Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / WordPress bilan internet orqali pul ishlash

WordPress bilan internet orqali pul ishlash

WordPress bugungi kunda O’zbekiston saytlarining katta qismini yuritib turgan bepul CMS bo’lishi bilan bir qatorda o’zbek va jahon internet bozorida pul ishlash imkonini beruvchi eng yaxshi dasturlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib faqat WordPressning o’zini juda yaxshi o’rgangan holda internet orqali pul ishlash mumkin. Ushbu maqolada WordPress tizimini o’rganib, u orqali qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida yozmoqchiman.

WORDPRESS SHABLONLAR. Avvalgi maqolalardan birida ThemeForest bozorida WordPress shablonlarni sotish orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkinligi haqida yozgan edim. ThemeForestda WordPress shablonlariga bo’lgan talab yuqori darajada bo’lib kelmoqda. Bir qarashda har qanday murakkablik va mavzudagi shablonni ham harid qilishayotganday tuyuladi. Aslida ham shunday. ThemeForest saytiga kirib ko’rsangiz, u yerda bir necha oy davomida birorta ham sotilmagan shablonni uchratmaysiz. Bu esa nafaqat professional WordPress dasturchilariga, balki endigina shablon yasashni o’rganib, bir necha yillik tajriba bilan o’z ustida ishlayotganlarga ham katta imkoniyat yaratadi.

ThemeForestdan tashqari yana bir nechta katta WordPress shablonlari sotish bozorlari mavjud.

Xorij bozorida shablon sotish masalasida ko’pchilikni jiddiy o’ylantiradigan nuqta sotilgan mahsulotlar pulini olish hisoblanishi hech kimga sir emas. Ammo bu masalaning yechimi Payoneer kartochkasi bo’lishi mumkin. Payoneer O’zbekistonlik dasturchilarga xorij elektron bozorlaridan to’lovlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Payoneer kartochasini ochish va olish bepul. Shunchaki saytiga kirib ro’yxatdan o’ting, yashash manzilingizni ko’rsating va Sizga bir oy ichida nomingizga ochilgan kartochkani bepul jo’natishadi!

Agar WordPress shablonlarini qanday qilib tayyorlash mumkinligini o’rganmoqchi bo’lsangiz, codex.wordpress.org saytida WordPress tizimini mukammal o’rganishni boshlashingiz mumkin. Hali WordPressni o’rganish uchun bilim yoki tajribangiz yetarli bo’lmasa, o’rganishni HTML va CSSdan boshlang. Azamat.uz saytimda ham WordPress tizimiga oid o’zbek tilidagi ba’zi ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

WORDPRESS PLAGINLAR. Tayyorlanishi shablonlarga nisbatan qiyinroq, ammo ko’pincha funksional kuchi ancha yuqori bo’lgan plaginlar tayyorlab sotish orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkin. Hozirgi kunda millionlab dollar pul ishlayotgan mashxur WordPress plaginlari mavjud. Siz tayyorlagan plagin ham vaqti kelib dunyoga mashxur bo’lib ketishi hech gap emas. Bunda muvaffaqiyatga erisha olmagan taqdirda ham plaginingiz Sizga uni tayyorlash uchun sarflagan vaqtingizga arzirli foyda keltiradi!

WordPress shablonlarni tayyorlashni o’rganmoqchi bo’lsangiz Google qidiruvida «WordPress plugin tutorial«, deb qidiring. Minglab darslar Sizga plagin yasashni o’rgatish uchun tayyorlab qo’yilgan!

WORDPRESS YORDAM. WordPress asosida ishlayotgan saytlar qancha ko’p bo’lsa, ularga texnik yordam ko’rsatishga bo’lgan talab ham shuncha ortadi. Hozirgi vaqtda xorijiy saytlarga yordam ko’rsatish xizmatini taklif qilmasdan faqat O’zbekistondagi WordPress asosida ishlaydigan saytlarga texnik yordam xizmatini tashkil etsangiz ham onlayn tijoratingiz yaxshi rivojlanishi mumkin. Xorijda muvaffaqiyatli ishlayotgan nechta WordPress Support saytlarini bilasiz? Ulardagi taklif qilinayotgan xizmat turlarining hech bo’lmaganda yarmini ham o’zbek internetida hozircha hech kim yo’lga qo’ya olmagan. WordPress saytlarini davriy backup qilish, muammolar bo’lganda bartaraf etish va yana boshqa bir qator avtomatlashgan xizmatlar taklif qilinsa O’zbekistondagi bir qator saytlar bunday xizmatlardan foydalanishga bo’lardi. Hozirgi kunda davlat saytlarining ba’zilari ham WordPress tizimiga o’tkazilayotganligi (masalan: Sharqshunoslik universiteti (tez kunda), «O’zbekistonda xorijiy tillar» elektron jurnali va boshqalar) kelajakda WordPress tizimi nafaqat oddiy bloggerlar va ko’ngilochar saytlarni, balki jiddiy portallarni ham yuritadi, degan tasavvurni bera oladi.

WORDPRESS ASOSIDA SAYT TAYYORLASH. Bu usulda pul ishlash hozirgi kunda ko’pchilik sayt tayyorlash bilan shug’ullanuvchilarning eng ko’p murojaat qiladigan tanlovi emasmi? Albatta, WordPress asosida sayt ochish, uni buyurtmachi talabi asosida sozlash va ishga tushirish to’liq boshidan oxirigacha kod yozish asosida ochiladigan saytlarga nisbatan ancha oson. WordPress tizimini keraklicha o’rnatib, sozlay olsangiz ham sayt ochish xizmatini taklif qilish orqali pul ishlab olishingiz mumkin bo’ladi.

WordPress asosida ushbu maqolada sanab o’tilmagan yana boshqa usullar bilan ham pul ishlash mumkin. Sizdan talab etiladigan yagona narsa – tizimni boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtirish va o’z bilimlaringizni yaratuvchanlik bilan ishlata olish!

Xulosa o’rnida oddiy bir haqiqatni eslatib o’tmoqchiman. Har qanday ish bilan katta pul topish mumkin. Faqat Siz bu ishni boshqalarga nisbatan ancha yaxshiroq uddalashingiz kerak. WordPress ham shunday ishlar jumlasidan: tizimni mukammal o’zlashtiring, o’z ishining mohir ustasiga aylaning va omad Sizga albatta kulib boqadi!

Abituriyentlar uchun test formulalari

47 ta fikr

  1. Assalomu Alaykum Azamat aka, WordPressda sait ochish bepulmi ?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*