Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Web dizaynda mos ranglar generatori

Web dizaynda mos ranglar generatori

Yanqin o’tgan bir necha oy davomida web grafika va web saytlar dizayniga qiziqishim kundan-kunga ortib borayotganligi sababli dizaynda ranglar mosligi mavzusi bo’yicha imkon qadar ko’proq maqolalar, ma’lumotlar o’qib o’rganishga harakat qilayapman. Albatta bu sohada rasmiy ma’lumotga ega bo’lgan, yoki bu yo’nalish bo’yicha bir nech yillardan beri faoliyat ko’rsatayotganlar uchun ranglar mosligi hech qanday muammo bo’lmasligi mumkin. Lekin men uchun web saytlar dizaynida ranglarning uyg’unligini topa olish, aslida bunaqa narsaning borligi men uchun juda katta ochilish bo’ldi.

Har birimiz did bilan tayyorlangan, ranglar mosligi ustalik bilan ta’minlangan saytlar dizaynini ko’rganmiz. Shaxsan o’zim bunaqa yaxshi dizaynga ega saytlarning bir nechtasini ko’rib, ularning ijodkorlariga qoyil qolganman. Ular ranglarni tanlashda, mavjuda ranglar bilan mos keluvchilarini topishda ranglar nazariyasi (color theory) sohasiga murojaat qilishar ekan. Bu nazariyada insonning ranglarga nisbatan psixologik munosabati ham e’tiborga olinar ekan.

Web saytlar dizayni uchun ranglar mosligini avtomatik aniqlab beradigan online generator haqida bilib olganimdan keyin mashq qilish maqsadida chizayotgan sayt dizaynlarim ham ancha yaxshi ko’rinishga kela boshladi. Bunda ranglar mosligining o’rni naqadar katta ekanligini ko’rish mumkin. Quyida yaqin o’tgan haftalar ichida chizgan (va chizayotgan) bir nechta oddiy, malaka oshirish maqsadida, bo’sh vaqtimda chizilgan saytlar dizaynlarini ko’rsatmoqchiman. Ularning birortasi ham tayyor emas, ammo ulardagi ranglar mosligi online ranglar mosligi generatori yordamida tuzilgan.

 

 

 Keyingi saytlar dizaynlarini chizishimda www.colorcombos.com sayti generatoridan foydalanishni reja qilganman. Fikrimcha, shu vaqatgacha foydalanilgan online generatorlar ichidan saralab olinganligi sababli, aynan shu sayt web sayt dizaynerlari uchun eng yaxshi yordamchi. Ayni vaqtda quyidagi ranglar mosligi menga juda yoqayapti va aynan shu moslik keyingi dizaynimning asos ranglari bo’ladi:

 Shu sohaga qiziqadigan boshlang’ich bosqichdagi barcha dizaynerlarga omad tilayman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

2 ta fikr

  1. Bu yerdan qanday foydalanish mumkin!

  2. Yaxshi maslahat. Ora sorada bizdaqa dizaynerlaga generatorlar kerak bo`lib qoladi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*