Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / WEBSUM tizimida yangi hamyon ochish

WEBSUM tizimida yangi hamyon ochish

WebSum – bu O’zbekiston internetidagi jadal rivojlanayotgan qulay, ishonchli va arzon bo’lgan internet orqali to’lovlarni amalga oshirish tizimidir. WebSum tizimiga a’zo bo’lish orqali juda ko’p mahsulot va xizmatlar uchun online tizimda, internet orqali to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin. To’lov qilish mumkin bo’lgan mahsulotlar tanlovi juda keng: USB fleshkanda boshlab katta eranli televizor, yoki muzlatgichlargacha harid qilishingiz mumkin. Xizmatlar esa o’z ichiga O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan katta kompaniyalarning deyarli barcha xizmatlarini o’z ichiga oladi. Masalan, uyali aloqa xizmati; Beeline, UCell, UzMobile va hokazo, internet, hosting, domen va boshqa xizmatlar uchun to’lovlarni uydan chiqmagan holda amalga oshirishigiz mumkin. Xullas, WebSum tizimiga a’zo bo’lsangiz, O’zbekiston interneti orqali istalgan mahsulot yoki xizmatni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Tizimga a’zo bo’lish esa juda oson. Shunchaki quyida keltirilgan bosqichma-bosqich qadamlarni amalga oshiring va bir necha daqiqalar ichida Sizda ham WebSum hamyoni bo’ladi!

1. www.websum.uz saytiga kiring va «Ro’yxatdan o’tish» («Registratsiya») bo’limini tanlang.

2. Jismoniy shaxs («Fizicheskoe litso») sifatida ro’yxatdan o’tish bandini tanlang. Jismoniy shaxs sifatida ro’yxatdan o’tsangiz Sizga internet orqali to’lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan hamyon beriladi, ammo Siz bu hamyon vositasida nimanidir sota olmaysiz. Yuridik va jismoniy a’zoliklar o’rtasidagi asosiy farq ham shunda. Ammo shunga qaramasdan, jismoniy shaxs sifatida ro’yxatdan o’tsangiz, boshqa WebSum tizimi foydalanuvchilarining hamyonlariga pul o’tkazishingiz, yoki ularning hamyonlaridan pul qabul qilishingiz mumkin bo’ladi.

3. A’zolikdan o’tish formatini to’liq, aniq va ishonchlik ma’lumotlarga tayangan holda to’ldiring. Agar xatoliklarga yo’l qo’ysangiz, yoki yolg’on ma’lumot kiritsangiz, keyinchalik sayt orqali to’lovlarni amalga oshirishingizda muammolar payda bo’lishi mumkin. Eng muhimi pasport raqamingiz, telefon qaramingiz va email manzilingizning to’g’ri kiritilganligiga ishonch hosil qiling.

4. Ro’yxatdan o’tish muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqidagi yozuvni ko’rganingizdan so’ng a’zolik formasida ko’rsatgan email manzilingizga yuborilgan «A’zolikni tasdiqlash» xatini oching. U yerda WebSum a’zoligini tasdiqlash bog’i Sizga yuborilgan bo’ladi. Xatda keltirilgan bog’ yordamida a’zoligingizni tasdiqlang.

5. A’zolik to’liq tasdiqlanganligi haqida yozuvni o’qiganingizdan so’ng shaxsiy ID raqamingizni yozib oling. Bundan keyin WebSum orqali to’lovlarni faqat shu ID raqam orqali amalga oshirasiz. Hisobingizga pul kiritish ham shu ID raqam orqali bo’ladi. Kimdir Sizga pul yubormoqchi bo’lganda ham aynan mana shu ID raqamingiz orqali Sizning hamyoningizga mablag’ kirita olishadi.

6. Saytga o’z ID raqamingiz va parolingiz bilan kiring hamda a’zolikni tasdiqlash bo’limiga o’ting. Bu bo’limda a’zolikni to’liq nihoyalash uchun pasport nusxalaringizni (pasportning asosiy sahifasi va manziligiz yozilgan, «propiska» muhri tushirilgan sahifalarini skaner qilingan holda) saytga chiqarishingiz talab etiladi.

7. Pasportingizning asosiy sahifasi va «propiska» qismini skaner qilib saytga yuklang. Shundan so’ng 24 soat ichida Sizning a’zolikda kiritgan ma’lumotlaringiz va pasport nusxangizdagi ma’lumotlar o’zaro mos kelishiga WebSum ma’muriyati ishonch hosil qilgandan so’ng saytdagi a’zoligingiz «Tasdiqlangan» («Verifitsirovan») maqomini oladi.

Yuqoridagi oson bosqichlarni amalga oshirganingizdan so’ng Sizda WebSum hamyoni ochiladi! Endi yangi hamyoningizni to’ldirishingiz va internetda savdo qilishni boshlashingiz mumkin! Hamyonni to’ldirish usullari bir nechta: infokiosk orqali, bank orqali yoki UzKart online plastik kartochkalari orqali. WebSum hamyonini to’ldirish va tizim orqali to’lovlarni amalga oshirish haqida keyingi maqolalarda batafsil o’qishingiz mumkin.

Abituriyentlar uchun test formulalari

18 ta fikr

  1. registratsiya qildim lekin lichni kabinetga utolmayapti BAШ ID ga nima qo’yiladi?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*