Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / WEBSUM orqali to’lovlarni amalga oshirish

WEBSUM orqali to’lovlarni amalga oshirish

WebSum tizimida hamyon ochib, uning hisobini mablag’ bilan to’ldirganingizdan so’ng boshqa WebSum tizimi foydalanuvchilari hamyonlariga pul o’tkazishingiz, yoki kompaniya mahsulot va xizmatlari uchun pul to’lashingiz mumkin. Agar Sizda hali WebSum hamyoni mavjud bo’lmasa mana bu maqolani o’qing. Mavjud WebSum hamyoningizni to’ldirishni o’rganish uchun mana bu maqola bilan tanishib chiqing.

KOMPANIYALAR MAHSULOT/XIZMATLARI UCHUN TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISH. WebSum saytining asosiy interfeysige e’tibor bersangiz, unda ko’plab O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning xizmat va mahsulotlari uchun to’lov qilish imkonini beruvchi bo’limlarni ko’ra olasiz. Misol uchun, Beeline kompaniyasidagi raqamingizga pul o’tkazmoqchi bo’lsangiz, saytning «Uyali aloqa» bo’limida joylashtirilgan «Beeline» bo’limiga kirib pul to’lashingiz kifoya. Kompaniyalarning guruhlari sayt interfeysining chap tomonida roy’xat shaklida ko’rsatilgan. Eng ko’p to’lov qilinadigan, yoki qaysidir guruhga tegishli bo’lgan kompaniya uchun to’lovga o’tish bo’limi sayt interfeysining o’rta qismida ko’rsatiladi. Buni quyidagi rasmdan ko’rishingiz mumkin:

WebSumda kompaniyalarga to’lovlardan tashqari WebSum tizimidagi foydalanuvchilarning o’zaro bir-birlariga pul o’tkazishlarining ham imkoni yaratilgan. Bunda bir foydalanuvchi boshqa bir foydalanuvchining maxsus ID raqamini bilgan holda unga o’zi istagan miqdorda pul mablag’larini o’tkazishi nazarda tutilgan.

BOSHQA WEBSUM HAMYONIGA PUL TO’KAZISH – AZAMAT.UZ SAYTI MAHSULOT/XIZMATLARI UCHUN TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISH. Pul mablag’larini boshqa hamyonga o’tkazish, yoki azamat.uz saytining xizmat va mahsulotlari uchun to’lovni amalga oshirish uchun www.websum.uz saytiga o’z shaxsiy ID raqamingiz va parolingiz yordamida kiring. Saytning Sizga ko’rinib turgan o’ng tomon qismidagi menyudan «Mablag’larni o’tkazish» («Perevod sredstv») bandini tanlang:

Shundan so’ng ochilgan mablag’larni o’tkazish formasini to’ldirishga kirishishingiz mumkin. Formaning ID qismiga qabul qiluvchi shaxsning ID raqamini kiritishingiz kerak bo’ladi. Saytim uchun to’lovlarni qabul qilishda foydalanayotgan ID raqamim 1759. Demak, agar mening hisobimga pul mablag’larini o’tkazishingiz kerak bo’lsa, formaning ID qismiga 1759 raqamini kiritasiz.

Keyin to’lanayotgan summa yoziladi. E’tiborli bo’ling, chunki bitta «0» ko’proq yozilib ketsa, istaganingizga nisbatan ko’proq to’lov amalga oshirilishi mumkin. To’langan mablag’larni qaytarib olish imkoni bo’lmasligi mumkin 🙂

Formaning oxirgi, «To’lov maqsadi» qismida esa nima uchun to’lov qilayotganligingizni, email manzilingiz, telefon raqamingiz va boshqa ma’lutmotlarni kiritishingiz mumkin. Saytim orqali mahsulotlarni harid qilish uchun to’lovni amalga oshirayotganingizda to’lov maqsadiga email raqamingiz, telefon raqamingiz va yana bitta boshqa qo’shimcha telefon raqamini kiriting. Chunki sotib olayotgan mahsulotingizni yuklab olish uchun login/parol email manzilingizga hamda telefon raqamingizga SMS tarzida yuboriladi.

To’lovlarni o’tkazish formasi quyidagi ko’rinishda to’ldirilishi kerak:

Mana shunday oddiy amaliyotni bajarish orqali WebSum hamyonlarida o’zaro mablag’lar almashinuvi amalga oshirilishi mumkin. Saytim orqali mahsulot va xizmatlarga pul to’lash ham huddi shu tarzda qulay, tez va oson amalga oshiriladi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

33 ta fikr

  1. Sizni yaxshi tushundim,lekin meni dc.uzda id raqamim yo`qku.Ro`yxatdan ham o`tib bo`lmasakan

  2. Websum.uzdan Webmoniy.ru ga pul utkazmalarini amalga oshirish mumkinmi?

  3. websumning tel. raqamini bera olasizmi va qaysi vaqtlarda tel qilish mumkin?

  4. menga verifikatsiya berishmayapti, men bu masalada kimga murojat qilishim kerak?

  5. websum ishlamayaptiyu oktyabrdan beri pullik amallarni bajarib bumayapti

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*