Bosh sahifa / WordPress / Ma'lumot / WordPress tizimining O’zbekistondagi kelajagi

WordPress tizimining O’zbekistondagi kelajagi

WordPress tizimi bugungi kunda butun internetning to’rtdan bir qismini boshqarayapti. Uning O’zbekiston saytlari bo’yicha ham birinchi o’rinda turganligini eng mashxur saytlarimiz aynan shu tizim asosida yuritilayotganligidan ko’rishimiz mumkin. WordPress tizimi bu mashxurlikka bepulligi, boshqarishdagi osonligi, tez-tez yangilanib turishi va yengil ishlashi tufayli erisha olgan.

Hozirgi kunda WordPress tizimining O’zbekiston uchun ajratilgan uz.wordpress.org rasmiy sayti deyarli bo’shligicha qolayapti. Tizimning rus tilidagi ru.wordpress.org qismiga e’tibor bersak, saytning ancha boyligi, yangilanib turishi va rivojlanayotganligini ko’rishimiz mumkin. Biz ham WordPress tizimining o’zbeklar uchun ajratilgan rasmiy saytini rus yoki ingliz tilidagi qismlaridagidek rivojlantirishimiz mumkin. Buning uchun ko’proq ko’ngilli dasturchilar, wordpresschilar kreak bo’ladi.

WordPress tizimining o’zbek tilisi hozircha 60% tarjima qilingan. Tarjima holatini translate.wordpress.org sahifasida kuzatishingiz, tarjimada belvosita ishtirok etishingiz mumkin. Tarjima to’liq bo’lgandan keyin o’zbek tili WordPressning keyingi yangi versiyalarida tanlash mumkin bo’lgan mukammal til paketi sifatida taqdim etiladi. Bu esa yanada ko’proq o’zbeklar WordPressdan osonroq foydalanadigan bo’lishini anglatadi.

WordPress O’zbekistonda yanayam yaxshiroq rivojlansa juda ko’pchiligimiz uchun ijobiy bo’lgan o’zgarishlar kutish mumkin. Masalan, yangi yo’nalishdagi sohada yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi. Bizda ham WordPressga ixtisoslashgan dasturchilar internet orqali o’z xizmatlarini taklif qilishadi, u orqali pul ishlaydigan bo’lishadi. Tizimni o’rganish asosida ko’proq kishi o’z saytini osonroq ochishi mumkin bo’ladi. Keyinchalik saytlar bozori shakllanadi, mavjud saytlarning sifati oshadi, tarmog’imizda o’zimizga xos sog’lom axborot muhitini shakllantira oladigan bo’lamiz. WordPress tizimining o’zi tekin bo’lgani bilan birga u orqali keyinchalik shakllanishi mumkin bo’lgan yaxshi imkoniyatlari ham bor.

Aprel oyidan e’tiboran tizimning uz.wordpress.org saytini shaxsan alohida e’tibor bilan yuritishga qaror qildim. Uni imkon qadar boyitib, o’zbek tilida so’zlashuvchi dasturchilar uchun o’z ona tilimizdagi yordam forumini tashkil etmoqchiman. Albatta, WordPress tizimi open source bo’lganligi uchun u hammaniki hisoblanadi. Shunday ekan, ommaviy mulkni yaxshilash hamda kelajakdagi yurdosh dasturchilarimizga uni mukammalroq ko’rinishda yetkazib berishga o’z hissamni qo’shishdan alohida xursand bo’layapman. 🙂

Agar Siz ham WordPress tizimi rivojiga hissa qo’shmoqchi bo’lsangiz, o’zbek tilidagi tizimning eng oqsayotgan jihati – tarjimaga bugundanoq yordam berishni boshlashingiz mumkin. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tib, mana bu yerdagi tarjima sahifasi orqali qisqa va oson satrlarni o’zbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin.

Keyinchalik uz.wordpress.org sayti doirasida tashkil etiladigan WordPress tizimining o’zbekcha yordam forumida faolroq bo’lishga harakat qiling. Bilganlaringiz bilan o’rtoqlashing, kimga yordam kerak bo’lsa, ko’maklashishga harakat qiling. WordPressning o’zbekcha qismini birgalikda rivojlantiraylik. Har bir yurtdoshimizning o’z saytini oson ochishlariga ko’maklashuvchi bu tizimning o’zbekcha qismi har birimizniki. Shunday ekan, uni o’z dasturimiz sifatida qabul qilib, imkonimiz boricha yaxshilashga harakat qilaylik!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

7 ta fikr

  1. Raxmatullo Begimqulov

    O’zbeklar tarjima qiliwsa, notog’ri tarjima qiladi yoki reklama bn to’ldiradi:)

  2. wordpress oddiy blogger hisoblanadi.

  3. bunda sayt qilish u-n dasturchi bo’lish shart emas chunki hozirgi kunda oddiy o’qtuvchila ham wordpressda sayt qilib o’zini dasturchiman deb etishmoqda

  4. Aslida dasturchi umman boshqa tushincha hisoblanadi. Uning u-n o’qish k-k ancha

  5. wordpressda juda ko’p tayyor functions variables bor agar shullardan savol bersa dasturchi javob bera oladi agar o’zi noldan wordpressda sayt qilgan bo’lsa WordPress eng odding cms hisoblanadi

  6. Man qilishni bilaman Lecactus.Ru oxshgan qilib, ammo nima naf ?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*