Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / 1 oyda 1 million dollar. Kafolatlangan!

1 oyda 1 million dollar. Kafolatlangan!

Hozirda O’zbekiston yoshlarining ko’pchiligi sayt yaratishmoqda. Ko’p sonli yoshlarning turli mavzularga oid saytlari, personal sahifalari mavjud. Bloggerlarimiz soni ortib borishi bilan sayt orqali pul topish g’oyalariga talab ham ortib bormoqda. Hozirda o’z saytiga ega bo’lgan yoshlarning deyarli barchasi sayti orqali pul ishlab topishni orzu qilishadi va shunga intilishadi.

Kimlardir sayt orqali pul topishni «bo’lmagan gap» yoki «safsatadan boshqa narsa emas», deb hisoblasa, kimlar uchundir internet orqali o’z saytidan daromad olish haqiqiy biznes usuliga aylanib ulgurgan. Shaxsan men internet orqali pul topishning haqiqat ekanligiga ilk bora 2005-yilda iqror bo’lganman va hozirgi kunga qadar internetda o’z biznesimni yaratishga harakat qilib kelaman. Fikrimcha, internet orqali saytdan foydalangan holda pul topish juda oson va shu bilan birga juda ko’p mehnatni talab qiladigan ishdir. Bu sohada Siz mehnatkash bo’lishingiz bilan birga hech kimning hayoliga kelmagan g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati, yaratuvchanlik va ijodkorlik hislatlariga ham ega bo’lishingiz kerak.

Mendan ko’pchilik endi sayt tayyorlashni o’rganib, o’z saytiga endigina ega bo’laytogan yoshlar «Sayt orqali qanday qilib pul topish mumkin?», «Saytimda qancha pul ishlashim mumkin?», degan savollarni ko’p berishadi. Har safar men bunday savollarni eshitganimda «Saytingizda qanday qilib va qancha pul topish – bu faqat o’zingizga bog’liq!», deb javob qaytaraman. Chunki haqiqatda ham saytingizning qancha daromad keltirishi faqat va faqat o’zingizga bog’liq.

Sayt orqali pul topishning antiqa, hech kimning hayoliga kelmagan va eng muhimi sayt egasiga kattagina foyda keltiradigan usullari haqida o’ylaganimda, birinchilardan bo’lib MillionDollarHomepage (Million Dollarlik Sahifa) sayti ko’z o’ngimda gavdalanadi. Bu saytning asoschisi Alex Tew talabalik davrida o’qishi uchun pul to’lash maqsadida o’z sayti orqali pul topishga urinib ko’radi. Shunda u www.milliondollarhomepage.com saytini yaratadi. Bu saytning asosiy bosh sahifasi million dona 1×1 hajmdagi piksel katakchalariga bo’lib chiqilgan. Alex bu kataklarning har birini bir oyga 1 dollar to’lov evaziga reklama joylashtirish uchun kompaniyalarga taklif etadi. Saytning «Internet tarixining bir qismini egallang!» shiori asosida ba’zi kompaniyalar oyiga 1 dollar to’lab bitta piksel katak oladi, ba’zilari esa o’nlab, yoki yuzlab piksel kataklarini band qilib kattaroq reklamalarini joylashtirishadi. Hammaning bu antiqa g’oyaga qiziqishi ortgan sari sayt foydalanuvchilari ko’paya boradi va oxir oqibatdan bir millionta katakning barchasiga reklama joylashtirib bo’linadi! Natijada sayt egasi har bir katak uchun oyiga bir dollardan, jami bir million dollar daromad oladigan bo’ldi. Hozirgacha ham bu saytning birorta ham pikseli bo’sh emas. Buni o’zingiz ko’rishingiz mumkin, mana o’sha million dollarlik sayt: www.milliondollarhomepage.com

Bunday fikrlar juda ko’p. Shunga o’xshash oyiga bir million dollar yoki undan ham ko’proq daromad keltiradigan saytni yaratishingiz mumkin. Sizning ham huddi shunday foyda keltiradigan saytingiz bo’lishi mumkin. Eng muhimi hech kimda bo’lmagan yorqin g’oyani ustalik bilan amalga oshirishingiz kerak bo’ladi. Hech qachon taslim bo’lmang! Internetda o’z biznes imperiyangizni yaratishingizga hech qachon kech emas. Hozirdan boshlang. Izlaning va albatta saytingiz orqali pul topa olishingizga ishoning!

Abituriyentlar uchun test formulalari

19 ta fikr

  1. Bobmax, ichini to’ldirish muammo emas odam yig’ish muammo

  2. Булмаган гап

  3. Dostlar internet tizimidagi noqulayliklarni ham hisobga olinglar bizlar statistikada juda orttamiz tezlik va trafikda

  4. ga yo`q lekin qoyil

  5. qoyil judayam ajoyib kashfiyot

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*