Bosh sahifa / WordPress / O'rnatish va sozlash / WordPress tizimida saytga a’zolikni yoqish

WordPress tizimida saytga a’zolikni yoqish

WordPress tizimi ilk bor o’rnatilganda saytga a’zolik o’chirilgan bo’ladi. Demak, yangi o’rnatilgan WordPress saytida istalgan foydalanuvchi saytga a’zo bo’la olmaydi. Ba’zi saytlar uchun bu yaxshi holat bo’lishi mumkin. Ayniqsa, saytni bir kishi yuritsa, sayt shaxsiy blog bo’lsa va sayt egasi foydalanuvchilarning faqat sayt ma’lumotlaridan foydalanishini xohlasa, ularning saytga ma’lumotlar qo’shishini istamasa yangi a’zolarning ro’yxatga olinishi o’chirilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Saytga a’zolik tizimini yoqishning esa saytning omma tomonidan ma’lumotlarga boyitilishini istaganlar uchun foydali tomonlari bor. O’z email manzili yordamida, login va paroliga ega bo’lgan holda saytga a’zo bo’lgan foydalanuvchilar saytga maqolalar, ma’lumotlar qo’shishi, belgilangan tartibdagi mansablar qulayligidan bahramand bo’lishlari mumkin. Ushbu maqolada WordPress asosida ishlaydigan saytlarda a’zolik tizimini yoqish haqida fikr yuritamiz.

WordPress tizimida yangi a’zolarning saytga qo’shilishlari Sozlanmalar -> Umumiy (Settings -> General) bo’limi orqali yoqiladi. Bu bo’limga kirganingizda quyidagi manzaraga guvoh bo’lasiz:

Membership (A’zolik) bandidagi Anyone can register (Har kim a’zo bo’lishi mumkin) qismiga belgi qo’ysangiz, saytda a’zolik tizimi yoqilgan hisoblanadi. Undan so’ng esa yangi a’zo bo’lgan foydalanuvchilarning qaysi mansabda bo’lishlari belgilanishi kerak bo’lgan bandni ko’rasiz. Yangi a’zo bo’lgan foydalanuvchilarga mansab tayinlashda ehtiyotkor bo’ling. Yuqoriroq mansab belgilangan holda istalgan yangi foydalanuvchi sayt ma’lumotlarini o’zi xohlagancha boshqarishi, hatto butunlay o’chirib yuborishi ham mumkinligini yodingizdan chiqarmang! Mansablar haqida to’liq ma’lumotni mana bu maqoladan olishingiz mumkin.

WordPressning standart holatida foydalanuvchilar www.saytnomi.uz/wp-signup/ linki orqali saytga a’zo bo’lishlari mumkin. Ba’zilar uchun WordPressning standart login va a’zolik formasi oddiydek tuyulishi mumkin. Ba’zi plaginlar yordamida WordPressdagi ushbu standart formalar chiroyliroq qilib bezatilishi mumkin. Pie register kabi plaginlar orqali esa standart formaga o’zgartirishlar kiritish, qo’shimcha ma’lumot yig’ish formalarini tashkil etish ham mumkin.

WordPressning backendidagi login va a’zolik formasidan foydalanishni istamasdan, saytning frontend qismida saytga kirish va a’zolik formalarini ko’rsatishni istagan sayt egalari uchun esa Profiles Builder kabi plaginlar mavjud.

Har qanday holatda ham WordPress asosida ishlaydigan saytingizda foydalanuvchilar a’zoligini yoqish yoki o’chirilgan holatda qoldirishni faqat o’zingiz tanlaysiz.

Abituriyentlar uchun test formulalari

22 ta fikr

  1. Salom Azamat aka . wordpress da plugindi qayerdan joylash kerakligini tushuntrvoring iloji bo’lsa

  2. Balki tushuntrsangiz o’rnata olarman . Post yozsam post butunlay bosh sahifada korinebdi shuni qanday togrlasam boladi . Davomi.. ga bossa maqola to’liq chiqadigan qilmoqchiman . Yordam be ring iloji bolsa

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*