direct ga ulash mumkinmi? Eshitishimcha ular uzbek tilidagi saytlarni tasdiqdan o’tkazmas ekan.

  2. Tanishuv saytini ochish uchun Jismoniy yoki yuridik shaxs bo’lish kerakmi?

  3. Mana bu yerda saytning bir kunlik daromadi kltirilgan. Bu nimani hisobiga tushuntirib bering iltimos.
    http://liveseo.uz/seo/site/onlayn.uz

  4. Zo’r… g’oyalarga auniqsa gap yo’q… raxmat oka…

  5. Agar o’zbek tilidagi sayt Google AdSense yoki yandex directda tasdiqlanmasa Unda bu saytlar nimadan daromad ko’radi?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*