Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Yugurganda tinglash uchun eng yaxshi 19 ta qo’shiq

Yugurganda tinglash uchun eng yaxshi 19 ta qo’shiq

Saharda yugurishni oddiy qiziqish sifatida 2014-yilning iyun oyida boshlagan bo’lsam, hozirgi kunga kelib ham bu foydali mashg’ulotimni imkon qadar to’xtatmaslikka harakat qilayapman. Ishdan juda charchagan kunlarimda qaysidir bahona bilan yugurishni to’xtatib qo’yish fikri keladi, ammo har kuni (yaxshi ham-ki) birga yugurishga chiqadigan o’rtoqlarim ertalabdan meni yugurishga chiqishga undashadi. Qishning qorsiz kelishi ham yugurish mashg’ulotlarimizning davomli bo’lishiga sharoit yaratib berayapti.

Yugurish bilan davomli shug’ullanganda kishini davom etishga, yugurishni to’xtatib qo’ymaslikka undovchi turli jihatlarga (kattami, kichikmi) e’tibor qaratish kerak. Nima Sizni qaysidir ishni bajarishga, oxirigacha yetkazishga undasa, undan imkon qadar ko’proq foydalanishga harakat qiling. Shaxsan menga yugurayotganimda insonni kurashga undovchi qo’shiqlarni tinglash juda yoqadi. Bu turdagi qo’shiqlarning jo’shqin musiqasi yugurish ritmiga mos tushishi ayni muddao.

Men yugurganimda turli qo’shiqlarni tinglashni yoqtiraman. Lekin asosan alohida turdagi qo’shiqlarni ko’proq tinglayman. Quyida o’zim yugurish mashg’ulotlarida eng ko’p tinglaydigan, mening eng sevimli 19 ta qo’shiqlarim ro’yxatini keltirmoqchiman:

1. Self – Stay Home

2. ACDC – Thunderstruck

 3. Bloodhound Gang – Ball out

4. Eminem ft. Bad Meets Evil – Fast Lane

5. Busta Rhymes featuring Linkin Park

6. Survivor – Eye of the Tiger

7. Oxxxymiron – Saga ob orlax i konoreykax

8. Shoxrux ft. Shaxzoda – Qayt

9. The Pierces – Sticks and Stones

10. Flo Rida – Right Round

11. Rappers from Termez – Begi

12. Chris Brown – Wall to Wall

13. Aleksandr Gradskiy – Monte Kristo

14. Alex Clare – Too close

15. Bloodhound Gang – Fire Water Burn

16. Fountains of Wayne – Tell me what you already did

17. Counting Crows – Accidentially in Love

18. Azelia Banks – 212

19. Smash Mouth – All Star

Sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanayotganda tinglash uchun qaysi qo’shiqlarni tavsiya eta olasiz?

Tahrir: Yuqorida keltirilgan qo’shiqlarning audio treklari ularni yuklab olish mumkin bo’lgan saytga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan edi. Afsuski, qo’shiqlar manzili o’zgartirilibdi. Shuning uchun yuqorida aytib o’tilgan qo’shiqlar kerak bo’lsa, www.get-tune.net saytidan izlab toping va yuklab oling.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

9 ta fikr

  1. bu qowiqlarni sotib ola olamizmi saytdan

  2. Qanday qilib bu musiqalarni yuklab olsa boladi?

  3. Sport penen shug’illang’anda Skillet – Hero qosig’i ma’sla’hat beremen

  4. Akcent-Kameliya,Akcent-Borakay,Akcent-Dilemma,Shakira-Dare,Pitbull-Pause,Amna-Tell me why,Lola feat DJ Pilligrimm-Yulduz,Shoxruhxon-Chorla,Inna-Cola Song,Enrique Iglesias-Bailando,Test 2579-Bom bom,Tom Boxer feat Morena-Hey where you going,Milk&Honey-Didi,Dr Alban-Chiki-Chiki.

  5. Shuncha qoshiqlaringizni ichida yahshi 1 ta ozbekcha qoshiq bor ekan lekin qoshiqlaringiz miyyaga zarari bor turli xil effektlar bor zararli men uchun tabiat ovozini eshitib yugargan foydali

  6. Fikrizga qo’shilaman Bahriddin,lekin musiqa tinglab yugurish yanada zavqli. Ashulalarimga keladigan bo’lsak endi u yog’i o’zizi didizga havola.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*