Bosh sahifa / WordPress / O'rnatish va sozlash / WordPressda yuklanadigan fayl hajmi cheklovini oshirish

WordPressda yuklanadigan fayl hajmi cheklovini oshirish

WordPress asosida ishlaydigan saytingiz qanday serverda joylashtirilganligi va bu serverning fayllar yuklashga bo’lgan hajm chekloviga qarab WordPressning media kutubxonasiga yuklashingiz mumkin bo’lgan bitta faylning maksimum xajmi turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi serverlarda bu 2 mbgacha kam bo’ladi. 2 mb ba’zan saytga video/audio fayllarni yuklashni xohlaganingizda kamlik qilishi mumkin. Hajmi 2 mbdan kichik bo’lgan rasmlarni yuklash esa hech qanday muammo tug’dirmaydi. Ushbu maqolada WordPressga yuklanishi mumkin bo’lgan faylning maksimum hajm cheklovini qanday qilib oshirish haqida fikr yuritamiz.

Ko’rsatmalardan oldin eslatib o’tmoqchimanki, ba’zi serverlarda yuklanadigan fayl hajmi cheklovini o’zgartirish faqat hosting boshqaruvi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Agar quyidagi ko’rsatmalar Siz uchun ish bermasa, demak fayl hajmi cheklovi hosting tomonidan qat’iy belgilangan. Uni o’zgartirish uchun hostingizga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi.

Yuklanadigan fayl hajmini o’zgartirish uchun bir necha usuldan foydalanishimiz mumkin:

1. SHABLONNING FUNCTIONS.PHP FAYLI ORQALI

Ba’zi shablonlarning functions fayliga quyidagi kodni qo’yish orqali WordPressga yuklanishi mumkin bo’lgan fayl hajmi cheklovini ochirish mumkin:

@ini_set( 'upload_max_size' , '64M' );
@ini_set( 'post_max_size', '64M');
@ini_set( 'max_execution_time', '300' );

2. PHP.INI FAYLINI YARATISH YOKI TAHRIRLASH ORQALI

Ba’zi serverlarda Sizning saytingiz joylashgan root papkada php.ini fayli ko’rsatilmaydi. Agar bo’lsa, bu faylni tahrirlang. Bo’lmasa, yangi php.ini faylini ochib, ichiga quyidagi kodni yozing:

upload_max_filesize = 64M
post_max_size = 64M
max_execution_time = 300

Ko’pchilik uchun 64 mb belgilash ish beradi. Agar Siz uchun ishlamagan bo’lsa, hajmni 10 mb qilib o’zgartiring.

3. .HTACCESS FAYLI OQALI

Saytingiz joylashgan root papkada .htaccess fayli bo’lishi kerak. Bo’lsa, shu faylga, bo’lmasa .htaccess faylini yaratib unga quyidagi kodni yozib qo’ying:

php_value upload_max_filesize 64M
php_value post_max_size 64M
php_value max_execution_time 300
php_value max_input_time 300

Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ba’zi serverlarda yuqorida ko’rsatilgan amaliyotlar ish bermasligi mumkin. Bunda faqat hostingga murojaat qilib, yordam so’rashingiz kerak bo’ladi.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

16 ta fikr

  1. Azamat aka yangi ma`lumot uchun rahmat
    men bu narsa hostingga qarab bo`ladi deb yurgan ekanman
    yoki shunday hammi?

    • «Hostingga bog’liq» deganda qancha ko’p joyga ega bo’lgan hosting tarifini olsangiz, yuklash cheklovi ham shuncha katta bo’ladi, degani emas. Har bir hosting yuklanadigan fayl hajmi cheklovini o’zi belgilaydi va bitta serverdagi barcha tariflar bo’yicha ishlovchi saytlar uchun yuklash cheklovi bir xil bo’ladi. Albatta, hosting alohida mijozlari uchun alohida yuklash cheklovini o’rnatishi ham mumkin.

  2. E raxmat anchadan beri aynan shu ma’lumotni qidirib yuruvdim

  3. Azamat aka wordpressda jadval tuzish va usha jadvalni orqa fonini o’zgartirish haqida maqola qushing

  4. Salom AZAMAT aka adash ekanmiz!
    aka men uydagi kompyuterimga denwer o’rnatganman unga wordpress!
    Qandey-qilib yuklanadigan fayl hajmini oshirishim mumkin?
    Javobingiz uchun oldindan rahmat

  5. wodpressni exe fayili bormi sizda man topolmadim

  6. ziyonetda hajmini oshirishni ilojo bormi yani zn.uz da

  7. WORDPRESS Dagi saytm bazasiga qande kiramman php fayllari qayerda boladi

  8. Azamat aka localhost da sayt ochim siz yozganday qilib fayl yuklash cheklovini oshirish mumkin
    1. SHABLONNING FUNCTIONS.PHP FAYLI ORQALI shu orqali qildim bo’lmayapti

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*