Bosh sahifa / WordPress / O'rnatish va sozlash / WordPressda Gravatarlarni o’chirish

WordPressda Gravatarlarni o’chirish

WordPress tizimida juda faol ishlatiladigan Gravatar nima ekanligi haqida alohida maqola yozilgan edi. Foydalanuvchilarning ismlari yonida ko’rinib turadigan Gravatar rasmlari WordPress asosida ishlaydigan saytda foydalanuvchi bildirgan fikrlar va kiritgan maqolalarning tegishli joylarida bo’ladi. Gravatar rasmlari qanday hajmda, qayerda va qay tarzda ko’rinishini WordPress shabloni hal qiladi. Tizimning backend qismida ham foydalanuvchilar Gravatarlarini bildirilgan fikrlarni tasdiqlash sahifasida ko’rishimiz mumkin. Ushbu maqolada WordPress tizimida Gravatarlarni butunlay o’chirish haqida fikr yuritamiz.

Sizga Gravatar rasmlari yoqmasa yoki ma’lum sabablarga ko’ra Gravatar fotosuratlarini saytingizda ko’rinishini butunlay ta’qiqlamoqchi bo’lsangiz, WordPressning Sozlanmalar -> Muhokamalar (Settings -> Discussions) bo’limiga kirib «Show avatars» bandidagi belgini olib tashlashingiz mumkin:

Bu orqali saytingizning barcha Gravatar ko’rinishi mumkin bo’lgan joylaridan foydalanuvchi rasmlarini butunlay olib tashlagan bo’lasiz. Shundan so’ng saytingizning frontend qismida foydalanuvchilarning ismlari yonida ko’rinib turuvchi rasmlar ko’rsatilmaydi.

Bundan tashqari WordPress tizimining backend qismida foydalanuvchilar Gravatarlari ko’rsatilishi mumkin bo’lgan barcha joylarda ham rasmlar butunlay o’chiriladi. Masalan, bildirilgan fikrlarni boshqarish sahifasida ham foydalanuvchilar ismlari yonida Gravatar rasmlari ko’rsatilmaydi:

Saytingizda Gravatar rasmlarini ko’rsatasizmi, yo’qmi – bu to’liq o’zingizning tanlovingiz hisoblanadi. Gravatarning bo’lishi sayt ko’rinishiga ko’p jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatsa ham, uning bo’lmasligi saytning ishlash samaradorligiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. Bu narsani aslida zn.uz da qo`llagan yaxshi. Sababi ko`p hollarda ishlamaydi. Bunga ZiyoNet hodimlari qarab ham qo`yishmaydi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*