Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Xorijiy tillarni o’rganing

Xorijiy tillarni o’rganing

Bu mavzuni bekorga «Shaxsiy rivojlanish» bo’limiga kiritganim yo’q. Xorijiy tillarni bilish bugungi zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli shaxs bo’lishda juda katta o’rin tutadi. Tillarni bilishingiz sizni mansab pog’onalaridan juda tez ko’tarilishingizga asosiy yordam berishi mumkin.

Dunyo bo’ylab ko’proq va ko’proq kompaniyalar o’z hodimlarini nechta xorijiy tillarni bilishiga ko’ra ishga olishayapti. Hozirgi vaqtda o’z ona tilidan tashqari ikkita xorijiy tilni bilish hech kimni deyarli qiziqtirmay qoldi. Bugungi kunda eng ko’p ishga qabul qilinayotgan, mansabi ko’tarilayotgan, katta loyihalarga jalb etilayotgan kishilarga e’tibor bersangiz, ularning ko’pchiligi ikki yoki undan ortiq xorijiy tillarda muloqot qila olishadi.

Ishlaydigan kishilar uchun xorijiy tillarni o’rganish qiyin bo’lishi mumkin. Bilaman, vaqt kam, ish ko’p, imkoniyat yo’q… bu bahonalarni yana ko’plab keltirish mumkin. Ammo qayerdaki xohish bo’lsa, o’sha joyda imkoniyat albatta topiladi! Eng muhimi vaziyat ta’siriga tushib qolmasdan, vaziyatni boshqarishni o’z qolingizga olsangiz bo’lgani!

Ayni vaqtda xorijiy tillarni o’rganishning imkoniyatlari juda ko’payib ketdi: internet orqali tillarni o’rganish, video darsliklar sotib olish, repetitor o’qituvchilar darslariga qatnashish, MP3 audio darslar yordamida iboralar yodlash va hokazo. Atrofimizdagi texnika taraqqiyoti shunchalik yaxshi rivojlanganki, biz ulardan to’g’ri foydalana olsak bas! O’zim filolog bo’lganligim uchun bu rivojlanishni tillarni o’rganish sohasiga olib kelgan qulayliklari xususida gapirmoqchiman. To’g’ri, atrofimizda texnik imkoniyatlar ko’p, ammo achinarli tarzda kamchilik bu yutuqlar imkoniyatidan foydalana olayapti xolos. Masalan, qo’lida ekrani 12 inch diametr kattalikdagi planshet ko’tarib yurgan, ammo unda video ko’rish, qo’shiq eshitish va odnoklassnikida rasmlar tomosha qilishdan boshqa narsa qila olmaydigan kishilarni ko’rganmisiz? Bizning til o’rganish sohasida olib qarasak, bu planshetga qanchadan-qancha audio darsliklarni yuklab o’rganishimiz, xorijiy tillarni o’rganishga yordam beruvchi dasturlarni o’rnatishimiz, ishdan bo’sh vaqtimizda video darsliklarni planshetning o’zida ko’rishimiz, maxsus internet saytlari orqali planshetlar uchun moslashtirilgan maxsus xorijiy til darslariga bog’lanishimiz mumkin.

Mayli, xorijiy tilni o’rganish imkonini topdingiz va ulardan foydalanayapsiz ham deb hisoblaylik. Xorijiy tillarni bilish kundalik hayotingizda, professional kasbiy hayotingizdan tashqari, yana qanday yordam bera olishi mumkin?

Xorijiy tillarni bilish axborot qabul qilish imkoniyatingizni kengaytiradi. Xorijiy tillarni mukammal bilgan holda Siz ma’lumotning faqat berilganini emas, balki eng saralarini tanlab olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bir nechta xorijiy tillarni bilgan holda, masalan, oddiy internetdan foydalanish jarayonida bir turdagi ma’lumotni turli hil nuqtai nazar jihatidan o’rganish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Yana ham soddaroq misolda aytsak, Siz pitsa pishirmoqchisiz. Internetdan o’zbek tilidagi pitsa tayyorlash yo’riqnomasini o’qiysiz. Ammo tasavvur qiling, shu vaziyatda Siz ingliz tilini mukammal bilasiz. Bu holatda Siz pitsa tayyorlash retseptini ingliz tilida ham qidirishingiz mumkin. Bunday qidiruv natijasida Siz oladigan ma’lumotlar turi bir necha ming marta oshib ketadi. Ammo pitsa italiyaliklar taomi hisoblanadi, shu o’rinda agar Siz italyan tilini ham bilsangiz, pitsaning asl vatani bo’lgan Italiya saytlaridan uning tayyorlanishini o’rganishga nima yetsin?

Har qanday holatda ham, bugun yoki ertaga, yoki bir yildan keyin, qachondir Sizdan xorijiy tillarni bilish talab etilishi aniq. Xorijiy tillarni bilish orqali Siz o’z safdoshlaringizdan bir qadam oldinda yurasiz. Hozir esa o’rganishning ayni vaqti! O’z oldingizga birorta xorijiy tilni o’rganishni maqsad qilib oling-da, yetuk mutaxassis, ilg’or hodim, zamonaviy boshliq, yoki shunchaki shaxsiyati yuksak rivojlangan shaxs bo’lish maqsadida shu xorijiy tilni o’rganishga kirishing. Hoziroq!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

2 ta fikr

  1. Bilasizmi video muloqotni faqat bo’nd saytida emas yoki odnaklassniki saytida yoki facebookda yoki mail.ru xabar yuborib taklif qilishingiz mumkin-ku.

  2. aka man ingliz tilini endi 6rganyapman 10kun i4ida ingliz tilini 6rganiw degan videolardagi jadvallarni rasm holida ham joylen iltimos

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*