Bosh sahifa / WordPress / O'rnatish va sozlash / WordPress admin panelidagi yashirilgan sirli sozlanmalar

WordPress admin panelidagi yashirilgan sirli sozlanmalar

WordPress tizimining ko’pchilik foydalanuvchilar uchun yetarli darajadagi saytni sozlash imkoniyatini beruvchi standart sozlanmalar paneli mavjud. Bu panel orqali saytingizning deyarli barcha qismlaridagi tegishli, kerakli sozlanmalarini o’zingizning talablaringizga mos ravishda o’zgartirishingiz mumkin.

Bundan tashqari WordPress tizimining yashirilgan, sirli sozlanmalar paneli ham borki, unda WordPress asosida ishlaydigan saytingizning barcha mavjud sozlanmalari bitta sahifada ko’rsatiladi. Bu o’ziga xos sozlanmalar panelida juda muhim va umumiy sozlanmalar jamlangan bo’lib, nima qilayotganingizni bilmaguningizcha sozlanmalarning birortasini ham o’zgartirmasligingiz kerak bo’ladi. Aks holda saytingizni ishdan chiqarib qo’yishingiz mumkin.

Siz uchun WordPressning standart sozlanmalar paneli imkoniyatlari keragidan ham ortiqcha bo’lishi mumkin. Ammo WordPressni o’rganayotgan ekanmiz, yashirilgan maxsus sozlanmalar panelining borligi, uning qanday ishlashi haqida bilmasdan o’tib keta olmaymiz. O’rganish maqsadida o’z saytingizda shu yashirin sozlanmalar panelini faollashtirishingiz va hech bo’lmaganda ko’rib chiqishingiz mumkin.

Yashirilgan sozlanmalar panelini ochish uchun saytingizning quyidagi manziliga murojaat qiling:

http://saytingiz-nomi.uz/wp-admin/options.php

Yuqoridagi sahifaga tashrif buyurganingiz zahoti Sizga saytingizdagi barcha mavjud sozlanmalar ko’rsatiladi:

WordPress haqida hamma narsani biz bilan birga o’rganing va har doim hayotning xavsiz tomonidan bo’ling 😉

Abituriyentlar uchun test formulalari

15 ta fikr

  1. Qoyil zo`r faqat ko`p bo`limid SERIALIZED DATA dgan menzu chiqyapdi unima degi ingliz tilda ekan?

  2. Ha bunaqa narsalarni bilgan yaxshi. Ammo lekin 1 ta xato srazi alvido.
    Azamat aka Fikr bildirish degan joyini temadan tarjima qilinadimi yoki *.mo dan
    men temani hamma joyini yaxshilab o`rgandim ammo lekin topomadim

  3. Azamat aka agar mumkin bo`lsa o`zingizdagi faylni bera olasizmi?

  4. Azamat ishlaringiz yaxshimi? Sahifa temasini ishlatganmisiz? Bosh sahifani kategoriyalarga qanday qilib bo’lish mumkin?

  5. Saytingizni tayyorlashda WordPressdan foydalangamisiz yoki boshqasidan

  6. http://saytingiz-nomi.uz/wp-admin/options.php qildik keyin > Hakker emasmisiz I Xatolik deb chiqarmoqda

  7. saytimda burchakdagi w belgisini bossam sozlanmalar chiqebdi lekin qaytb kirmebdi . yordam bering Azamat aka

  8. Cheatin’ uh?
    Sorry, you are not allowed to delete these items.

    shunaqa chiqayabdi optionsga kirsam nimadan bu Azamat aka

  9. ali.uz daqa shablon qanday qoyolaman nomi nima shablondi yordam bering Azamat aka

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*