Bosh sahifa / WordPress / Yuritish / WordPress matn muharririda kodlarni ifodalash

WordPress matn muharririda kodlarni ifodalash

Ba’zan WordPress asosida ishlaydigan saytga ega foydalanuvchilar WordPressning matn muharririda HTML yoki JavaScript singari kodlarni ifodalashga qiynalib qolishadi. Buni o’zimning saytimda «Maqola yozing» bo’limi orqali yozilgan ba’zi maqolalardagi foydalanuvchilarning HTML teglarni to’g’ri ko’rsata olishmayotganida guvoh bo’ldim.

Gap shundaki, WordPressning standart matn muharriri har qanday HTML yoki boshqa dasturlash kodini to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchiga matn sifatida ko’rsatib bera olmaydi. Agar Siz sayt foydalanuvchilariga, misol uchun, BODY tegi haqida ma’lumot bermoqchi bo’lsangiz, hamda bu tegni kattalik va kichiklik belgilari ichiga olib yozsangiz, maqola chop etilganda Siz yozgan kod butunlay yo’qolib ketadi. Bu tizimning o’ziga xos xavfsizlik harakati hisoblanib, kodlarni foydalanuvchi brauzerida ochishni cheklashga qaratilgan. WordPress tizimining fikr bildirish tizimida ham huddi shu holatni ko’rishimiz mumkin: yozilgan har qanday dasturlashga oid kod to’liqligicha yo’q qilinadi.

Xo’sh, agar maqola kodlar haqida bo’lsa va bu kodlarni ko’rsatish zarur bo’lsa, bunda qanday yo’l tutish kerak? Javobni oddiy HTMLning CODE tegidan topishimiz mumkin. Matn muharrirda kodlarni ifodalash uchun avval matn muharririning «Tekst» (Matn) ko’rinishiga o’tib olishimiz va maqolada foydalanuvchiga ko’rsatilishi kerak bo’lgan kodni maxsus CODE tegi bilan o’rab olishimiz kerak bo’ladi. Quyidagi rasmda huddi shu holat ko’rsatilgan:

Rasmdagi holatda CODE tegi ichidagi barcha HTML kod foydalanuvchiga matn holatida ko’rsatiladi. Shu tarzda foydalanuvchi kodning qanday ekanligi haqida bilib olishi va uni hech qanday to’siqlarsiz o’qiy olishi mumkin.

Masalan: <html><title>Bu yerda kod yozilgan</title></html>

Bu usulda CODE tegidan WordPress tizimining fikr bildirish qismida ham foydalanishimiz mumkin. Kelajakda fikr yoki maqolalaringizda kod yozish ehtiyoji tug’ilsa, CODE teglaridan unumli foydalaning!

Bundan tashqari kod yozilgan abzatsni «Preformatted» sifatida belgilash ham kodlarning asl shaklda ko’rinishiga yordam beradi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. salom wordpressda postga yoki alohida sahifaga qanday qilib mover.uz utube.uz dan video joylash mumkin

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*