Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Tugallangan modallar

Tugallangan modallar

Modal fe’llari bilan «have/has+sifatdosh 2» shaklidagi fe’llar ishlatilishi mumkin. Ular o’tmishda sodir bo’lgan yoki bo’lmagan ish-harakatlarning nega sodir bo’lgan yoki bo’lmaganligini tahminan asoslashga nisbatan ishlatiladi. Bunday gaplar ingliz tili grammatikasidagi testlarda ko’plab uchraydi. Modal fe’llarining tugallangan zamon bilan birga ishlatilishidagi asosiy farqlarini imkon qadar ixchamlashtirib, quyidagicha eslab qolish oson bo’lgan formulalar asosida tushuntirishga harakat qildim. Misollardagi «done» fe’li Sifatdosh 2 o’rnida ishlatilgan. «Done» fe’lining o’rnida har qanday boshqa bir Sifatdosh 2 shaklidagi fe’l ishlatilishi mumkin.

SHOULD HAVE DONE – bajarishi kerak edi, ammo bajarmadi. Bajarilishi maslahat berilgan edi.
SHOULDN’T HAVE DONE – bajarildi, ammo bajarilmasligi kerak edi. Bajarilmasligi maslahat berilgan edi.
COULD HAVE DONNE – bajarishi mumkin edi, imkoniyati bor edi, ammo bajarmadi.
COULDN’T HAVE DONE – bajarmadi, ammo xohlab, harakat qilganida ham bajara olmagan bo’lar edi.
MIGHT HAVE DONE – bajargan bo’lsa kerak, o’tgan zamon ehtimoli (50% ehtimol).
MAY HAVE DONE – bajargan bo’lsa kerak, o’tgan zamon ehtimoli (50% ehtimol).
MUST HAVE DONE – bajargan bo’lishi kerak, o’tgan zamondagi tahminning kuchli aytilishi.
CAN’T HAVE DONE – bajargan bo’lishi mumkin emas, bajarilmaganligiga aniq ishonch bildirish.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*