to yoki ing?

Xabaringiz borki o’zidan keyin TO infinitiv va ING gerund keladigan maxsus fe’llar mavjud. Ammo ularning ba’zilaridan keyin TO ham ING ham kelishi mumkin. Shunday fe’llarning ba’zilarini ko’rib chiqamiz va qaysi holatda TO, qaysi holatda ING ishlatilishini o’rganamiz.

REMEMBER + TO yoki + ING

Remember fe’lidan keyin infinitiv yoki gerund ishlatilishida «remember» («eslamoq») ish-harakatining qaysi vaqtda sodir etilayotganligiga e’tibor berishingiz kerak.

Agar biror ish-harakatni bajarishdan OLDIN «eslash» bo’lsa, remember fe’lidan keyin TO infinitiv ishlatiladi. Masalan: Tom remembered to lock the car before he went into the building – Tom binoga kirishidan oldin mashinasini qulflashni esida saqladi. (eslash mashinani qulflashdan oldin amalga oshirilayapti, shuning uchun fe’ldan keyin TO infinitiv ishlatilgan).

Bordi-yu eslash biror ish-harakatni bajarib bo’lgandan KEYIN amalga oshirilsa, bu holatda remember fe’lidan keyin ING gerund ishlatiladi. Masalan: Tom was inside the building and he clearly remembered locking the car. – Tom bino ichida edi va u mashinani qulflaganligini aniq eslay olardi.

TRY + TO yoki + ING

Try («harakat qilmoq, urinmoq») fe’lidan keyin ham yoki infinitiv yoki gerund ishlatilishi mumkin. Bunda «harakat qilmoq, urinmoq» fe’lining bajarilishidagi munosabatga e’tibor beramiz.

Agar ish-harakatni bajaruvchi nimadir qilishga qattiq harakat qilsa, bor kuchini sarflab urinsa, try fe’lidan keyin TO infinitiv ishlatiladi. Masalan: Tom tried to come to our party but he was too busy working in his office. – Tom bazmimizga kelishga harakat qildi ammo u idorasidagi ishib bilan juda band edi. Tom kelishga qattiq kirishib harakat qilgan, ammo band bo’lganligi uchun uddalay olmagan.

Kimdir nimanidir bajarishga shunchaki urinib ko’rsa, qattiq harakat qilmasdan shunchaki nimanidir bajarishni sinab ko’rsa, try fe’lidan keyin ING gerund ishlatiladi. Masalan: Tom tried drinking some juice to see if he liked it. – Tom sinab ko’rish uchun sharbatdan bir oz ta’tib ko’rdi. Tom bu ishni shunchaki sinov uchun, hech qanday qattiq kirishish yoki harakat qilishsiz amalga oshirdi.

LIKE + TO yoki + ING

Yoqtirish fe’lidan keyin infinitiv yoki gerund ishlatilishida ham so’zlovchining ish-harakatga nisbatan munosabatiga e’tibor qaratamiz.

Agar so’zlovchi «yoqtiraman» degan so’zi orqali «rohatlanaman», «bu ishni bajarishdan ma’naviy zavq olaman» degan ma’noni anglatayotgan bo’lsa, demak LIKE fe’lidan keyin ING gerund ishlatiladi. Masalan: I like listening to music. – Men musiqa tinglashni yoqtiraman. Men musiqa tinglaganimda rohatlanaman, zavqlanaman, degan ma’no keltirib chiqariladi.

Agar kimdir «yoqtiraman» deyish orqali «bu ishni bajarish to’g’ri hisoblanganligi uchun yoqtiraman», «shu ishni qilish hammaning nazdida to’g’ri bo’lganligi uchun yoqtiraman», degan ma’no anglatilsa LIKE fe’lidan keyin TO infinitiv ishlatiladi. Masalan: I like to clean my shoes before I go out every morning. – Har ertalab tashqariga chiqishdan oldin men oyoq kiyimlarimni tozalashni yoqtiraman. Bunda so’zlovchi oyoq kiyimlarini tozalashdan rohatlanmaydi, zavqlanmaydi. Shunchaki, toza oyoq kiyimlarda yurish odobli, yaxshi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham bu ishning to’g’ri ish, deb hisoblaganligi sababli u har ertalab oyoq kiyimlarini tozalashni yoqtiradi.

Yuqorida faqat uchta fe’lni ko’rib chiqdik. Bulardan tashqari yana boshqa fe’llar ham o’zidan keyin TO yoki ING olishi mumkin. Ularni farqlash uchun ko’proq REMEMBER fe’li bilan ko’rib o’tgan holatimizga e’tibor berishingiz kerak. Ya’ni, o’sha ish-harakat bajarilishidan oldin bo’layaptimi, yoki fe’l ish-harakat bajarilishidan keyingi holatni ifodalayaptimi. Barchasi emas, ammo ko’pchilik fe’llar o’zidan keyin TO yoki INGni aynan shu qoida asosida oladi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

3 ta fikr

  1. Rahmat, iloji bo’lsa shu mavzuga oid ko’proq misollar keltirsangiz

  2. Iltimos, testlarni ko’rib bering:
    1) She looked…into her son’s eyes and asked him to tell her the truth about what had happend to cause the fight.
    a) deeply b)deepen c)deep d)depth
    gazetaning javobida c ekan. look bu yerda harakat fe’li-ku yoki shunday birikma bormi?

    2)Paul is so obsessed …cars that he’s named his daughter Porsche after the German sports car.
    a) with b) to c) by d)from
    obsess dan so’ng with va by qo’yilarkan, qanady farqlanadi.

    3)I would appreciate …it a secret.
    a) your keeping
    b) you to keep
    c)that you would give
    d)that you are keeping

    • 1-C (to look deep into something – nimagadir tikilib qarash), 2-A (aslida with va by predloglarining ishlatilishida deyarli farq yo’q. Ammo kichik bir qoidani eslab qoling: obsessed by – o’zi xohlamagan holda nimagadir qattiq bog’lanish; obsessed with – o’zi istab, xohlab, o’z xohishi va qiziqishi asosida nimagadir qattiq bog’lanish. Qiziga shu ismni qo’yibdimi, demak u o’zi xohlagan holda mashinalarga ishtiyoqmand 🙂 ), 3-A

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*