Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / IELTS imtihoni

IELTS imtihoni

Bugungi kunda xorijda o’qish maqsadida IELTS testlaridan o’tish uchun tayyorlanayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.  Faqat O’zbekistonda emas, balki dunyoning boshqa ko’plab mamlakatlarida xorijda o’qish grantlarini qo’lga kiritish uchun juda ko’p yoshlar ingliz tili grammatikasini o’rganishga qattiq kirishishgan. IELTS imtihoniga tayyorlanishga bo’lgan talabni hisobga olgan holda IELTS testlarini osonroq bajarishni o’rgatish yuzasidan juda ko’p strategiyalar va usullar ishlab chiqilgan. Quyida IELTS imtihonining yozma shakli, Writing task uchun eng sodda, ammo juda kerakli bo’lgan ba’zi tavsiyalarni berib o’tmoqchiman.

Writing task – bu ma’lum mavzu asosidagi intihon topshiruvchining o’z fikrini ingliz tilida yozma shaklda qanchalik aniq, to’g’ri va ravon bayon eta olishini sinovdan o’tkazuvchi topshiriq hisoblanadi. Bu topshirishda ma’lum belgilangan vaqt ichida ma’lum sondagi so’zlardan iborat bo’lgan matn tuzish kerak bo’ladi. Bu matnni tuzish uchun uning mavzusi hamda matnda nimalar ifoda etilishi kerakligi haqidagi bir necha savollardan tashkil topgan kichik yo’riqnoma vazifa sifatida beriladi. Sizdan mavzu asosida bosqichma-bosqich berilgan savollarga murakkab-yoyiq shaklda javob yozishingiz talab etiladi.

Writing task topshirig’ini bajarish uchun yozishga kirishishdan oldin quyidagilarga alohida ahamiyat bering:

  1. O’QING. Hamma narsadan birinchi o’rinda Siz berilgan savolni o’qib, uni tushunib olishingiz kerak. Axir, bajariladigan ishni amalga oshirishga kirishishdan avval uni yaxshilab tushunib olishingiz kerak bo’ladi.
  2. O’YLANG. Savol nima haqida? Savolni o’qishdan keyingi qiladigan eng muhim ishingiz – bu savol haqida o’ylashingizdir. Savolga javob topishga harakat qilmang. Eng muhimi savolga ta’luqli bo’lgan fikrlaringizni jamlab olishingizdir. Savolga aloqador qanday aniq fikrlarga egasiz? Savol haqida qancha ko’p fikrni miyangizda jamlashga harakat qilsangiz, savolning asl javobi ham shunchalar mustahkam holda bayon etiladi.
  3. YOZING. Yuqoridagi ikki bosqichni juda ehtiyotkorlik bilan, yaxshi o’ylagan holda amalga oshirganingizdan keyin o’ylash natijasida jamlangan fikrlaringizni aniq uslub asosida chiroyli qilib yozishga, bayon qilishga kirishing. Bunda endi firklarga ishlov berish emas, balki mavjud fikrlarni qanday bo’lsa shunchaligicha chiroyli qilib qog’ozga tushirish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
  4. TAHRIRLANG. Yozishni to’liq tugatganingizdan keyin yozganlaringizni qayta ko’rib chiqishingiz va tahrirlashingiz mumkin. Endi tahrirlashda ham yozilish uslubiga, ham fikrlarning teranligiga e’tibor berib tekshiring. Kerakli joylarda o’zgarishlar qiling, fikrlarga qo’shimchalar kiriting, kerak bo’lgan joylardagi gaplarni o’chirib o’rniga boshqasini yaxshiroq qilib yozing.

Yuqoridagi to’rtta bosqichni amalga oshirganingizdan so’ng Sizning yozgan matningiz mukammal darajada yozilgan bo’ladi. Ehtiyotkorlik bilan o’ylash va yozish uslubiga e’tibor berish davomida ham uslub, ham ma’no saqlanib qolinadi. Yozish so’ngidagi tekshirish esa matnning xatolardan holi bo’lishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari yozishingiz uchun ketadigan vaqtni ham to’g’ri taqsimlashni unutmang. Bu haqida IELTS testlarini topshirishga oid keyingi maqolalarimda batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

46 ta fikr

  1. http://www.id.uz/users/image/axodjakov/large
    Best picture. Azamat’s phone number if you wanna call : +998937982200.

  2. ingliz tilini mukamlaroq o’rganmoqchiman,jonli dars qachon iwga tuwadi

  3. NIMAGA FAQAT ADMINISTRATOR TASDIQLASHI KRRAK TUSHUNMADIM. XATO SAVOL BERYAPMANMI

  4. Salom Azamat aka men ham ielts ni o’rganmoqchiman Nima qilishim kerak maslahat Bering iltimos !!!

  5. Azamat !
    Judayam ajoib narsa qildiz!!!
    O`farinlar bulsin sizga !!! Ilohim sizday insonlar kupaysin davlatimizda!!!
    Chunki juda atrof -muhitdan kunglim qola boshlagan edi !!
    People think only about their own profit !!!
    Molodec !!!

  6. people always talk and think about reputation

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*