Bosh sahifa / WordPress / Ma'lumot / WordPress endi o’zbek tilida!

WordPress endi o’zbek tilida!

WordPress tizimining eng yangi versiyasi o’zbek tiliga tarjima qilib bo’lindi! Barcha WordPress qiziquvchilarini tizimning endi ona tilimizda ham to’la-to’kis faoliyat yuritishi bilan tabriklayman.

Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon WordPress tizimi o’zbek tiliga ko’ngilli tarjimonlar yordamida tarjima qilinib kelinayotgan edi. Joriy yilning 2-yanvar sanasida tarjima jarayoni to’liq yakunlandi. Endi WordPress tizimining eng yangi, o’zbek tilidagi versiyasini loyihaning O’zbekiston uchun ajratilgan sahifasi – uz.wordpress.org saytidan yuklab olishingiz mumkin. Kelajakdagi versiyalar ham aynan shu sahifa orqali o’zbek tilida taqdim etiladi.

Bundan tashqari WordPress tizimining o’zbek tilidagi Yordam Forumlarini ham ochishga muvaffaq bo’ldik. Ilgari loyihaninig o’zbek tili qismi uchun yordam forumlari mavjud emas edi. Hozirgi kunda Yordam Forumlarining tarjimasi amalga oshirilmoqda. Tarjima yakunida forumlarda tegishli bo’limlar ochiladi va o’zbek tilidagi savol-javoblar, muhokamalarga start beriladi.

WordPress asosida ishlaydigan saytingizni o’zbek tilida ishlatishni xohlasangiz mana bu saytga kirib, eng yangi tarjimalarni har bir qism uchun (Development, Continents and Cities, Administration, Network Admin) eksport qilib oling. PO va MO fayllarini qanday qilib ishlatish haqida mana bu maqoladan to’liq javob olishingiz mumkin.

Joriy e’lon qilingan tarjimalar ichida rus tilidagi so’zlar ham qolib ketgan. To’liq tarjimani qisqa fursat ichida mukammal darajaga yetkazishning imkoni yo’q. Tarjimalar vaqt o’tishi bilan takomillashtirilaveradi. Ko’ngillilar yordami va shaxsan o’zimning tashabbusim bilan yaqin kelajakda tarjimamiz ruscha so’zlardan to’liq holi bo’ladi.

Yangi yilning boshidan WordPress tizimining O’zbekistondagi yorqin kelajagi sari katta qadam tashlaganimiz bilan barchangizni tabriklayman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

12 ta fikr

  1. E Azamat aka odamni xursand qildiz

  2. Tarjimonlarga rahmat

  3. E, salomat bo’linglar!
    Juda yaxshi ish bo’ldi-da!

  4. Assalomu Alaykum Azamat aka siznikidaqa blog sayt ochish uhun nima qiliah kerak bo’ladi? Hostingda ishlashni bilaman WordPressni ham ko’p bolmasa ham tushuncham bor domain olishni bilaman. Saytni WordPressda ochmoqchiman.

  5. Azamat aka wordpress 4.7 versiyasida hatolik yuz berdi.

  6. Azamat aka hosting a joylab arxivdan chiqardim install qimoqchi bosam xatolik beryapti browser hammasi sahifa ochilmayapti readme.HTML ishlayapti denwerdayam ishlayapti

  7. Assalomu Aleykum Azamat aka men kareyaga bormoqchiman lekin mablag’im yetarli emas karestilini bilaman ja 100% masu lekin bilan agar testga qatnashsam albatta yutib chiqaman hozir men rassiyadaman agar internetdan turib imtihon topshirishni imkoni bolsa ayting yoki yordam bering

    • Iltimos, savolni qayerga yozayotganingizga e’tibor qiling. Saytda maxsus savol-javoblar sahifa aynan umumiy savollar uchun mo’ljallangan. Duch kelgan maqola tagida umumiy savolingizni yozishingiz to’g’ri emas.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*