Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / WooCommercening WebMoney imkoniyatlari

WooCommercening WebMoney imkoniyatlari

WooCommerce WordPress tizimida ishlashga mo’ljallangan, savdo sayti imkoniyatini yaratuvchi plagin hisoblanadi. Bu plagin yordamida saytingizda chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan, harid qilish uchun qulay, o’ziga xos tizimli tarzda namoyish etiladigan mahsulotlar savdosini yo’lga qo’yishingiz mumkin. WooCommerce dunyo bo’ylab juda ko’p saytlarda (3 milliondan ortiq) ishlatilishi sababli, u turli tillarga allaqachon tarjima qilingan.

Savdo saytlarini to’lov tizimlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, sotiladigan har bir mahsulot uchun to’lov amalga oshirilishi kerak. Internetdagi savdolar esa qulay, ishonchli va bir lahzada natija berish imkoniyatiga ega bo’lgan to’lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. WooCommerce plagini dunyoga mashxur to’lov tizimlarining deyarli barchasi bilan to’liq integratsiya qilingan.

MDH davlatlari va O’zbekistonda xalqaro elektron tizim sifatida ko’p foydalaniladigan WebMoney to’lov tizimi ham WooCommerce plaginiga to’liq integratsiya qilingan. WooCommerce WebMoney plagini yordamida saytingizdagi do’konni WebMoney tizimi orqali savdo qilishga osonlik bilan moslab olishingiz mumkin. Ingliz tili bilan yaxshi kelisha olmaydigan foydalanuvchilar uchun bu plaginning rus tilidagi yordam ma’lumotlari ham bor.

Ushbu maqola WooCommerce plaginini WebMoney tizimi yordamida ishlatishni istovchi foydalanuvchilar uchun eslatma tarzida yozildi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

5 ta fikr

  1. Ushbu plagen bn saytimda elektron maxsulotlarimni sotsam buladimi yani tulov avtomatik utadimi. Dvdbox.ws shu saytdagidek.

  2. Men wordpressda sport yangiliklar portali qilmoqciman shu sayt uchun eng kerakli plagenlar ruyxatini qayerdan topsam buladi. Google qidiruv uchun plagen bor ekan reyting forum shunga uxshash eng asosiy plagenlar k.k.

  3. Kun.uz daryo.uz azamat.uz shu saytlar qaysi plagenlardan fordalanadi? Chet tilini yaxshi bilmaganim sababli topishga qiynalyapman yordam bervoring.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*