Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Vahimachilar uchun telefon raqamsiz SMS-tasdiqlash

Vahimachilar uchun telefon raqamsiz SMS-tasdiqlash

Bugungi kunda ko’pchilik online xizmatlar va ijtimoiy dasturlar SMS tasdiqlash asosida foydalanuvchi profillarini aktivlashtiradi, parollarni tiklaydi yoki boshqa xavfsizlik amaliyotlarini bajaradi. Doimiy ishlatadigan profil va dasturlaringiz uchun o’z raqamingizni ishlatishingiz to’g’ri bo’ladi. Chunki qachondir parolingizni unutsangiz, yoki profilingizni o’chirmoqchi bo’lsangiz raqamingizdan foydalangan holda kerakli ishni osongina bajara olasiz. Ammo faqat bir martagina ishlatilayotgan xizmatlar va a’zoliklar uchunchi?

Ba’zan shunday vaziyatlar ham bo’ladiki, Siz bir faylni yuklab olmoqchi bo’lasiz, yoki bir saytda ro’yxatdan o’tishga majbur bo’lasiz. Shunday vaqtda Sizdan telefon raqamingizni yozishingizni va SMSda kelgan kodni kiritishingizni so’rashadi. Ba’zilar bir marta ishlatiladigan xizmatlar va saytlarga o’z raqamini yozishni ishtamaydi. Shaxsan men umuman xohlamayman. Bilmagan holda «La Liga» SMS xabarnomalariga a’zo bo’lib keyin ancha vaqtgacha futbol yangiliklaridan majburiy xabardor bo’lib yurishdan qutulolmaganimdan buyon saytlarga telefon raqamimni o’ylab yozadigan bo’lganman. Ishonamanki, nomer yozish bo’yicha mendek vahimachilar juda ko’p. Biz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etuvchi raqamsiz SMS-tasdiqlash xizmati saytlari haqida Sizni ham xabardor qilishni istadim.

Yaqinda telefon raqamlar katalogi saytining tarkibiy qismi uchun bepul SMS-tasdiqlash xizmatlarini internet orqali izlagandim. Izlashim mobaynida yangi sayt uchun foydasiz, ammo boshqa tomonlardan juda foydali bo’lishi mumkin bo’lgan bir nechta xizmatlarda duch keldim.

Receive SMS saytida Sizga bir nechta Amerika raqamlari taqdim etiladi. Raqamlarning pastki qismidagi real vaqtda yangilanib turiladigan SMS xabarlar ro’yxatida shu raqamlarga yuboriladigan SMS xabarlari avtomatik ko’rsatib boriladi. Siz o’zingiz istagan biror sayt yoki dasturda Receive SMS saytida keltirilgan raqamlardan birini yozasiz, parolni tiklash yoki profilni tasdiqlash SMS kodi shu saytning o’zidagi xabarlar ro’yxatida bir necha soniya ichida ko’rsatiladi. Bu usulda tasdiqlash raqamingizni yashirin holda saqlaydi. Bundan tashqari O’zbekiston raqamlari uchun ruxsat bermaydigan, faqat xorij raqamlariga tasdiqlashni taqdim etadigan saytlar uchun bu raqamlar juda qo’l kelishi mumkin. Hostingerdan bepul hosting olish muammosi yodingizdami? Endi Receive SMS saytidagi raqamlar orqali har qanday a’zolikni tasdiqlab olishingiz mumkin.

Receive SMS now sayti ham yuqoridagi kabi bepul SMS qabul qilish xizmatini taklif qilar ekan. Farqli ravishda, bu saytda faqat Amerika emas, boshqa davlatlar raqamlari ham keltirilgan. Mana bu saytda esa bepul SMS qabul qilishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi 10 ta sayt ro’yxati keltirilibdi.

Bu xizmatlarni birinchi bor ko’rganimda ham, Sizga tavsiya qilib ular haqida yozayotganimda ham «Aynan men foydalanmoqchi bo’lgan xizmatlarda bu saytlarda berilgan raqamlar allaqachon ishaltilgan bo’lsachi?», degan savol tug’ildi. Mening vaqtincha bo’lsa ham ochilgan profilim parolini istalgan boshqa kishi hammaga ochiq ko’rinadigan raqam va SMS orqali tiklab olib, o’zgartirib ishlatsa nima bo’ladi? Bu masalada biror narsa deya olmayman. Balki bir marta tasdiqlashdan keyin bu raqamlar aynan shu xizmat uchun ishlamay qolar. Balki bepul raqamlar har kuni o’zgartirilib, yangilab turilar. Nima bo’lganda ham bu raqamlarni faqat jiddiy bo’lmagan, vaqtincha xizmatlardan foydalanish uchun ishlating. Jiddiy, o’zingizga muhim bo’lgan ma’lumotlar saqlanadigan xizmatlarda esa faqat o’z raqamingizdan foydalaning! Shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi masalasiga jiddiy qarang!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Bitta fikr

  1. rossiya uchun qulay bugan saytni aytib yuboralasizma

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*