Bosh sahifa / Grammatik mavzular / «Wish» ishtirokidagi gaplar (Wish Conditionals)

«Wish» ishtirokidagi gaplar (Wish Conditionals)

Wish ishtirok etgan gaplarda so’zlovchi hozirgi holatning boshqacha bo’lishini xohlaydi. Shuning uchun ham gapdagi «wish» so’zini «qani edi…» deb tarjima qilamiz. Bunday gaplarda berilgan mazmun haqiqatga to’g’ri kelmaydigan bo’ladi, shuning uchun hozirgi va kelasi zamondagi ish-harakatlarni ifodalash uchun o’tgan zamon ishlatiladi. «Wish»li gaplarni asosiy uchta zamonga ajratib o’rganib chiqamiz:

1. Hozirgi zamon. Wish ishtirok etgan gaplar noreal, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan bo’lganligi uchun, bu gaplarda ifodalangan hozirgi zamon ish-harakatlarini o’tgan noaniq zamon asosida tasvirlaymiz. Masalan, mana bu gapga e’tibor bering:

I wish I were in London now – Qani edi, hozir Londonda bo’lganimda edi.

So’zlovchi hozir Londonda emas, shuning uchun bu gapdagi ish-harakat (ya’ni Londonda bo’lish) – imkonsiz! Shuning uchun ham «BE» (bo’lmoq) o’tgan noaniq zamonda ifodalanayapti.

2. O’tgan zamon. Hozirgi zamon (yuqoridagi gapda) o’tgan zamon bilan ifodalangan edi. Endi o’tgan zamonning o’zi o’tgan tugallangan zamon bilan ifodalanadi. Mana bu gapga qarang:

I wish I had gone to the cinema yesterday – Qani edi, kecha kinoteatrga borganimda edi.

So’zlovchi kecha kinoga bormagan, endi hozir afsuslanib, kecha borganida yaxshi bo’lishini nazarda tutib gapirayapti. O’tgan zamondagi ish-harakat (had gone) o’tgan tugallangan zamon bilan ifodalangan.

3. Kelasi zamon. Wish ishtirokidagi noreal gaplarda kelasi zamonni ifodalash uchun «will» yordamchi fe’lining o’tgan zamon shakli «would»dan foydalanamiz. E’tibor bering:

I wish I would go to London next year – Qani edi, kelasi yil men Londonga borganimda edi.

So’zlovchi bu gap bilan kelasi yil o’zining Londonga bora olishini imkonsiz, deb hisoblaydi. Noreal gap bo’lganligi sababli kelasi zamondagi sodir etilishi ehtimoli bo’lmagan ish-harakat (would go) o’tgan zamondagi kelasi zamon bilan ifodalanayapti.

BUNDAN TASHQARI…

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan kelasi zamondagi noreal gaplarni ifodalashda ishlatilgan «wish… would…» qurilmasidagi gaplar hozirgi yoki kelasi zamondagi NOROZILIK, QARSHILIK va SHIKOYATga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Masalan:

I wish you would stop making so much noice – Qani edi siz ko’p shovqin qilmasangiz.

Men hozir yoki kelajakda (bundan keyin) sizning shovqin qilishingizga QARSHIMAN va shovqin qilayotganligingizdan SHIKOYAT qilayapman.

I wish I wouldn’t sleep so much – Qani edi men bunchalik ko’p uxlamaganimda.

Kishi o’zidan norozi bo’lgan holda ham bu turdagi gaplarni aytishi mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*