Bosh sahifa / Abituriyentga / Uyqu haqida 7 yolg’on

Uyqu haqida 7 yolg’on

Yaqin bir necha hafta davomida uxlash vaqtimni to’g’ri taqsimlash borasida juda qiynalayapman: ish ko’p, vaqt kam, uxlash zerikarli va uxlaganda hayotning ko’p qiziqarli lahzalarini o’tkazib yuborayotganimdek tuyulayapti. Fikrimcha, ilm olish yo’lida harakat qilayotgan, imkon qadar ko’proq vaqt uyg’oq qolib kitoblar o’qish, testlar bajarish va kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishni xohlovchi abituriyentlar ham uyquning muvozanatiga qiziqishadi. Shuning uchun kishi kundalik faoliyatini bemalol davom ettirishi va shu bilan bir qatorda sog’ligiga zarar yetkazmaydigan darajada uyg’oq qolishi haqida internetda ko’p izlanish olib bordim. Hulosalarim shu bo’ldiki, uyqu, uning kerakli miqdori va kam uxlashning zarar yoki foydali jihatlari haqida ko’pchilik biladigan, ishongan tushunchalar yolg’on ekan. Mana uyqu haqidagi 7 yolg’on:

1. KUN DAVOMIDA TETIK HARAKAT QILISH UCHUN 8 SOAT UXLASH KERAK. Sakkiz raqamida hech qanday sehr yo’q. Aslida necha soat uxlash kerakligi hammada har hil. Agar 6 soatli uyqu bilan kun davomida uyqisiramay, tentiramay yura olsangiz, demak Siz uchun 8 soat uxlash shart emas. Har kim o’z uxlash soatini o’zining holatiga qarab aniqlab olishi kerak. Nyu York universiteti ruhshunosi Joyce Walsleben izlanishlari natijasida shunday hulosaga kelgan.

2. IMKON TOPSANGIZ KO’PROQ UXLANG – SOG’LOM BO’LASIZ. Bu yog’lon ekan. British Columbia universiteti yordamchi professori Najib Ayas ta’kidlashicha, sutkada 6-8 soat uxlagan kishilarga nisbatan undan ancha ko’proq uxlagan kishilar orasida o’lim soni yuqori darajada ekan. Balki uyqu, balki uzoq muddat harakatsizlikning asorati tufaylidir, ko’p uxlagan odamda qandli diabet kasalligiga moyillik kuchayar ekan. Kamroq uxlashga harakat qiling!

3. SUTKASIDA 4 SOATLI UYQU BILAN HAM YAXSHI YASHASH MUMKIN. Afsonaviy kam uxlovchilar: Bill Klinton, Madonna, Margaret Tetcher. Ular sutkasiga 4 soat uxlashgan. Ular uyqisiramay yurishgan deb o’ylaysizmi? Uyqisirashgan, ammo shunchalik band bo’lishganki, hatto uxlagisi kelayotganligini o’zlari ham bilishmagan, deb hisoblaydi Ruhiy Sog’lomlik Milliy Instituti doktori Thomas Wehr. Kam uxlash sog’lik uchun juda zararli. U tananing immunitet tizimini parchalaydi, e’tibor, o’rganish, harakatchanlikni kamaytiradi va vazn ortishiga olib keladi. Juda kam uxlashdan saqlaning!

4. TUNDA UYG’ONIB KETSANGIZ, KUNDUZI CHARCHAB YURASIZ. Yolg’on. Inson tunda hatto bir necha marta uyg’otilsa-yu, keyin yana uxlashda davom etsa, bu uning kunduzgi charchash holatiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Muhimi, tungi uyquning uyg’otilgandan keyin davom etishi. Inson organizmi yarim tunda uyg’otilgandan so’ng uxlashda davom etilsa uyqu davomiyligini uzluksiz deb qabul qilish xususiyatiga ega.

5. HAR KECHA SURUNKALI UYQUSIZLIK BO’LSA, DORI ICHISHINGIZ KERAK. Uyqu dorilari faqat uyquga ketish jarayoninigina boshlab berish xususiyatiga ega. Uyqu dorilari insonning butun tun davomida uxlashini ta’minlay olmaydi. Agar Sizda uyqusizlik bo’lsa, yodingizda bo’lsinki, uyqu dorilarini ko’p iste’mol qilish Sizga foyda keltirmaydi. Uyqusizlik sabablari ko’p bo’lishi mumkin. Eng yaxshi yo’li – shifokor bilan maslahatlashib, ularni bartaraf etishdir. Faqat ko’zingizni yumib olishingizga yordam bera oladigan uyqu dorilarini ko’p iste’mol qilib sog’ligingizga zarar yetkazmang!

6. KAM UXLASH KASALLIKLAR OLIB KELADI. Kam uxlash hech qanday kasallikni keltirib chiqarmaydi, faqat organizmning himoya xususiyatini kuchsizlantirib, turli kasalliklarga moyil qilib qo’yadi. Natijada kuchsizlangan organizmga kasalliklar osonlik bilan o’rnashib oladi. Kam uxlashning o’zi esa hech qanday kasallik manbai emas.

7. KO’P KOFE ICHISH UYQUSIZLIK KASALLIGIGA OLIB KELADI. Agar bu gap rost bo’lganda menda uyqusizlikning eng yuqori bosqichi paydo bo’lgan bo’lardi. Ko’p kofe iste’mol qilish organizmning uyg’oq holda qolishini ta’minlaydi. Kofein miqdori yuqori bo’lgan organizmning uyquga moyilligi kamayadi. Ammo kofeinning ko’p miqdorda iste’mol qilinishi uyqusizlik keltirib chiqarmaydi. Organizm kofega o’rganib qolib ma’lum davr davomida huddi uyqusizlikdek uxlashga qiynalishi mumkin, ammo bu uyqusizlik kasalligi emas. Kofe ichishni to’liq to’xtatib, odatdan qutulish davri to’liq o’tganidan so’ng uyqu yana tabiiy holatiga qaytadi.

Barchaga shirin uyquga to’la tun va samarali faoliyatga boy kun tilayman. Yashash uchun uyg’oning!!!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

6 ta fikr

  1. Rahmat zo’r ma’lumotlar ekan

  2. Bu maslaxatlar xammaga xam t6g’ri kelmaydi 4unki xammani imuniteti xar deb 6yleyman t6g’rimi?

  3. xar xil deb 6yleyman

  4. To’g’ri, hamma odamda har xil. Lekin o’rtacha 7 soat yetarli menimcha.

  5. Agar obetdan keyin soat 2 larda albatta yarim yoki bir soat uxlab olsangiz tasiri kechki uyqudan ancha kuchli bo’ladi yarim soat uxlash 1 soatga to’g’ri keladi

  6. uyqusizlik uchun kofedan kora olma yaxshiroq men shuni maslahat bergan bolardim olma ham foydali ham uyqusiz yurushga yordam beradi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*