Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / WordPressda SMTP sozlash

WordPressda SMTP sozlash

Deyarli barcha saytlarda Bog’lanish formasi bor. Bu forma orqali sayt foydalanuvchilari sayt ma’muriyati yoki administratorga xabar jo’natishlari mumkin. Bog’lanish formasini saytingizda o’rnatish juda oson. Contact Form 7 plagini har qanday saytning bog’lanish formasiga bo’lgan talabini qanoatlantira oladi. Ba’zi hostinglarda Contact Form 7 hech qanday ortiqcha sozlashlarsiz ishlashiga qaramasdan ko’pchilik hostlar saytingiz orqali xabarlarning jo’natilishini ta’minlashingiz uchun qo’shimcha sozlanmalarni amalga oshirishingizni talab qiladi. Ushbu maqolada aynan shu jarayonga to’xtalmoqchiman. Saytida bog’lanish formasi o’rnatilganligiga qaramasdan sayti orqali xabarlar jo’nata olmayotgan adminlar quyidagi ma’lumotlar orqali o’z saytlarida SMTP sozlab olishlari va xabarlarni muammosiz jo’natishlari mumkin bo’ladi.

Simple Mail Transfer Protocol (SMTP) elektron pochta orqali xabarlar jo’natish va qabul qilish standarti hisoblanadi. Agar saytingizdan email xabarlar jo’natilmayotgan bo’lsa, demak hostingizning o’zida email imkoniyati ishlamaydi, yoki qo’shimcha sozlashga muxtoj bo’ladi. Hosting servis provayderingiz bilan bog’langan holda hostingizdagi SMTP sozlanmalarini o’zingizga moslab olishingiz mumkin. Ammo saytingizda butunlay boshqa, tashqi SMTP server xizmatidan foydalanishingiz mumkinligini ham unutmang.

Misol tariqasida o’zim foydalanadigan Yandex pochtasi SMTP serveridan saytingizda qanday qilib foydalanishingiz mumkinligini ko’rsatmoqchiman. Sizda mail.yandex.ru tizimida pochta ochilgan bo’lishi kerak.

Saytingizda tashqi SMTP serveridan foydalanish uchun WordPress tizimida ishlashga mo’ljallangan maxsus SMTP plaginini o’rnatishingiz kerak. Bunday palginlar ko’p. O’zimga ma’qul bo’lgan plagin WP Mail SMTP. Uni saytingizga o’rnatganingizdan so’ng WordPress aytingizning administrator panelida, SozlanmalarEmail qismida SMTP sozlanmalarini topasiz. Sozlanmalarda quyidagi ma’lumotlarni yozishingiz kerak:

Host: ssl://smtp.yandex.ru

Port: 465

Encryption: SSL

Username: pochtangiz@yandex.ru

Password: parolingiz

Barcha bandlarni to’ldirganingizdan so’ng saqlash tugmasini bosasiz. Barcha sozlanmalar to’g’ri ekanligini, saytingiz orqali xabarlar ketishini tekshirish uchun Send a Test Email bandi orqali o’zingizga test xabarini yuborib ko’ring. Buning uchun Send a Test Email bandiga ishlaydigan email manzilingizni yozing va yuborish tugmasini bosing.

Test xabar yuborilgandan so’ng xisobot ko’rsatiladi. Agar natija bool(true) bo’lsa, demak saytingizdan sozlangan SMTP orqali xabar ketayapti. bool(false) qandaydir nosozlik borligini anglatadi va boshqa usullarda tekshirishni talab qiladi. Test xabar ishlaydigan email manzilingizga albatta yetkaziladi.

Agar barcha sozlanmalarni to’g’ri amalga oshirganingizdan so’ng ham bool(false) natijaga ega bo’lsangiz, test xabar email manzilingizga yetkazilmasa, hostingiz bilan maslahatlashib ko’ring. Balki ularda tashqi SMTP serverdan foydalanish imkoniyati cheklangandir. Masalan, aHost hosting provayderida tashqi SMTP serverlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu cheklovni olib tashlash va ushbu maqoladagi usulda SMTP sozlash uchun aHost mijoz paneliga kirib, yordam guruhiga ticket yuborishingiz kerak. Ticketda domeningizni ko’rsatgan holda tashqi SMTP serveridan foydalanmoqchi ekanligingizni qayd etasiz.

Saytlarda email sozlash va SMTP muammolarini hal qilishda pulli yordam kerak bo’lsa +998937982200 (+Telegram) raqamiga murojaat qiling.

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. Salom Azamat aka nega saytdan chat olib tashlangan iloji bo’lsa chatni qayta o’rnating

  2. Shu maqolada ba’zi imlo hatolar bor , ko’rib chiqing !!! S harifi qolib ketgan !!!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*