Yii2 WordPress Web dasturlash Video dars Startap Shaxsiy rivojlanish SEO Sayt tayyorlash Qanday qilib Laravel Internetda pul ishlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili IELTS

10 ta eng yaxshi bepul hosting provayderlar

10 ta eng yaxshi bepul hosting provayderlar

Zamonaviy sayt tayyorlash tijorati ijtimoiy tarmoqlar va bulut texnologiyasi sari jadal qadam tashlayotgan bo’lsa ham, bugungi kunda odatiy web saytlar hostinggiga bo’lgan talab yuqori darajada bo’lganicha qolmoqda. Chunki odatiy hosting xizmati foydalanuvchilaga saytlarini to’liq boshidan qurish imkoni bilan birga sayt quruvchisi (site builder), avto o’rnatgich (auto installer) va boshqa ko’plab qulay imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Bu imkoniyatlar deyarli barcha hosting provayderlarda bor. Pulli hosting xizmatlari bilan bir qatorda bepul hosting provayderlarda ham talaygina qulay jihatlarni topishimiz mumkin.

Ushbu maqolada bugungi kunda eng yuqori sifat bilan ishlayotgan 10 ta bepul hosting provayderlari haqida yozmoqchiman. Ular xorijda joylashgan serverlar asosida xizmat ko’rsatganligi sababli bu hostinglardan foydalanganingizda saytingiz TAS-IX tizimida bo’lmasligini eslatib o’tmoqchiman. Shunga qaramasdan Hostinger.ru hostingining O’zbekiston uchun bunda keyin bepul xizmat ko’rsatmasligini hisobga olsak, biz uchun bepul hosting provayderlar haqida bilish foydadan holi bo’lmaydi.

Ro’yxatga o’tishdan avval quyida keltirilgan ro’yxatni tavsiflash uchun ishlatiladigan ba’zi iboralar xususida to’xtalamiz:

Reklamasiz bepul hosting – bu turdagi xizmatni taklif qiluvchi provayder bepul hostingni reklamasiz Sizga taqdim etadi. Odatda bepul hosting xizmatini ko’rsatuvchi provayderlar qayerdandir foyda ko’rish maqsadida o’zida joylashtirilgan saytlarga kamida bittadan majburiy reklama joylashtirishadi. Reklamasiz bepul hostingda esa shunday majburiy reklamalar joylashtirilmaydi.

Bepul domen hostingi – bu xizmat boshqa provayderda ro’yxatga olingan domenning serverda bepul joylashtirilishini anglatadi. Masalan, menda Azamat.uz domeni bor, uni butunlay boshqa provayder orqali ro’yxatdan o’tkazganman. Bepul domen hostingi bor hostda saytimni joylashtirishim va Azamat.uz domenimni shu sayt uchun asosiy domen sifatida tayinlashim mumkin. Ba’zi bepul hostinglar bu xizmatni taklif qilmaydi, yoki pulli xizmat sifatida taklif qilishadi.

Bepul subdomen hostingi – hosting tomonidan taklif etiladigan subdomenlar asosidagi bepul hosting. Bunda provayder hostingni bepul taqdim etadi va unga joylashtiriladigan saytlarning domeni o’zidagi biror asosiy domenning subdomeni bo’lishi kerakligini talab qiladi. Bu holatni Hostinger.ru hostida ko’rganmiz: saytimiz ularning serverida bepul joylanar edi, biz esa ismimiz.besaba.com yoki ismimiz.nginx.ro kabi bepul subdomenlardan foydalanishimiz kerak bo’lar edi.

Bepul PHP/MySQL hosting – o’zida PHP va MySQL ishlatishga ruxsat beradigan hosting provayderlar xizmati. Bu turdagi hostinglarda Siz dinamik saytlaringizni hech qanday qiyinchliksiz qurishingiz mumkin bo’ladi.

Endi bepul hosting provayderlari ro’yxatiga o’tishimiz ham mumkin. Ularni tasodifiy tartibda ro’yxatga kiritdim, shunday ekan ularning ro’yxatdagi o’rni hosting provayderning sifati yoki obro’sini belgilamaydi.

1. Biz.nf (PHP, MySQL, WordPress, Joomla, Bepul .co.nf subdomen, Reklamalar yo’q);

2. Free Hosting EU (Blog / Site builder, Reklamalar yo’q, Bepul .eu.pn subdomen);

3. Wix.com (Oson sayt quruvchisi: html5, Flash, mobile, blogs, va h.k);

4. WebSiteBuilder (Minglab shablonlar, Google/mobil qurilmabop);

5. Biz.ly (Sayt va blog quruvchisi, Fotoalbom, Bepul .biz.ly subdomen);

6. AwardSpace.net (PHP, MySQL, Email yuborish, Reklamalar yo’q, Bepul subdomen);

7. Jimdo.com (Vizual sayt quruvchisi, video qo’shish, rasm yuklash, online do’kon);

8. ByetHost.com (PHP, MySQL, PHPbb, SMF, Wiki, Bepul subdomen);

9. Webs.com (Oson sayt quruvchisi, blog, formalar, so’rovnomalar, Bepul subdomen);

10. Weebly.com (Shablonlar, Drag & Drop quruvchi, Oson Blog, eCommerce).

O’zbek xalqidagi “Arzonning sho’rvasi tatimas” maqoliga qarama-qarshi ravishda bepul hostinglar ancha mazali sifatni taqdim etishi mumkin. Ammo, pulli, kavolatlangan sifatga hech narsa teng kelmaydi.

Shu o’rinda bir yildan buyon o’zim ma’qul ko’rib kelayotgan mahalliy hosting provayderim – aHost.uz hostingini O’zbekiston provayderlaridan joy izlaganlar uchun tavsiya etmoqchiman. aHost O’zbekistonning “deyarli bepul” hostingi, desam mubolag’a bo’lmaydi. 120 ming so’m evaziga bir yillik TAS-IX hosting VA .uz domenini harid qilishingiz mumkin. Aytgancha, aHost nafaqat mening, balki Hosting-Obzor.uz saytida ko’rinib turganidek, millionlab o’zbekistonliklar tanlovi hamdir!

Bepul hosting provayderlar xizmatidan foydalanib loyihalar qurishni o’rganing, saytlarni rivojlantirish, ularni yuritish bo’yicha tajribangizni oshiring. Ammo jiddiy sayt va loyihalaringizni albatta pulli hostingda rivojlantirishingizni tavsiya etaman.

10 ta eng yaxshi bepul hosting provayderlar” maqolasida 18 fikr

  1. Furqat Norboyev

    Azamat aka men yaqinda sayt qurishga kirishdim, menga yordam bersangiz juda xursand bo’lardim!
    Hostinger.ru dan foydalanib, sayt yaratmoqchi bo’lgan edim, yarata olmadim. yarim kun kutishimni aytishdi.
    Bundan boshqa bepul hosint ochsa ham bo’ladimi. qaysi joydan olsam bo’ladi.
    Wordpressni o’rnatgandan so’ng uning sturukturasi bilan tanishtirivchi birorta videolaringiz yo’qmi, bo’lsa agar qayerdan olishim
    mumkin.

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Pochta indeksi. Toshkent shahriniki 100000. Termiz shahriniki 190100. O’z shahringiz indeks kodini pochta.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

  2. Muhriddinjon

    “Sayt tayyorlash Oddiydan Murakkabgacha” Shu qo’llanmani

    wordpressda Hostinger.ru da emas boshqa bir bepul hostingda o’rnatilishini o’rgatadigan Qo’llanma yasang biz hursand bo’lardik Azamat aka!

    Javob berish

  3. ISLOMBEK OZODBOYEV

    prchecker.info/web-hosting/top-10-free-web-hosting-sites/

    Top10Although the modern Internet community is moving towards social networks and clouds, there is still some space for traditional free web hosting that enables to publish a custom web page, or custom blog, or other “manually” build website on the web at absolutely no cost.
    In this article we provide an overview of the most desirable and the best free web hosting features as well as suggest top 10 free web hosting providers that in our opinion offer the best free hosting services in terms of offered features and customer support.
    Free web hosting no ads stands for a web host service or provider that does not add any adverts (banners, pop-ups, text links, etc.) to free web pages and website that they host for free.
    Free domain hosting stands for webhost services or providers that enable clients to host their own domain names (registered at 3rd party domain registration service) on webhost’s servers at no additional cost.
    And free domain hosting can also refer to website hosts services that provide a free domain name included with their free webhosting plan.
    Free PHP MySQL hosting stands for the web page hosting service or provider that offers the popular PHP scripting and MySQL database support included with their free website hosting plan.
    In regards to the best free hosts, we can suggest to check the following list of the top 10 free hosting providers that we’d recommend to consider using to host your free web site, weblog, community forums, image gallery, etc.:
    Biz.nf (PHP, MySQL, WordPress, Joomla, Free .co.nf domain, No ads)
    Free Hosting EU (Blog / Site builder, No ads, Free .eu.pn domain)
    Wix.com (Easy Website builder: html5, Flash, mobile, blogs, etc.)
    WebSiteBuilder (1000’s templates, Google/mobile friendly, .website)
    Biz.ly (Website & Blog builder, Photo album, Free .biz.ly domain)
    AwardSpace.net (PHP, MySQL, Email Sending, No Ads, Free subdomain)
    Jimdo.com (Visual website builder, add videos, photos, shopping cart)
    ByetHost.com (PHP, MySQL, PHPbb, SMF, Wiki, Free subdomain)
    Webs.com (Easy site builder, blog, forms, polls, Free subdomain)
    Weebly.com (Themes, Drag & Drop Creator, Easy Blog, eCommerce)
    and also see visitor’s reviews of best free website hosting providers.
    Almost Free Web Hosting
    And in case you’d like to host your lovely website with much more reliable and customer focused web hosting provider that a free web host can not afford, and if you do not mind to pay few dollars for the advanced service, you might be interested to consider the following website hosting providers that offer quite cheap (almost free hosting) service:

    savol: muallif kim yoki tarjimami ?

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Mening saytimdagi maqola Siz keltirib o’tgan maqoladan tarjima qilingan.

  4. ISLOMBEK OZODBOYEV

    fikrni sayga qo’yasiz deb o’yliman. kutaman sizni xurmat qilaman sizning maqolalaringiz menga katta yordam bergan

    Javob berish

  5. Ravshan

    Bepul hostingni keyinchalik pulli hostingga o’tkazsam, saytdagi barcha fayllar toliqligicha otadimi?
    Wordpress shablonlari masalan arxiv.uz sayti imkoniyatlaridek imkoniyatlarga egami yoki faqat blog va shunga o’xshash ma’lumot yuklab bo’lmaydigan saytlarga o’xshash shablonlarmi?
    Javobingizni kutaman, rahmat

    Javob berish

    1. Azamat Xodjakov

      Saytingizni istalgan vaqt ko’chirishingiz mumkin.
      WordPress bilan o’zingiz xohlagandek sayt tayyorlay olasiz. Arxiv.uz saytiga o’xshash sayt tayyorlash ham mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan