Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / WordPress saytiga foydalanuvchilarning kirishi

WordPress saytiga foydalanuvchilarning kirishi

WordPress asosida ishlaydigan saytga kirish uchun saytning asosiy domenidan keyin /wp-admin deb yozish talab etiladi. Masalan, saytingiz domeni www.saytingiz.uz bo’lsa, kirish formasiga o’tish uchun www.saytingiz.uz/wp-admin manziliga murojaat qilishingiz kerak. Bu holatda quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan login formani o’z ichiga oluvchi sahifa ochiladi:

Ortiqcha izohga hojat yo’qki, ushbu formaga foydalanuvchi o’z login va parolini yozadi hamda saytning foydalanuvchilar uchun mo’jallangan bo’limiga o’tadi. Bundan tashqari ushbu sahifada yo’qotilgan/unutilgan parollarni tiklash uchun link bor. U orqali parolingizni ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rsatilgan emailingizga yuboriladigan maxsus ko’rsatmalar yordamida tiklab olishingiz mumkin. Agar saytga foydalanuvchi sifatida kirish fikridan qaytgan bo’lsangiz, login forma oxirida berilgan asosiy saytga qaytish linkini bosing.

WordPress asosida ishlaydigan saytlarga administrator foydalanuvchi sifatida kirish mana shunday tez va oson amalga oshiriladi!

Abituriyentlar uchun test formulalari

9 ta fikr

  1. Manimcha bu tez va oson emas. Bugungi kun internetida bu eng qoloq usul hisoblanadi!!!

  2. Assalomu Alaykum! XAMPP ni o`rnatdim, wordpressni ko`chirdim, shablon topdim, endi o`sha shablonni o`zgartirishim kerak (offlineda) shuni tushuntirvoring iltimos

  3. Azamat aka xampp ni ornatgandan keyin qanday wordpress ni brovzerda localhost/ da qanday ochsam boladi?

  4. WordPressni htdos papkaga kochrib xampp ishga tushrb brovzerda localhost/ da avtomatik tarzda ochadimi ?
    Iltmos toliqroq malumot bering.

  5. Saytim ga qanaqa qilib qo’shimcha admin tayinlashim mumkin iltimos tushuntirsangiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*