Bosh sahifa / Grammatik mavzular / VERY va TOO so’zlarining ishlatilishdagi farqi

VERY va TOO so’zlarining ishlatilishdagi farqi

Quyidagi ikkita gapga qarang. Ularning ma’nosida qanday farq bor, deb o’ylaysiz?

A: It is very hot.
B: It is too hot.

A oddiy darak gap hisoblanadi. Bunda shunchaki issiq ekanligi aytilgan.

Ammo B gapda esa qiyinchilik, noqulaylik, yomon sharoit ma’nosi bor. Balki bu gapdagi holatda kimdir o’zini yomon his qilayotgandir, yoki kimgadir bu issiqlik yoqmayotgandir.

Yana boshqa misollarni ko’ramiz…

C: Lisa is very tall.
D: Lisa is too tall.

C oddiy darak gap: Oho, qaranglar, Lisa juda uzun bo’yli qiz! Bu shunchaki uning bo’yiga nisbatan ta’rif.

Ammo D gapda salbiylik kayfiyati bor. Balki Lisaning bo’yi shunchalik uzunki, u har doim eshikdan kirishda boshini urib olar. Balki uning bo’yi shunchalik uzunligidan u boshqalar bilan teng holatda o’zini yomon his qilar.

Demak, yodingizda saqlashingiz kerakki, TOO so’zi har doim nimaningdir salbiy tarzda ortiqcha ekanligini bildiradi va har doim gapga salbiy ma’no beradi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

12 ta fikr

  1. TOO so`zining manimcha «HAM» deganam ma`nosi boru? Manimcha bu boshqa so`z shundaymi?

  2. Men grammatikaga va yangi so’zlar yodlashga juda qiynalyapman.
    Azamat aka ingliz tili oddiy uy sharoitida osonroq o’rganish uchun qanaqa mashqlar kerak ? yoki siz har kuni qanday ingliz tili mashqlarini odat qilganisiz ?

  3. Liza ham uzun bo’yli qiz. Inglizchada qanday bo’ladi?

  4. Baxtiyor Sheraliyev

    Ingliz tili grammatikasiga oid mavzularni ko’rib chiqmoqdaman. Fikrimcha juda kam yoritilgan va mavzular menga «to’mtoq» holda ko’rinmoqda. Ya’nikim, mavzudan so’ng barcha o’quvchida qandaydir ko’rinishdagi savollar hosil bo’lib qolmoqda. Shuning uchun men mavzuni iloji boricha kengroq va orginalroq yoritishni tavsiya qilgan bo’lar. Masalan, noto’g’ri fellarning ikkinchi va uchinchi shakli bag’ishlangan mavzuni o’qib deyarli hech narsaga tushunmadim. Shunchaki turli zamonlarda misol keltirib berilgan xolos. Muallif mavzuni yoritish davomida ingliz tili o’rganuvchilarining ushbu mavzu bilan bog’liq ko’p uchraydigan xatolarini biladi, shuning uchun mavzuga mos gapni misol keltirish bilan birga uning tagidan gapning mana bunday ko’rishda tuzilishi xato yoki bu ko’rishda gapni tuza olmaysiz desa o’rganuvchilarga yanada qulay bo’lgan bo’lar edi.
    Azamat, sizning ingliz tili bilish darajangiz yoki pedagogik mahoratingizda biror qusur mavjud ekanligini istesno qilgan holda, sizga ingliz tilini online o’rgatishda metodikaga ko’proq e’tibor berishingizni iltimos qilar edim, zotan bu sizda bor, men buni sizning psixologik maqolalarda qo’llagan taktikangizdan sezganman. Deyl Karnegini sevimli psixologim deb qayd etgansiz, shunday ekan uning bir fikri menimcha sizning yodingizda bo’lsa kerak: kishilarga yangi narsani o’rgatishdan ko’ra ularning eski bilimlariga qo’shimcha ravishda biror narsani o’rgatish osonroq kechadi.
    Mashaqqatli va farahbaxsh mehnatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

  5. Ingliz tilini 4 yoshimdan beri organyapman ln xaligaca sust man.4-chi sinfgacha organganlarim xammasi esimda ln undan buyogi kallamga kirmidi.nimagaligini bilmiman.advice digan sozni 20 ta mashqda iwlagan bosam 20 marta lugat titkiladim.oson yolini topomayamman

    • Baxtiyor Sheraliyev

      Dilnozaxon, singlim, unchalik ko’p bo’lmasada siz bilan o’z tajribamni bo’lishmoqchiman. Sizdagi holat menda ham bo’lib turadi. Ayrim so’zlarni qayta qayta ishlatishimga qaramasdan tarjimasini esimdan chiqarib qo’yaman, lekin shu narsa aniqki biz doim bizga kerakli narsani eslab qolamiz, shunchaki qilingan narsalar esa doim esimizdan chiqadi. Ya’ni ingliz tilini hayotiy qilib o’rganmas ekansiz, uni to’liq o’rgana olmaysiz. Kundalik sharoitda ishlatilmaydigan so’zlarni yodlashga harakat qilishning keragi yo’q, shunchaki ozgina bo’lsa ham o’rganing va uni hayotga tadbiq qiling. Avvaliga qiyin bo’lishi turgan gap, lekin mana ko’rasiz, asta-sekin hammasi izga tushib ketadi. Eng muhimi ichki intilish.

  6. Chunki xotira past bosa qiyin

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*