Bosh sahifa / WP-Yordam

Hozirgi kunda WordPress tizimi foydalanuvchi saytlar sonining ko’pligi bo’yicha dunyodagi birinchi raqamli tizimga aylanib ulgurgan. Siz hozir ko’rib turgan Azamat.uz sayti ham WordPress tizimi asosida ishlaydi. Bugungi kunda ko’pchilik sayt egalari o’z ma’lumotlarini aynan WordPress tizimiga ishonib topshirishmoqda (shu jumladan o’zim ham!). Buning sababi nima?

Gap shundaki, WordPress foydalanish butunlay bepul, oson va qulay bo’lgan tizim hisoblanadi. Saytingizni WordPress bilan tayyorlashingiz uchun kimgadir to’lashingiz yoki kimdandir ruxsat olishingiz shart emas. Uning eng yangi versiyasini yuklab oling, o’rnating va saytingiz tayyor! O’rnatilgan saytingizni boshqarish va saytingizdan foydalanish har qanday boshqa tizimga nisbatan ancha oson bo’ladi.

Bundan tashqari WordPress tizimi asosi tez-tez yangilab turiladi. WordPressning yangidan yangi versiyalari tizimning yanada ishonchli bo’lishini ta’minlaydi. WordPress uchun shablonlar juda ko’p – saytingiz ko’rinishini istaganingizcha o’zgartirishingiz mumkin. WordPress uchun plaginlar ham yetarlicha – saytingizga o’zingiz xohlagan imkoniyatni kiritishingiz mumkin.

Har qanday tizimda bo’lgani kabi WordPress tizimida ham ba’zan kichik nosozliklar kuzatiladi. Tizim bilan ishlash davomida qandaydir xatolikka yo’l qo’yishingiz, qaysidir muammoning yechimini topa olmay qolishingiz mumkin. Balki WordPress asosida ishlaydigan saytingizga qandaydir o’zgartirish kiritish talab etilar. Bunday holatda WordPressning biz kabi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.

Biz bir necha yillar davomida WordPress bilan shug’ullanib kelamiz va WordPressning asosini rivojlantirishga O’zbekiston nomidan hissa qo’shib kelmoqdamiz. Bizning WordPress bo’yicha tajribamiz yetarli. Biz WordPress saytingizda kuzatilishi mumkin bo’lgan xatoliklar, nosozliklar, kamchiliklarni tuzatib bera olamiz. Bundan tashqari saytingizga qo’shimcha imkoniyatlar kiritish, o’zgartirish ishlarini amalga oshirish yoki boshqa turdagi ishlarni bajarishimiz mumkin.

3-daraja qiyinlikdagi WordPress shablonini o’rnatish

Xizmat bahosi: 30 000 so’m.

WordPress shablonlarini o’rnatish qiyinligi bir necha darajaga bo’linadi. 3-darajadagi o’rnatilish qiyinligiga ega bo’lgan shablon eng oson o’rnatiladigani bo’lib, bunday shablon odatda bitta yon ustun va asosiy qismdan iborat bo’ladi. O’rnatilishi qiyin bo’lmagan bunday shablonlarga misol zn.uz tarkibidagi shablonlar bo’lishi mumkin. Masalan: ustoz.uz , tarixchi.zn.uz

Shablonni o’rnatish uchun buyurtma berishdan avval saytingizga qaysi shablon o’rnatilishi kerakligi yuzasidan bir qarorga kelishingiz shart. Siz tanlagan shablon bepul bo’lsa, uni o’zimiz internetdan yuklab, o’rnatib beramiz. Pulli shablonni tanlagan bo’lsangiz, uni harid qilib, bizga o’rnatish uchun yetkazib berishingiz kerak bo’ladi.

2-daraja qiyinlikdagi WordPress shablonini o’rnatish

Xizmat bahosi: 65 000 so’m.

2-darajadagi o’rnatilish qiyinligiga ega bo’lgan shablon o’z ichiga ikki yoki undan ortiq yon ustun va asosiy qismni o’z ichiga olib, odatda turli bo’limlardan olib ko’rsatiladigan yangilik bloklari, murakkab tuzilishdagi menyu, futer va boshqa qismlardan iborat bo’ladi. Bu qiyinlikdagi shablonga misolni azamat.uz, obidalar.uz kabi saytlar ko’rinishida tasavvur qilishingiz mumkin.

Shablonni o’rnatish uchun buyurtma berishdan avval saytingizga qaysi shablon o’rnatilishi kerakligi yuzasidan bir qarorga kelishingiz shart. Siz tanlagan shablon bepul bo’lsa, uni o’zimiz internetdan yuklab, o’rnatib beramiz. Pulli shablonni tanlagan bo’lsangiz, uni harid qilib, bizga o’rnatish uchun yetkazib berishingiz kerak bo’ladi.

1-daraja qiyinlikdagi WordPress shablonini o’rnatish

Xizmat bahosi: 100 000 so’m.

WordPress sahblonlari ichida o’rnatilishi eng qiyin bo’lgan, 1-darajadagi qiyinlikka ega bo’lgan shablonlar o’zining murakkab tuzilishga ega ekanligi, Revolution Slider kabi murakkab sozlash ishlarini olib borishni talab qiluvchi qo’shimchalarni o’z ichiga olishi va sahifalarni builder tizimi asosida shakllantirishni talab qilishi bilan ajralib turadi. Odatda bunday shablonlar katta hajmli portallar, onlayn gazeta va jurnallar kabi saytlar uchun ishlatiladi. Bu turdagi shablonga misolni mana bu yerda ko’rishingiz mumkin: industrialthemes.com/engine/

Shablonni o’rnatish uchun buyurtma berishdan avval saytingizga qaysi shablon o’rnatilishi kerakligi yuzasidan bir qarorga kelishingiz shart. Siz tanlagan shablon bepul bo’lsa, uni o’zimiz internetdan yuklab, o’rnatib beramiz. Pulli shablonni tanlagan bo’lsangiz, uni harid qilib, bizga o’rnatish uchun yetkazib berishingiz kerak bo’ladi.

Berilgan plaginni o’rnatish va sozlash

Xizmat bahosi: 20 000 so’m.

WordPress saytlariga plagin o’rnatish – oson amaliyot. Ammo ba’zan kim uchundir kerakli imkoniyatni beruvchi plaginni izlab topish, o’rnatish yoki keraklicha sozlab olish qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bu borada yordamimiz kerak bo’lsa, xizmatingizga tayyormiz! Tanlagan plaginingiz bepul bo’lsa, uni internetdan o’zimiz topib, saytingizga o’rnatib beramiz. Ehtiyojingiz pulli plagin o’rnatish bilan bog’liq bo’lsa, xizmat haqidan tashqari plagin bahosini ham to’lashingiz kerak bo’ladi.

10 tadan 100 tagacha bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish

Xizmat bahosi: 50 000 so’m.

O’zbekiston interneti rivojlanayapti. O’zbek tilidagi saytlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Agar WordPress asosida ishlaydigan saytingizni ingliz yoki rus tilidan o’zbek tiliga o’girmoqchi bo’lsangiz, biz Sizga yordam berishimiz mumkin!

Ushbu xizmatning o’lchov birligi – string (tarjima uchun ajratilgan so’z/ibora/gap birligini o’z ichiga oluvchi qator-birlik) hisoblanadi. Stringda bitta so’z bo’lishi ham, 30 ta so’z bo’lishi ham mumkin.

Hozircha faqat ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga tarjima qila olamiz. Tarjimaga buyurtma berish uchun Sizning shablon/plaginingizda tarjima qilish imkonini beruvchi PO va MO fayllar bo’lishi shart. Tarjima imkoniyatiga ega bo’lmagan shablon/plaginlar qabul qilinmaydi.

100 tadan 200 tagacha bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish

Xizmat bahosi: 100 000 so’m.

O’zbekiston interneti rivojlanayapti. O’zbek tilidagi saytlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Agar WordPress asosida ishlaydigan saytingizni ingliz yoki rus tilidan o’zbek tiliga o’girmoqchi bo’lsangiz, biz Sizga yordam berishimiz mumkin!

Ushbu xizmatning o’lchov birligi – string (tarjima uchun ajratilgan so’z/ibora/gap birligini o’z ichiga oluvchi qator-birlik) hisoblanadi. Stringda bitta so’z bo’lishi ham, 30 ta so’z bo’lishi ham mumkin.

Hozircha faqat ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga tarjima qila olamiz. Tarjimaga buyurtma berish uchun Sizning shablon/plaginingizda tarjima qilish imkonini beruvchi PO va MO fayllar bo’lishi shart. Tarjima imkoniyatiga ega bo’lmagan shablon/plaginlar qabul qilinmaydi.

200 tadan 500 tagacha bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish

Xizmat bahosi: 200 000 so’m.

O’zbekiston interneti rivojlanayapti. O’zbek tilidagi saytlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Agar WordPress asosida ishlaydigan saytingizni ingliz yoki rus tilidan o’zbek tiliga o’girmoqchi bo’lsangiz, biz Sizga yordam berishimiz mumkin!

Ushbu xizmatning o’lchov birligi – string (tarjima uchun ajratilgan so’z/ibora/gap birligini o’z ichiga oluvchi qator-birlik) hisoblanadi. Stringda bitta so’z bo’lishi ham, 30 ta so’z bo’lishi ham mumkin.

Hozircha faqat ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga tarjima qila olamiz. Tarjimaga buyurtma berish uchun Sizning shablon/plaginingizda tarjima qilish imkonini beruvchi PO va MO fayllar bo’lishi shart. Tarjima imkoniyatiga ega bo’lmagan shablon/plaginlar qabul qilinmaydi.

500 tadan ortiq bo’lgan stringli plagin/shablonni o’zbek tiliga tarjima qilish

Xizmat bahosi: 300 000 so’m.

O’zbekiston interneti rivojlanayapti. O’zbek tilidagi saytlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda. Agar WordPress asosida ishlaydigan saytingizni ingliz yoki rus tilidan o’zbek tiliga o’girmoqchi bo’lsangiz, biz Sizga yordam berishimiz mumkin!

Ushbu xizmatning o’lchov birligi – string (tarjima uchun ajratilgan so’z/ibora/gap birligini o’z ichiga oluvchi qator-birlik) hisoblanadi. Stringda bitta so’z bo’lishi ham, 30 ta so’z bo’lishi ham mumkin.

Hozircha faqat ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga tarjima qila olamiz. Tarjimaga buyurtma berish uchun Sizning shablon/plaginingizda tarjima qilish imkonini beruvchi PO va MO fayllar bo’lishi shart. Tarjima imkoniyatiga ega bo’lmagan shablon/plaginlar qabul qilinmaydi.

Sayt shabloni yoki plaginini sozlash bilan saytning tashqi ko’rinishiga kiritiladigan o’zgarishlar

Xizmat bahosi: 40 000 so’m.

Bu xizmat imkoniyatlariga o’rnatilgan shablon va plaginlardan kelib chiqqan holda saytning tashqi ko’rinishiga kiritiladigan o’zgarishlar kiradi. Misol uchun, saytda vidjetlarni to’g’ri joylashtirish, sayt shablonini to’g’ri sozlash, menyular ko’rinishini o’zgartirish, buyurtma asosida sayt rangini o’zgartirish, CSS bilan bog’liq o’zgarishlarni amalga oshirish hamda saytning shablon/plagini imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa o’zgarishlarni yasash.

Eslatib o’tish joizki, ushbu xizmat faqat sayt shabloni va plaginlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’zgarishlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi. Bu esa sayt dizaynini to’liq yoki qisman buyurtmaga asosan yangidan yozib berish, degani emas.

WordPress tizimining yangi versiyasini o’rnatish (update)

Xizmat bahosi: 15 000 so’m.

WordPress tizimi ijodkorlari tizim asosida ishlaydigan saytlarning xavfsizligini, hakerlar hujumiga qarshiligini, tez ishlashi va boshqa qulayliklarini ta’minlash maqsadida uni tez-tez yangilab turishadi. Saytingizning uzoq vaqtlar davomida yaxshi holatda ishlashi uchun Siz ham o’z saytingizning asosi hisoblangan WordPress tizimingizni yangilab, eng so’nggi versiyani o’rnatib turishingiz kerak bo’ladi.

Ba’zi hosting serverlarida WordPress tizimini avtomatik yangilash imkoniyati bo’lmaydi yoki yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan administratorlar o’z tizimlarini yangilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Yangi versiyani o’rnatish, mavjud versiyani yangilashda xatoliklarga yo’l qo’yish sayt ma’lumotlari uchun xavfli bo’lishi mumkin. Sizning saytingizda ushbu xizmatga ehtiyoj paydo bo’lgan bo’lsa, biz tizimingizni xavfsiz, tez va ishonchli yangilab berishimiz mumkin!

Shablon yoki plaginning yangi versiyasini o’rnatish (update)

Xizmat bahosi: 15 000 so’m.

Saytning shablon yoki plaginini yangilash ham huddi WordPress tizimining o’zini yangilash kabi alohida e’tibor va ehtiyotkorlikni talab etadi. Ayniqsa qo’lda (avtomatik bo’lmagan) yangilashni amalga oshirayotganingizda saytingiz ma’lumotlari xavf ostida qolishi mumkin.

Shabloningiz va plaginlaringizning eng so’nggi versiyada, yangi holatda turishini bizga vazifa qilib topshirishingiz mumkin.

Saytni boshqa hosting/domen/serverga ko’chirish

Xizmat bahosi: 50 000 so’m.

Yangi hostingga o’tayapsizmi? Saytingiz dominini almashtirmoqchimisiz? Saytingizni boshqa serverga ko’chirish kerakmi? Biz bu ishni saytingiz ma’lumotlariga hech qanday ziyon yetkazmagan holda amalga oshirib beramiz!

Saytdan to’liq zahira nusxa olish

Xizmat bahosi: 10 000 so’m.

Ba’zan turli sabablarga ko’ra saytdan to’liq zahira nusxa olib qo’yish kerak bo’ladi. Bu olingan nusxa keyinchalik turli holatlarda saytni to’liq avvalgi holatida qayta tiklashga yordam beradi. Balki saytni ko’chirishdan oldin zahira olayotgandirsiz, yoki kelib chiqishi mumkin bo’lgan nosozlikdan xavfsirab zahira nusxaga ehtiyoj sezgandirsiz… Biz ma’lumotlaringiz xavfsizligini qadrlaymiz va saytingizning to’liq zahira nusxasini olishda yordam beramiz.

Avval olingan zahira nusxa asosida saytni qayta tiklash

Xizmat bahosi: 20 000 so’m.

Saytingizda to’liq nosozlik yuz berganda, saytingiz boshqa manzilgan ko’chirilganda yoki avvalroq olib qo’yilgan zahira nusxa asosida saytingizni qayta tiklashga ehtiyoj tug’ilganda biz saytingizni taqdim etilgan (yoki o’zimiz avvalroq olib qo’ygan) zahira nusxa asosida qayta tiklab berishimiz mumkin.

Buyurtma berilgan qulaylik/imkoniyatni taqdim etuvchi plagin yoki shablonni topib, o’rnatish

Xizmat bahosi: 50 000 so’m.

Qachondir saytingizga avval hech qachon bo’lmagan qulaylik/imkoniyatni kiritishni xohlashingiz mumkin. Ammo bu imkoniyat qaysi shablonni o’rnatish yoki qaysi plaginni sozlash orqali yaratilishini bilmasligingiz mumkin. Bunday holatda biz sizga yordam beramiz. Shunchaki, saytingizga qanday qulaylik/imkoniyat kiritish kerakligini bizga tushuntiring. Biz Sizning talabingiz asosida eng to’g’ri bo’lgan shablon/plaginni topib, o’rnatib beramiz.

Agar Sizning talabingiz pulli shablon yoki plagin yordamida amalga oshiriladigan bo’lsa, uning bahosini xizmat haqidan alohida to’lashingiz kerak bo’ladi.

Saytga ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa saytlarning imkoniyatlarini integratsiya qilish

Xizmat bahosi: 50 000 so’m.

Sayt uchun ijtimoiy tarmoqlar (Odnoklassniki, Facebook, Twitter, Google Plus va h.k.), yoki boshqa qo’shimcha imkoniyat taklif etuvchi saytlar (Disqus, Pinterest, YouTube va h.k) imkoniyatlarini qo’shish talab etilib qolishi mumkin. Imkon darajasidagi har qanday chetki resurslar qulayliklarini saytingizga qo’shishda yordam beramiz.

Saytga tarjima asosidagi ko’p tillilik imkoniyatini o’rnatish

Xizmat bahosi: 50 000 so’m.

Saytingizni ko’p tilli qilib berishimiz mumkin. Nechta til bo’lishining ahamiyati yo’q. Tarjima asosidagi ko’p tilli saytda bir mazmundagi maqola/ma’lumot bir necha tillarga to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinadi. Buni bitta matnning bir nech tillardagi tarjimalari, deb tushunish mumkin.

Saytga alohida ma’lumot asosidagi ko’p tillilik imkoniyatini o’rnatish

Xizmat bahosi: 30 000 so’m.

Bu multisayt imkoniyati bo’lib, bunda sayt ko’p tillarda faoliyat yuritadi, ammo bir tildagi ma’lumotlar/maqolalar boshqasinikidan to’liq mustaqil bo’ladi. Ya’ni, saytni bir nech tillarda ko’rish mumkin bo’ladi, ammo har bir til uchun ajratilgan sayt qismida boshqalarida bo’lmagan, alohida, tarjima qilinmagan ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu esa tarjima asosidagi ko’p tilli saytdan farq qiladi.

Kichik hajmli sayt nosozligini tuzatish

Xizmat bahosi: 30 000 so’m.

Odatda kichik hajmli sayt nosozligi saytning bitta sahifasiga yoki faqat bitta qismiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday nozosliklar saytning administrator paneli orqali emas, tizim yoki shablonning php, css fayllarini qo’lda kod yozish orqali tuzatib chiqish orqali bartaraf etiladi. Saytingizning ko’rinishi yoki faoliyatiga saytning bir qismigagina salbiy ta’sir ko’rsatib turgan nosozlik xavf solayotgan bo’lsa, ushbu xizmatimizdan foydalanishingiz hamda saytingizni tezda tuzatib olishingiz mumkin.

Katta hajmli sayt nosozligini tuzatish

Xizmat bahosi: 80 000 so’m.

Saytdagi katta hajmli nosozlik butun sayt faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday nosozliklarning sabablari turlicha bo’lishi mumkin va uni bartaraf etish har doim bir necha soatlik tizim yoki shablon kodini qo’lda qayta yozish orqali tuzatish ishlarini o’z ichiga oladi. Saytingizdagi har qanday nosozlikni bartaraf qilishga yordam beramiz.

 Agar Sizga kerakli bo’lgan xizmat yuqoridagi ro’yxatda ko’rsatilmagan bo’lsa, shunchaki bizga telefon orqali murojaat qiling va Siz uchun kerakli bo’lgan xizmatni albatta hisobga olamiz. WordPress saytlari bilan bog’liq har qanday xizmatga ehtiyoj sezsangiz, telefon orqali biz bilan bog’laning!

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun telefon:

(+998 93) 798 22 00