Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / Tinglab tushunish ko’nikmasi mashq kitoblari

Tinglab tushunish ko’nikmasi mashq kitoblari

Bugungi kunda tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishga mo’ljallangan ko’plab qo’llanmalarni toppish mumkin. Ularning deyarli barchasi, albatta, tinglab tushunish ko’nikmasini mashq qilishga yordam beruvchi audio manbaalar bilan boyitilgan. Bunday qo’llanmalar qatoriga qo’shiqlar yoki she’rlarning maxsus jamlanmalarini ham misol keltirish mumkin.

Masalan, “Jazz Chants” qo’llanmasida alohida grammatik tushunchalar, og’zaki nutq qoidalari, ifodali nutq mashqlari o’rgatilgan. Ma’lumki, ifoda, ayniqsa dialog shaklidagi nutqda, mazmunning 70% gacha qismini tashkil etadi. Shuning uchun tinglab tushunishni o’rganishda ifodaga ishning asosiy qismi sifatida qarash kerak.

Ifodani qabul qilish va nutqni tinglab tushunishni o’rgatishga yo’naltirilgan bir necha o’quv qo’llanmalariga misollar keltiramiz. Bu qo’llanmalarda o’rgatishning boshlang’ich bosqichida foydalanish tavsiya etiladi.

“Advanced Stories for Comprehension” qo’llanmasi tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beruvchi tinglash va qayta hikoya qilib berishga moslashtirilgan hajviy hikoyalardan tashkil topgan. Tinglab tushunish bilan bir qatorda gapirish ko’nikmasini shakllantirish hamda so’z boyligini oshirishga yordam beradi.

“Visitor” tinglab tushunish ko’nikmasini rivojlantirishga yo’naltirilgan, kichik parchalardan iborat bo’lgan butun bir hikoya asosida tashkil etilgan qo’llanma. Ushbu qo’llanma “Kernel 2” darsligining tarkibiy qismi hisoblansa ham, tinglab tushunish va gapirish ko’nikmalarini shakllantirish uchun alohida qo’llanma sifatida foydalanilishi mumkin.

“Off Stage” alohida grammatik xossalarini o’rganishga yo’naltirilgan hajviy dialoglardan iborat. Dialoglar mazmunan juda qiziqarli. O’rganuvchilar ularni yuqori darajadagi qiziqish bilan tinglashadi.

Yuqorida aytib o’tilgan qo’llanmalardan tashqari, biz tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirish uchun “Success at First Certificate” va “Master Class” kabi o’quv qo’llanmalaridan ham foydalanamiz.

Tinglab tushunish ko’nikmasi yetarli darajada shakllanib bo’lgandan so’ng testlarni bajarishga o’tish mumkin.

Yuqorida misol keltirilgan qo’llanma va kitoblarni MP3 audio fayllari bilan birgalikda Google orqali qidirish natijasida topishingiz hamda yuklab olishingiz mumkin. IELTS testlariga tayyorlanish uchun oson bo’lgan bu qo’llanmalarni ko’rib chiqishga vaqt ajrating.

Abituriyentlar uchun test formulalari

13 ta fikr

  1. ingliz tilini urgatadigan disklari buladimi sizda disklar chiqarib sotmisizmi inglizcha internet qimmatda video kurish

  2. ma’lumotlar uchun raxmat

  3. Azamat oka sog`lig`laringiz yaxwimi? wu kitoblarni aniq saytlarini bilasizmi menga juda kerak!

  4. Salom Azamat aka. Sayt juda ajoyib katta rahmat! Menga Toshkentdagi INHA universitetining IELTS sertifikatlari bolmagan talabalar uchun ingliz tili imtihonlari haqida ma’lumot kerak edi shu haqida yoza olmaysizmi?

  5. these books u advised r targeted for young baby children

  6. ieltsta nechi bal yiqqansiz

  7. rahmat, disklarni ko’rgandim. nima ekan duvdim. endi urinib ko’raman.

  8. men ieltsda qatnashaman shunga birinchi nima qilishim kere?

    • Birinchi nima qilish kerak, deganda tayyorlanish jarayonini ko’zda tutayapsizmi? Unda o’quv kursi yoki repetitorga murojaat qiling. Ular Sizga tayyorlanish bo’yicha yaxshi yo’nalish bera olishadi.
      Agar imtihon topshirish bo’yicha so’rayotgan bo’lsangiz, Toshkentdagi Britaniya konsulligiga murojaat qiling.

  9. Mp3 dialoglar yo’qmi?

  10. Salom sizdan sovolim suramahichiydim men test poshimohchiman general test 4ball olish uchun nimala bilishi kere

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*