Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / WordPress tizimida bildirilgan fikrlarni boshqarish

WordPress tizimida bildirilgan fikrlarni boshqarish

WordPress tizimi saytning fronend qismi orqali foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni avtomatik saytda ko’rsatish yoki administrator tasdiqlamaguncha saytga chiqarmaslik sozlanmasiga ega. Bu sozlanmalarni Setting -> Discussions (Sozlanmalar -> Muhokamalar) bo’limida topishingiz mumkin.

Sayt ma’lumotlariga undan foydalanuvchi istalgan kishi fikr bildirishini hisobga olsak, bildiriladigan fikrlarni avvalg administrator tasdiqlab, keyin uni saytda ko’rsatish sozlanmasini tanlaganimiz maqsadga muvofiq. Bu yo’l bilan saytda turli keraksiz reklama, yoki boshqa ma’lumotlarning chiqarilishiga qarshi kurashgan bo’lamiz.

Sayt orqali bildirilgan fikrlar administrator tasdig’ini saytning backend qismida kutadi. WordPress foydalanuvchilarining faqat administrator va editor mansabiga ega foydalanuvchilari bildirilgan fikrlarni boshqarishlari mumkin.

Bildirilgan fikrlar ro’yxat shaklida, eng yangi bildirilgan fikrlar ro’yxatning tepa qismida ko’rsatilgan holatda joylashtiriladi. Bildirilgan fikrlar ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borganimizda quyidagi tanlovlar ko’rsatiladi:

Tarjima to’liq bo’lmaganligi sababli yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan boshqaruv linklarida ba’zi kamchiliklar bor.

Birinchi o’rindagi «Approve» (Tasdiqlash) linki bildirilgan fikrni tasdiqlaydi va uni saytda chop etadi.

Ikkinchi link – «Javoban» (Reply Javob berish) linki bildirilgan fikrga javoban administrator yoki editor sharhini yozish uchun ishlatiladi. Bunda quyi qismda qo’shimcha forma ochilib, javobni yuborish va joriy fikrni tasdiqlash bir vaqtda amalga oshiriladi.

«Quick edit» (Tezkor tahrirlash) linki bildirilgan fikr ma’lumotlarini o’zgartirish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi yozgan ba’zi so’zlarni o’zgartirish hamda foydalanuvchining sayti, ismi, email manzili va hokazo ma’lumotlarini tahrirlash mumkin bo’ladi.

«O’zgartirish» (Edit) linki esa fikrni yangi sahifada, boshqa ko’proq imkoniyatlar bilan tahrirlash imkonini beradi

«Spam» sifatida belgilangan maqolalar WordPressning spamlar ro’yxatiga kiritiladi. Kelajakda shu foydalanuvchidan keladigan barcha boshqa fikrlar ham spam sifatida belgilanadi.

Oxirgi «O’chirib tashlash» linki esa bildirilgan fikrni WordPress tizimidan o’chiradi. Ammo barcha o’chirilgan fikrlar shu bo’limning «Trash» (Chiqindi) qismida saqlanadi. U yerdan ham o’chirilsa, bildirilgan fikrni qayta tiklashning imkoni qolmaydi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

3 ta fikr

  1. Azamat aka BOT larga qarshi biror bir narsa bormi. CAPTCHA dan boshqa. CAPTCHA qo`ysamam botlar yozib tashlayabdi boshqa saytimda

  2. Salom Azamat aka mening saytimda enigma degan tema edi.o`shanga qanday qilib silka tashlasa bo`ladi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*