Widget

«Widget» (vidjet) – WordPress tizimida saytning frontend qismida qo’shimcha funksionallikni taqdim eta oluvchi bloklar birligi hisoblanadi. Vidjetlar sayt shabloni tomonidan belgilanadigan «vidjetlarga uchun moslashtirilgan joylar»da qo’yiladi.

Vidjetlar saytni yurituvchi foydalanuvchi uchun saytning ko’rinishi va funksiyalarini osonlik bilan o’zgartirish imkoniyatini berish maqsadida tashkil etilgan. Vidjetlarni osonlik bilan – ustiga sichqoncha tugmasini bosib, qo’yib yubormagan holatda vidjetlarni  bir joyda ikkinchi joyga olib borish orqali o’rnatish mumkin. Saytingizda qanday vidjetlar borligi va ularni qayerlarga qo’yish mumkinligini Ko’rinish -> Vidjet (Appearance -> Widget) bo’limidan bilib olishingiz mumkin.

Vidjetlar uchun moslangan joyning qayerda bo’lishi shablonga bog’liq. Shabloningizga qarab vidjetlar saytingizning yuqori (header), yon (sidebar), yoki pastki (footer) qismlarida joylashtirilishi mumkin. Aslida esa ularni qayerga joylashtirish borasida hech qanday cheklov yo’q. Shablon tayyorlanayotganda vidjetlarni saytning istalgan joyida joylashtirish imkoniyati bo’ladi.

Ko’pchilik shablonlarda vidjetlar juda faol ishlatiladi. Bugungi kunda deyarli barcha shablonlar vidjetlar tizimi uchun moslashtirilgan. Shablon mualliflari har bir shablon uchun mos keladigan qo’shimcha videjetlarni ham taklif etishadi. Ammo bu narsa har bir shablon uchun vidjetlar tizimini ishlatish majburiy, degani emas. Ba’zi shablonlarda umuman vidjetlar ishlatiladigan joy bo’lmasligi mumkin. Bu – to’liq normal holat. Agar saytingizning vidjet qo’yadigan joyib bo’lmasa, demak Siz ishlatayotgan shablon vidjetlar tizimi bilan ishlamaydi.

Vidjetlarning maqsadiga ko’ra juda ko’p turlari bor. Yuqorida aytib o’tilganidek, ba’zi shablonlar faqat o’zi uchun moslangan, maxsus vidjetlarni taklif etadi. Ba’zilari esa WordPress tizimida mavjud bo’lgan odatiy vidjetlardan foydalanadi. WordPress tizimining o’zida ham bir necha ko’p ishlatiladigan vidjetlar bor. Ular maqolalar ro’yxati, kalit so’zlar buluti, kalendar, menyu, bo’limlar ro’yxati kabi vidjetlarni o’z ichiga oladi.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. bo’lmaydigan sayt umuman yoqmadi qisqacha aytganda musur ^@_@^

  2. bu saytdan foydadan ko’ra zarar ko’p :*)

  3. Men Tanlagan Temada http://www.uz Da schyotchik quymoqchi Edim Widget lar qismida http://www.uz counter Widget yuq ekan buni qanday qushsam buladi PHPga qushimcha qilishim kerakmi yoki boshqa yuli bor Javob uchun Oldindan Raxmat

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*