Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / WordPressda parol bilan himoyalangan maqolalar

WordPressda parol bilan himoyalangan maqolalar

Ba’zan faqat alohida shaxslar/foydalanuvchilar uchun saytga ma’lumot kiritishimizga to’g’ri keladi. Misol uchun, Siz ishxonangizda yig’ilish o’tkazdingiz va qaysidir masala xisobotini saytingizda e’lon qilishingizni yig’ilish qatnashchilariga aytdingiz. Bu xisobot faqat ish joyingizdagi shaxslarga tegishli bo’lganligi sababli saytingizda uni boshqalar ko’rishini xohlamaysiz. Bunday holatda yig’ilish qatnashchilariga chop etilajak xisobotingizni o’z ichiga olgan maqolani ko’rish uchun maxsus parolni berishingiz va xisobot yozilgan maqolangizga parol o’rnatishingiz kerak bo’ladi.

WordPress tizimida yangi maqolalarni parol bilan himoyalash imkoniyati mavjud. Agar maqola parol bilan himoyalangan bo’lsa, uni faqat parolga ega bo’lgan shaxslargina ko’ra oladi. Odatiy foydalanuvchilar esa faqat «Maqolani o’qish uchun parolni kiriting» eslatmasini o’qishadi, xolos.

Chop etiladigan maqolani parol bilan himoyalash matn muharririning o’ng tomonida joylashgan ustunning boshidagi Chop etish (Publish) bo’limida amalga oshiriladi. U yerdagi Ko’rinish (Visibility) sozlanmasini o’zgartirish linkini bosing va chop etiladigan maqolani himoyalash uchun Parol bilan himoyalash (Password protect) bandini tanlang:

U yerda yozadigan parolingiz faqat maqolani ko’rishi kerak bo’lgan shaxslargagina berilishi kerak. Ushbu yerda o’rnatiladigan parolga ega bo’lmagan foydalanuvchilar chop etilgan maqolani o’qiy olishmaydi.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

3 ta fikr

  1. Azamat aka bundan qanday foyda chiqadi. Shunisiga tushunmadim. Shunchalik maxfiy maqolalar ham bo`lishi mumkinmi?

    • Bu qulaylikning bir necha holatlarda foydasi tegishi mumkin. Misol uchun, saytning ba’zi ma’lumotlari faqat saytga pul to’lab a’zo bo’lgan kishilar uchun bo’lishi mumkin. «Saytga a’zo bo’ling va Sizga bir oy davomida barcha ximoyalangan maqolalarni o’qish uchun parol jo’natamiz!» kabi shartlar asosida saytda pulli a’zolik tizimini yaratish mumkin.

      Bepul, parolsiz ochiladigan maqolalarda berilgan tushunchalarning murakkabroqlari, yuqoriroq bosqichdagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallanganlari parol bilan himoyalangan holda pulli kontent sifatida sotilishi mumkin.

      Bundan tashqari ham parol bilan himoyalangan maqolalardan turli usullarda foydalanish mumkin.

  2. Qoyil zo’r funksiya ekan lekin

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*