Bosh sahifa / WP-Lug’at

Ushbu WordPress tizimiga oid izohli lug’atda tizimni o’rganish, o’zgartirish va undan foydalanish jarayonida ko’p ishlatiladigan, WordPress tizimini o’rganayotgan har bir kishi bilishi shart bo’lgan atamalar jamlangan. Bu izohli lug’at faqat WordPress tizimi bilan chegaralanib olmasdan, unda tizimning ishlash mihitiga aloqador boshqa atamalar ham yoritilgan. Lug’at doimiy o’zgartirilib, yangi atamalar bilan boyitib boriladi.

A

ADMINISTRATOR – WordPress asosida ishlaydigan saytda eng ko’p huquqqa ega bo’lgan foydalanuvchi. Sayt tashkilotchisi. (ko’proq ma’lumot)

ADMIN (ADMINISTRATOR) PANEL – Foydalanuvchi tizimga login/paroli bilan kirganda ko’radigan saytni boshqarish paneli. (ko’proq ma’lumot)

AUTHOR – tizimda faqat o’zi kiritgan maqolalarni o’zgartirish va o’chirish huquqiga ega foydalanuvchi mansabi. (ko’proq ma’lumot)

B

BANNER – ingliz tilidagi ma’nosi BAYROQ. Saytga joylashtiriladigan turli hajmdagi, surat shaklidagi reklama. (ko’proq ma’lumot)

BACK END – saytning faqat administratorlar ko’radigan qismi. WordPressda ADMIN PANEL qismi tushuniladi. (ko’proq ma’lumot)

BBPRESS – WordPress asosidagi saytlarning forum tizimi. (ko’proq ma’lumot)

C

COMMENT – fikr. Maqola yoki sahifa oxirida ma’lumotga nisbatan sayt foydalanuvchilarining bildirgan fikri.

CONTRIBUTOR – tizimga maqola qo’sha oladigan, ammo uni chop eta olmaydigan foydalanuvchi mansabi. (ko’proq ma’lumot)

COOKIE – ingliz tilidagi ma’nosi: pishiriq. Server-brauzer o’rtasida almashiladigan ma’lumotlar birligi. (ko’proq ma’lumot)

CMS – ingliz tilidagi Content Management System so’zlarining bosh harflaridan olingan. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi. WordPress CMS hisoblanadi.

D

E

EDITOR – saytga kiritilgan maqolalarni tahrirlash, tasdiqlash va o’chirish huquqiga ega tizim foydalanuvchisi mansabi. (ko’proq ma’lumot)

F

FAVICON – ingliz tilida: FAVOURITE ICON. Saytning brauzer oynasi burchagida ko’rinib turadigan kichik hajmli taniqlilik yorlig’i. (ko’proq ma’lumot)

FOOTER – saytning oyoq qismi. Asosiy qismdan keyin, sahifalarning eng quyida joylashadigan qism.

FRONT END – saytning oddiy foydalanuvchilarga ko’rinadigan asosiy qismi. Sayt domeni yozilganda brauzerda birinchi bo’lib FRONT END ochiladi. (ko’proq ma’lumot)

G

GRAVATAR – inglizchada: GLOBALLY RECOGNIZED AVATAR. Gravatar ishlaydigan barcha saytlarda birdek ko’rinadigan, foydalanuvchi tomonidan bitta joydan boshqariladigan, foydalanuvchi email manziliga biriktirilgan foydalanuvchi fotosurati. (ko’proq ma’lumot)

H

HEADER – saytning bosh qismi. Asosiy qismdan oldin turadigan, sayt sahifalarining eng yuqori qismi.

I

J

K

L

M

N

O

P

PAGE – sahifa. WordPress tizimiga bo’limga aloqador bo’lmagan holda kiritiladigan, kamdan-kam o’zgartiriladigan ma’lumotlar jamlanmasi. (ko’proq ma’lumot)

PERMALINK – maqola yoki bo’limga olib boruvchi doimiy, o’zgarmas link. (ko’proq ma’lumot)

PLAGIN – ingliz tilida PLUGIN. Saytga qo’shimcha funksionallik taqdim eta oladigan kichik qo’shimcha dastur. (ko’proq ma’lumot)

POST – maqola. WordPress tizimiga bo’limlarga biriktirib kiritilishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar jamlanmasi. (ko’proq ma’lumot)

Q

R

S

SIDEBAR – yon tomondagi ustun, sayt sahifalarining o’ng yoki chap tomoni.

SEO – ingliz tilida: Search Engine Optimization. Sayt ma’lumotlari va tizimni qidiruv mashinalari uchun moslashtirish sohasi.

SUBSCRIBER – faqat tizimdagi o’zining profili ma’lumotlarini o’zgartira oladigan foydalanuvchi mansabi. (ko’proq ma’lumot)

T

TAG – kalit so’z. Maqolalarni mazmuniga ko’ra umumlashtirib bog’lovchi so’z. (ko’proq ma’lumot)

U

V

W

WPML – WordPress tizimidagi saytni ko’p tilli qilishda ishlatiladigan eng mashxur plaginlardan biri.

WPMU – Bitta o’rnatilgan WordPress tizimi asosida bir necha sayt tashkil qilish imkoniyati. (ko’proq ma’lumot)

WIDGET – saytning SIDEBAR, FOOTER qismida joylashtiriladigan, turli ma’lumot, modul va qo’shimchalarni aks ettiruvchi joy. (ko’proq ma’lumot)

X

Y

Z

16 ta fikr

  1. WPMU haqida to’liqroq yozsangiz bo’larkan

  2. cms bilan dvijokni farqi bormi?

  3. Saytning asosiy tilini o’zgartirish mumkinmi bu bilan. Masalan saytga kirganda ru yoki en tilidagi ko’rinishini ochiladigan qilsa bo’ladimi

  4. Buni WPMU dan farqi nima
    Maqolani yozishingizni kutib qolaman

  5. sallom . men sayt yaratdim faqat ichiga ma’lumot kiritganimdan keyin u ma’lumotlarni foydalanuvchilar yuklab olishadi , menga qanday foydasii bo’ladi men qanday plagin o’rnatay , shu haqda batafsilroq iltimos

  6. Shumi wp-lug’at juda qiziq

  7. Shakhzod Aminov

    Sayt judayam mukammal tayyorlangan.Hamma narsa bor,faqat bir iltimos,Wordpress bo’yicha «videourok» yomon bo’lmas edi

  8. Azamat aka qanaqa qilib wordpress ni yuklab olsa bo’ladi sselkasini junating iloji bo’lsa

  9. Salom,men ingliz tilini o’rganmoqchiman lekin inglizcha so’zlarni qanday o’qilishini xam bilmayman chunki bizning maktab darsliklarida ingliz fani yuq edi. Maslahat bering qanday osonroq o’rganish mumkin? Oldindan raxmat javob uchun!

  10. Agar rus tilini ham ingliz tilidek aniq o’rgatsangiz jon deb o’rganar edim. Ingliz tilini juda chiroyli o’rgatibsiz. Aniq va tushunarli. Rahmat.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*